Qaysi kishi silai rahm qilib, qarindosjlariga sadaqa yoki biror narsa berishni boshlagan boʻlsa, Olloh uning molini ziyoda qiladi.
Kim duom qabul boʻlsin, mushkilim oson boʻlsin desa, muhtoj kishilarni gʻamdan.
^^ Robi xola^^ Oʻzbegimning halollik, poklik, zahmatkashligi bilan birga ba’zan oʻta soddaligi ham bor. Bunday kishilarni xudo yaratganicha qolgan., deyishadi. Ularga na davr na tuzum ta’sir qilgan.
^^Robi^^ xolamiz boʻlguchi edi. U qaynonamning opalari boʻlib, farzand koʻrmagandi. Erlari vafotidan keyin bir oʻzlari qolgan. Oʻta oqkoʻngil, oʻta ishonuvchan bu ayol saksonga yaqinlashib qolganliklariga qaramay, yoshlikdagi chiroylilarini u qadar ham yuqotmagandi. Erlariga hamma <<usta amaki >>deb murojaat qilishardi. Oʻzlariga ancha toʻq hayot kechirishgandi.
Yolgʻiz qolganlaridan soʻng urugʻlaridan ba’zan u oila, ba’zan bu oila olib ketardi. Shu qatorda biz ham.
Kuz keldi deguncha qish uchun qarindoshlardan biri un, ikkinchisi guruch, $$Koʻkterak$$dagi jigarlari esa kartoshka, piyozni gʻamlab berishardi.Oʻz uylarida qolgan kunlarda uning issiq sovigʻidan qoʻni -qoʻshnilar doimo xabar olib turishardi. Ayniqsa, yon qoʻshnilari [Isroil] amaki koʻp mehribonlik koʻrsatardi. Biror tansiq taom tayorlanadigan boʻlsa, ^^Robi^^ xolasiz u kishining tomogʻidan oʻtmasdi. Yashirmayman, oʻsha davrda kishilar oʻrtasidagi mehr -oqibatni hamisha havas va hayajon bolan eslayman. (Buni qarangki, oʻsha paytda axir qariyalar uyi borku, degan fikr boror odamning xayoliga ham kelmagan. Shu soʻzlarni [Egam], astagʻfurullo…) Qariyalar uyi haqida ayniqsa, farzandlari boʻla turib shu dargohda Xudo bergan umrining oxirgi yillarini oʻtkazayotganlar toʻgʻrisida biror maqola oʻqisam yoki eshitsam dilim oʻrtanadi, shu zahotiyoq Robi xolani eslayman.Oʻsha davrdagi koʻngli ochiq saxovatpesha, savobtalab odamlarni eslayman.
Biznikida boʻlgan kezlarda ham qoʻllaridan kelgancha uy yumushlariga qarashardilar. <<Xolajon, qoʻying bu ishlarni, qizlarim koʻp, ulardan ortmaydi har qancha yumush >> desam ham tinib -tinchimasdilar. Aftidan, boqimanda boʻlib oʻtirishni oʻzlariga ep bilmasdilar. Jilla qursa, oʻz vijdonlarini biroz boʻlsa ham tinchitish kuyida shuhday qilsalar kerak, degan xayollarga borardim. Yana bilmadim. Tekintomoqqa , tayor oshga bakovul boʻlib oʻrganmaganlar, diyonat bunga yoʻl bermasdi.
Xullas, boshqa qarindosh -urugʻlar qatorida biznikida ham oʻn-oʻn besh kun, ba’zan bundan ham ziyodroq turardilar. Shu soddadil, Jannati ayol bilan bogʻliq ikki lavhani e’toboringizga havola etmoqchiman.
Olib Qochib Ketsa, nima Qilaman?
Bir kuni kechga yaqin xotinim bilan mehmondorchilikka boradigan boʻldik. Onasi kechki ovqatni barvaqt tayorlab, bolalarga edirib -ichirgach, yoʻlga otlandik. Dalonga borgan edikki, ^^Robi^^ xolaning ovozi eshitildi:
-Darvozani ustidan qulflab ketaveringlar, men xotirjam oʻtiraman.
-Hali soat olti ham boʻlgani yoʻq-ku, juda ertamasmi?
-Qizlar bemahalda koʻchaga chiqib ketsa, koʻnglim bezovta boʻladi. Jon bolalarim, meni xotirjam oʻtirsin desangiz, aytganimni bajo aylanglar.
Er -xotin kula -kula darvozani ustidan quiflab ketdik. Kech soat oʻnlar chamasi oʻyga qaytdik. Farzandlarimiz xolamiz atrofida ayvonda oʻtirishardi. Biz taajjublanib soʻradik:
-Nega, televisor qoʻymay, bu erdasizlar? Bugun qandaydir yangi film koʻrsatishlari kerak edi, bilishimcha.
-Kino hozir ketyapti, -dedi qizlarimdan shaddodrogʻi.
-Boʻlmasa, nega tomosha qilmaysizlar?
Xolam koʻrsatmadilar.
Hayron boʻlib ^^Robi^^ xolaga qaradik. U kishi avvaliga noqulay ahvolga tushganday boʻldilar. Lekin tezda oʻzlarini oʻnglab olib, jiddiy ravishda dedilar:
-Shu desangiz, qarasam hammayoqni miltiq koʻtargan, qilich taqqan kishilar bosib ketdi. Ular orasida bosmachilar ham bor edi. Biz tomonga bir -ikki bor tikilib -tikilib qarashdi. Hah, dedim, bu qazlarning hozir uyda ota -onasi yoʻqligini bilib qolsa, bormi unda men nima qila olardim? Oti bilan bitasi chiqsa-yu, qizlardan birovini egariga oʻnglab olib qochib ketsa u yogʻi nima boʻladi? Men sizlarga nima deb javob qilaman…
Oʻzimizni kulgidan arang ushlab turardik. ^^Robi^^ xola esa hamon oʻshanday jiddiy ravishda soʻzlashda davom etardilar.
Yoshlik davrimizda mahallalarga qora charm palto kiyganlar kelib, bosmachi kelsa qochinglar, ular boyliklaringizni talab, xotin qizlarni olib qochib ketadilar, deb koʻp bor aytishgan. Oʻshandan beri bilaman ularning shundayligini. Bular nimani bilardi, -xolamiz tushmagur oʻsha jiddiy halatda turib qizlarimga ishora qildilar.
Nima ham derdik, u kishi shu qadar ishonch bilan gapirardilarki, kulib yuborish odobdan boʻlmasdi. Shu bois gapni uzoqdan aylantirdim.
-Kitoblarda voqealar hikoya qilib beriladi. Mana, olaylik, <<Ming bir kecha>>, eshitgansiz-a, -xolamiz <<ha>> degandek bosh silkib qoʻydilar. -Kinoda ana shu voqealar harakatda beriladi. Oʻsha siz koʻrgan kisilar hammasi oʻzimizning odamlar.Ularga har xil kiyimlar kiydirib, aft -angorlarini oʻzgartirib, birini u tomon -birini bu tomon kishilari qilib koʻrsatadilar. Tushindingizmi?
Xolamiz oʻzlarini tutishlaridan gaplarimizga ishonqiramay turganlari shundoqqina sezilardi. Shu payt qizlarning kattasi uyga kirib, bir qancha artistning Rasmini olib chiqdi.
Mana, xola, qarang, haligi kinoda koʻrib, qoʻrqib ketgan kishingiz mana shular boʻladilar.
-Buni soqoli yoʻq -ku,
-Soqolni yasashib, soʻng dahaniga yopishtirib qoʻyadilar.
- Yoʻg-e , boʻlmagan gap, -xolamiz tushmagʻur hamon yon bosgilari kelmasdi. Qizim boshqa bir rasmni olib koʻrsatib dedi:
-Bunisi esa haligi moʻylovli kishi., Bolani qutqarib qoldi-yu, ana usha…
-Bu rasmlarda moʻylovi yoʻq-ku, -dedilar yana.
Teatrlarda, kino ijro oluvchi joylarda shunday ustalar bor. Ular moʻylov, soqol, soch yasashadi, keyin oʻsha ijro etadigan odamiga qarab labining tepasiga moʻylovni, dahani tagiga soqolni, boshiga esa yasama sochni yopishtirib qoʻyishadi, bilmadingizmi?
-Yo tavbangdan ketay, -xola koʻylaklarining old tomonidagi yoqalarini biroz koʻtargan boʻlib <<tuf -tuf >> deb qoʻydilar.
-Oʻsha siz hozir Rasmini koʻrgan kishilar [Hamza] teatirning artistlari,-dedim men ulardagi ikkilanishlarni tarqatib yiborish niyatida. – Xudo xohlasa bir kuni oʻshalarning tomoshasiga olib boraman sizni, maylimi?
-Menga zaril kelgani yoʻq, tumonat odam toʻplanadigan joyga borib. Undan keyin pardali -pardasiz soʻzlarini eshitib, gunohimni koʻpaytiraymi? Sira keragi yoʻq-da…
Nima ham derdim, tortishishni bas qildik. Niz u kishini oʻshanda ishontira oldikmi, yoʻqmi bilmadik
Oʻzbegim-e, oʻzbekinam, ba’zan shu qadar soddasanki, xuddi goʻdak deb oʻylatdi kishi.
Meni Oʻn sakkiz Yashar fahmlab…
Oʻsha gaplardan soʻng bilmadim, qancha vaqt oʻtdi. Dam olish kuni edi. Kechqurun ovozasi keng tarqalgan ashulachining konserti bore di televizorda. 60- yillarning boshlarida u shu qadar mashhur ediki, konsert zallariga kirish uchun unaqa -bunaqa odam chipta topolmasdi. Esimda, <<jangob >>dagi yozgi sahnada konserti boʻlganida ichkariga kirolmay qolgan kishilar devor tepasiga mingashib, daraxtlarga chiqib tomosha qilishgandi. Oʻsha paytda telivizor ancha tanqis edi. Shundan boʻlsa kerak, yaxshi koʻrsatuv boʻlsa, barvaqt ovqatlanib, hammayoqni tezda yigʻishtirib, bamaylixotir tomosha koʻrishga hozirlik boʻlardi.
Xullas, konsert boshlandi. Koʻp oʻtmay, robi xolamiz asta oʻrinlaridan turib hovlining oyoq tomonidagi bolalar yotadigan xonalarga qarab keta boshladilar.
-Olib kelinglar, u kishini, bu kino emas, qoʻrqmasinlar, biz bilan birga miriqib tomosha qilsinlar, -dedim.
Bir payt xotinim kulimsirab qaytib keldi.
-Ha nima gap?- deb soʻradim.
-Voy, xolam tushmagʻur-e, ashula boʻladi, bosmachilarni koʻrsatmaydi, desam, nima deydilar deng: <<Voy tagʻin haligi ishtoni bor-yoʻqligi dargumon qizlar chiqib, oʻynasa, oyogʻini osmonga koʻtarsa, eringning oldida er yorilsa -yu, erga kirib ketganim yaxshimasmi? Qay yuz bilan erkak kishining oldida bunaqangi behayo narsalarga qarab oʻtiraman. Y’oʻq, bormayman, senlar ham qaramanglar…>>
Zoʻrgʻa tushuntirdim, koʻradiganingiz balete mas, faqat ashula boʻladi, agar oʻyini boʻlsa oʻzimizning atlas koʻylak -lizimdagi qizlar chiqishadi, deb arang koʻndirdim. Voy xolamiz tushmagʻur-e…
Birozdan soʻng iymanibgina Robi xola kirib keldilar. Oyoq Uchida yurib, bir chekkaga oʻtirdilar. Ekranda haligi hofiz zavq -shavq bilan kuylardi. Hamamiz mahliyo boʻlgancha qotib qolganmiz. Barcha narsa unut edi biz uchun.
-Voy -voy, betingdan olgur, betamiz, bu nima qiliq, voy, behayo, -qarasak Robi xola ekranga tikilgan holicha ashulachini rosa boplayaptilar. Avvaliga hech narsani tushunmadik. Xolamiz uni koyishda davom etardilar.
-Ha, xolajon, nima gap? - soʻrashga majbur boʻldik.
-Koʻrmaysizmi, meni oʻn sakkiz Yashar fahmlab, koʻz qisiyapti, bir indamadim, ikki indamadim, qarasam, yana koʻz qisib, imlayapti. Voy qora bosqur-e, voy sharmanda, axir men buving tengi odamman-a…
Bu safar oʻzimizni tutib turishning sira ilojini qilolmadik. Ashula y yoqda qolib, barchamiz xolamiz tomon oʻgirilib oldik. Qah -qahamiz uzoq davom etdi. Voy, xolajon -e soddaligingiz bor boʻlsin…
Shu voqealarga salkam qirq yil boʻldi. Oʻsha begʻubor, oqkoʻngil, Xudo yaratganicha qolgan pokiza inson -robi xolamizni esga olganimizda hamon miyigʻimizda kulib qoʻyamiz. Iloyo, u kishini Xudo rahmat qilgan boʻlsin…
Total words
1,170
Unique words
811
Annotated anthroponyms
9
Toponyms
1
TTR
0.693
Hapax
647
Distribution
Top frequency chart
Dataset