🔍

Article

Oʻz Yoʻling, Oydin Yoʻling!

By Suhbatni Ma’murjon Qiyomov yozib oldi. • in 1996

Muxbirimiz $$Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ deputati, $$<<Oʻzbekiston [Temir] yoʻllari>>$$ davlat - aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi raisi [Normat Ermatov]dan mamlakatimizda bunyod etilayotgan yangi temir yoʻllar qurilishi haqida gapirib berishni iltimos qildi.
-Bundan bir yil muqaddam $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ Prezidentinin Farmoni bilan $$Oʻrta Osiyo temir yoʻllari$$ zaminida $$<<Oʻzbekiston temir yoʻllari>>$$bdavlat -baksionerlik temir yoʻl kompaniyasi tashkil etilgan edi. Mustaqil davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, xalq xoʻjaligining, aholining temir yoʻl transporti xizmatiga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish maqsadida qabul qilingan ushbu muhim Farmonidan soʻnggi oʻtgan vaqt Ichida kompaniyamizga qarashli beshta boʻlim: $$Toshkent$$, $$Fargʻona$$, $$Buxoro$$, $$Qarshi$$ va $$Orolboʻyi$$ boʻlimlarida, korxona muassasalarida muay’an siljishlarga erilishildi. Kompaniyamizning barcha joylardagi jamoalarini yaqin vaqtlar Ichida tezroq taraqqiyotga erishish maqsadida qoʻshimcha rezerv va imkoniyatlarni ishlab chiqdi. Buning uchun xorijiy sarmoyalarni tarmogʻimiz ishiga jalb qilish borasida ham dadil harakat qilinmoqda. Birgina oʻtayotgan yilimizdagi qila olgan koʻrsatkichlarimiz misolida ham aytishimiz mumkin. Chunki xalq xoʻjaligi yuklarini tashishda uzilishlarga yoʻl qoʻyilmayotganligi hamda harakatdagi yoʻlovchi poezdlarining deyarli askari qismining saqlab qolinganligi misolida ham buni koʻrishimiz mumkin.
Oʻtayotgan yilimiz barokatli boldi. Yoki gapning loʻndasini aytganda, tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoladigan voqealarga boy boʻldi. Masalan, respublikamiz hukumati $$Oʻzbekiston temir yoʻllari$$ning yanada ravnaq topishini ta’minlash yuzasidan jiddiy e’tiborini qaratdi. Jumladan, 1995 yilning 17 avgustida vazirlar Mahkamasi foydali qazilmalar konlarini kompleks oʻzlashtirish, temir yoʻlda yuk tashishning transport ta’minotini yaxshilash, $$Qashqadaryo$$ va $$Surxondaryo viloyat$$larini yangi mintaqalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarini hal etish, $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning yagona temir yoʻl tarmogʻini shakllantirish maqsadida $$<<Gʻuzor -Boysun -Qumqoʻrgʻon >> yangi temir yoʻl liniyasi$$ni loyihalashtirish va qurish masalalari toʻgʻrisida >> qaror qabul qilganligining oʻzigina shubhasiz tarixiy hujjatdir. Ushbu hujjatga asosan 1995 -2000 yillarda yangi yoʻl liyihalashtirilishi va foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan.
Oʻtgan yilning dekabr oyida bu yilda dastlabki poʻlat izlar yotqizildi. Magistralning normal faoliyati uchun zarur boʻlgan yangi yana bir -$$Uchquduq$$ – $$Sultonuizdag$$ -$$Nukus$$ liniyasida ham uoʻl yotqizish ishalri davom ettirilmoqda. Buyuk ipak yoʻlini tiklash uchun qurilayotgan Tejen -Seraxs yoʻnilishidagi ($$Turkmaniston$$ )ishlat tugagach, mamlakatimiz bamalol kompaniyamizning ushbu temit yoʻllari orqali xorijga chiqishiga sharoit yuzaga keladi.
Ma’lumki, temir yoʻl liniyalarini elektrlashtirilishi biz uchun juda qulay. Ayniqsa mamlakatimiz temir yoʻllarini elektrlashtirish ish faoliyatimizda afzallikni, arzonlikni shubhasiz yuzaga keltiradi. Buning uchun 1996 yilda $$<<Jizzax -Samarqand -Maroqand >>boʻlinmalari$$da elektrlashtirish ishlari nihoyasiga etkazilishi moʻljallanmoqamiz. Umuman, 1995 yilda $$<<Oʻzbekiston temir yoʻllari >>$$ davlat -aksionerlik temir yoʻl kompaniyai mazkur tizimni rivojlantirish , temit yoʻlning yuqori tuzilishi uchun materiallar sotib olishga 13, 5 million, lokomotivlar ehtiyot qismlari sotib olishga 3, 5 million $$AQSH$$ dollaridan ortiq madlagʻ sarflandi.
Ayni kunda, kompaniyamizning mamlakatimiz hududidagi yoʻllari umumiy masofasi 3665 kilometr. Demak, yangi qurilish liniyalarimiz ham ishga tushsa, bu raqam yanada ortadi. Ishalrimiz salmogʻi yanada oshadi.
Xullas, Prezidentimiz [I.Karimov] tashabbusi, hukumatimizning amaliy yordami bilan kelajak avlod uchun katta ishalrni amalga oshirmoqdamiz. Nasib boʻlsa boshlagan ishalarimiz belgilangan muddatlargacha qurilib bitadi. Ana shundan soʻng jonajon $$Oʻzbekiston$$imizning oʻz hududi orqali oʻz yoʻli bilan qoʻshni xorijiy mamlakatlarga bemalol erkin chiqishga erishamiz. Albatta bu kunlar yaqin. Ana oʻshanda mamlakatimiz bundanda, salohiyatini yana bir bor kashf etasiz.

Total words

464

Unique words

362

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

23

TTR

0.780

Hapax

315

Distribution

Top frequency chart

Dataset