Safar qilish yoki sayohatga boorish kishi ruhining yangilanishiga,tasavvuri va tafakkuri boyishiga omil boʻlarkan.Shu ma’noda $$Pokiston Islom Respublikasi$$ga qilgan safarimiz ancha sermazmun va shirin xoralarga boy boʻldi.Mamlakat poytaxti [Islomobod]da boʻliboʻtgan islom davlatlari hunarmandlarining Birinchi xalqaro festivalida $$Oʻzbekiston$$lik bir guruh hunarmand va san’atkorlar muvaffaqiyatli qatnashdilar.Bu respublikamiz milliy san’ati olamida unitilmas voqea boʻldi.
Ilgari $$Pokiston$$da muntazzam oʻtkazib kelinayotgan mazkur festival bu yil birinchi marta Xalqaro miqyosiga chiqdi.Festivalni [Lok Virza] (xalq merosi) va IRSISA ([Islom] xalqlari adabiyoti ,tarixi,san’ati tadqiqoti) Markazlari hamkorlikda tashkil qilgan. Unda yer yuzining musulmon mamlakatlaridan kelgan mohir hunarmandlar,san’atshunos olimlar va san’atkorlar ishirok etib ,oʻz iste’dodlarini namoish qildilar.Ijodiy mehnatlari ilk bor jahon miqyosida yuksak baholanib yirik koʻrgazmaga qoʻyilganidan xalq hunarmandlari beqiyos quvondilar.
Festival mamlakat Prezidenti qarorgohi qarshisidagi ulkan va ravon shohkoʻchada katta bayram tantanasi bilan ochildi.Pokistonda boʻladigan barcha yirik bayramlar,sayllar,festivallar shu hashamatli koʻchadan boshlanar ekan.Ochilish marosimida mamlakat Prezidenti [Ahmad Xon Lekhoriy] tabrik nutqi soʻzladi.$$Pokiston [Islom] Respublikasi$$ bosh vaziri [Benazir Bhutton]ning festival qatnashchilariga yoʻllagan tabrigini hukumat vakili oʻqib eshittirdi.Har ikki tabrik ham olqishlar bilan kutib olindi.
Namoyish maydonida saf-saf boʻlib oʻtgan hunarmandlar,san’atkorlar oʻz xalqining kuy-qoʻshiqlarini va raqslarini mahorat bilan ijro etdilar.Mustaqil Oʻzbekistonning bayrogʻini magʻrur koʻtarib,maydon boʻylab shahdam qadam tashlagan respublikamiz san’at ahli vakillariga qarab yuraklarimiz sevinchga toʻldi.Magʻrur hilpirayotgan bayroqni koʻrib yuraklarimizda erkin va mustaqil millat tuygʻusi yana ham joʻsh urdi.
Oʻsha kuni havo juda issiq edi.Lekin festival qatnashchilarining joʻshqin haroratlari oldida tabiat jaziramasi sezilmadi.Hunarmandlarning koʻrgazmalarida,san’atkorlarning chiqishlarida ,mutaxasislarning amaliy muloqotlarida festivilada paydo boʻlgan doʻstlik va birodarlikning qaynoq tafti sezilib turdi.Festival Pokistonliklar yoʻlboshchisi [Muhammad Ali Jinna] nomidagi milliy sport kompleksida boʻlib oʻtdi.Har bir mamalakatga ajratilgan alohida povilonda hunarmandlarning koʻrgazmalari va savdo rastalar tashkil etildi.Shu narsani mamnuniyat bilan aytish kerakki, $$Oʻzbekiston$$ pavilona doim gavjum boʻldi.Hunarmandlarimizning betakror iste’dodi bilan ishlangan yogʻoch qutichalar,turli spool buyumlar ,bejirim zardoʻzlik namunalari ,pichoqlar,har hil musiqa asboblari goʻzal soʻzanalar chiroyli kashtalar festival qatnashchilari ,mehmonlari va hay’at a’zolarida katta qiziqish uygʻotdi.Oʻzbekistonlik yogʻoch –oʻymakor [Ortiq Fayzullayev] ,zardoʻz [Baxxshulla Jumayev],kandakor [Shokirjon Kamolov] festival yakunida tashkiliy qoʻmitaning oliy mukofotlariga sazovor boʻldilar.Bu dunyo miqyosida oʻzbek xalq hunarmandchilik san’atiga berilgan yuksak bahodir.Mukofotlarni Pokiston [Islom] Respublikasi madaniyat vaziri [Faxri Zamon] topshirdi.
Taniqli san’atkor [Bobomurod Hamdamov],[Ahmadjon Shukurov],[Dilmurod Islomov],^^Elmira Norboyeva^^larning qoʻshiq va raqslari festival ishtirokchilariga juda manzur boʻldi.Ayniqsa,[Bobomurod Hamdamov] ijro etgan ‘’Feruz’’ashulasini qoʻshiqparast pokistonliklar zoʻr ol;qishlar bilan kutib oldilar.Ashulaning har bir avjida minnatdorchilik qarsaklari yangrab turdi.Mashhur ‘’Lazgi’’ esa ularning qalblarini oynatdi, doira sadolari,nay navolari,raqqosalar hiromi vujudlarini titratdi.Xullas,oʻzbek san’atini yuksak mahorat bilan namoyish etib,barchani lol qoldirdi…
$$Pokiston$$ haqida,uning poytaxti [Islom]obod toʻgʻrisida asosan joʻgʻrofiya darslari orqali bilganmiz. Lekin,haqiqiy [Islom]obod darsliklarda yozilgandan ham ziyoda,ajoyib va goʻzal maskan ekan.Bu yam-yashil shaharni ta’riflaganda goʻzal soʻziga yana nimadir yetmayotgandek tuyuladi.(aslida goʻzallarga nimadir yetmmaydi) Haqiqatdan ham shahar koʻchalari ,maydonlar,yoʻllar va yoʻlaklar atrofi alohida e’tibor bilan oʻstirilgan yoki parvarish qilinayotgan turfa daraxtlar,gular bilan bezangan.Yam-yashil togʻlar va qirlar bilan oʻralgan shahar goʻyo sokin jimirlab turgan yashil dengizni eslatadi.Islomoboddan bir necha chaqirim yuqoridagi togʻ bagʻrida joylashgan Qoʻhi Daminga chiqsangiz shahar yana ham jozibali boʻlib koʻrinadi.Tungi shahar esa behisob taqinchoqlarni erinmay taqib olgan suluv kelinchakka oʻxshab ketadi.Nomidan koʻrinib turibdiki ,shahar kelajakda [Islom] olamining moʻjizaviy goʻshalaridan biriga aylanishi kerak .Shu bois shahar bagʻrida tutuni koʻkka buruqsiydigan hashamatli zavod-fabrikalar ,atrof muhitni zaharlaydigan korxonalar yoʻq.Borlari ham shahardan ancha olisda.[Islom]obod $$Pokiston$$da qad rostlayotgan katta shaharlar orasida eng navqironi.Uning qurila boshlaganiga hademay 30 yil boʻladi.Qisqa davr ichida shahar beqiyos darajada oʻsib kengayib borayabdi.Bu yerda boʻy roslayotgan imoratlar ,maydonlar,koʻchalar va yoʻllar boshqa shaharlardagi manzaralarga aslo oʻxshamaydi.Shaharning shoh koʻchalaridan biri buyuk vatandoshimiz [Abu Ali Ibn Sino] nomi bilan ataladi.Shahar qiyofasida binolarning ichki va tashqi koʻrinishida takrorli koʻrinishlar deyarli uchramaydi.[Islom]obodni ^^Osiyo^^ va Ovruponing bugungi ruhini,turmush tarzini oʻziga har jihatdan nihoyatda saralab mujassamlashtirayotgan yirik madaniyat va ma’naviyat markazi deyishimiz mumkin.Ayrimlar uni ikki qit’aning taraqqiyot koʻprigi deb ta’riflashadi.Aslida ikki yirik qit’adagi ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy rivojlanishning eng yaxshi namunalari ilgʻor an’analari shahar va shaharliklar dunyosiga singib ketayotganligihar qadamda seziladi.[Islom]obodda qurilish-me’morchilikka e’tibor katta.Bu ish hukumatning qat’iy koʻrsatmasi bilan amalga oshirilyabdi.Ayniqsa,mehmonxonalar qurishni,mezbonlarga yuksak e’tirof bilan xizmat koʻrsatishni ulardan har qancha oʻrgansa arziydi.Shaharning koʻrkam joyida qad rostlagan Faysal Masjid-shubhasiz XX asr me’morchiligining dilbar na’munalari qatoriga kiradi.Bu ulkan obida bir qarashdayoq inson aqlini shoshiradi ,unga yaqinlashgan sayin koʻzlarni hayratga toʻldiradi,ruhingizni oʻz oʻzidan iforli tuygʻular chulgʻaydi.Vujudingiz nimalardandur forigʻ boʻla boshlaydi,ichkariga kirishingiz bilan oʻzingizni parvoz qilayotgan qushdek yengil sezasiz.Va beixtiyor yuragingiz toʻlib ketadi….Endi bu yogʻini bayon etishga qalaning kuchi ojizlik qiladi.Saudiya Arabistoni podshosi [Faysal] qurdirgan ushbu masjid qoshida Xalqaro [Islom] universiteti va oʻn ming fondga ega boʻlgan kutubxona bor.Unda jahonning barcha islom mamlakatlaridan kelib ta’lim olishadi.Universitet nufuzi jihatidan dunyodagi islom oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinda turadi.
Shahar har tong masjidlarda yayraydigan muborak azon tobushlari bilan uygʻonadi.Lekin namoz oʻqishga hamma ham boravermaydi.Pokiston islom davlati boʻlgani uchun dinning ta’siri kuchli.Ayni paytda qutlugʻ dinimizning hamma yoʻl-yoʻriqlari va marosimlariga pokistonliklar imkoniyatdan ,sharoitdan va zamon talablaridan kelib chiqib amal qilishar ekan.Dafn marosimi ham Qur’oni karimda qanday yozilgan boʻlsa shunday ado etiladi.Dinning ta’siri kuchli boʻlgani bilan davlat ishlariga aralashavermaydi.Ayrim diniy mazhablar ,guruhlar oʻrtasida nizolar roʻy bersa ,darhol hukumat tomonidan tartibga chaqiriladi.Qonun ustivor mamlakatda shunday boʻladi.Mamlakat xotin- qizlarining 90 foiziga yaqini ishlamaydi, uyda oʻtirib bola tarbiyasi,roʻzgʻor yumushlari bilan shugʻullanadi.Oilani boqish asosan erkaklar zimmasida.Bayramlar,sayrlar va madaniy tadbirlarga albatta oilaviy boʻlib borishadi.
Xullas Islomobodda boylar boydek,kambagallar esa kambagaldek qanoat qilib yashaydilar.Sabr qanoatda hikmat kop.Kambagallarni koproq Islomobodga qoshni-eski poytaxt Pavalpindi shahrida uchratish mumkin.Bu shahar qaysidir jihatlari bilan Buxoroning jin kochalarini esga solidi. Dokonlari har hil mahsulotlar,turli kiyim-kechaklar bilan tolib toshib yotibdi.Ayrim ip gazlama charm mahsulotlarini g kop turib qolganidan rangi xira tortgan.Har ikki shaharda ham savdo va harid qilish madaniyati ancha yuksak.Dokonchilar savdo-sotiq qilib emas,balki dokonda uyulib yotgantoda-to;da mahsulotlarning changini qoqib charchaydilar.Ular uchun bu ancha ogir yumush hisoblanadi.Lekin arzon berishga kozlari qiymaydi.Agar onta kastyim shimni yoki poyafzalni kiyib korib moboda olmay ketsangiz aslo xafa bolishmaydi.Aksincha,jilmayib^^Shukriya^^ deb qoyishadi.Afsuski dokonlar atrofi bozorlar yolaklari,ayrim kochalar nihoyat darajada iflos.Farroshlar kam boyvachcha dokondorlarning salgina egilgisi kelmaydi.Tozalikka etiborsizlik shahar husniga soay tashlab turibdi.
Bu mamlakatda mashinalarning turli hil rangli taqinchoqlar bilan bezatish ananaga aylangan ekan.Ayniqsa avtobuslar yangi tushgan kelinchaldek bir-biridan ziyoda qilib bezatilgan.Korib kozlaringiz qamashadi.Yuk mashinalarini aytmaysizmi,kabinasidan tortib,yuk ortadigan qismigacha erinmay naqshlangan.Mashina atrofiga osilgan zanjirchalar mashina yurganida jiring-jiring qiladi.Hatto velosipedlae,motosikllarga ham yaltiroq taqinchoqlar taqilgan.Ajab dunyo shorlik odam ozi yupun kiyinib,mashinasini obdon bezatsa Mashinalar kopligidan yolning u yogidan bu yogiga otish amri mahol.[Islom]obodda mashinalar soatiga 60 kilometr tezlikda yurish kerak.Bu qoidani faqat biznesmenlar,amaldorlar va boyvachchalar tez- tez buzib turadi.
Festival kunlari $$O'zbekiston Respublikasi$$ning $$Pokistondagi$$ favqulotda va muxtor elchisi [Naim Goipov],elchixona xodimalri [Toshmirza Xolmirzayev],[Qobiljon Sobirov] biz bilan tez-tez habarlashib,ayrim yumushlarni hal etishda yaqindan yordam berdilar.Festival ishtirokchisi $$O'zbeksiton fanlar akademiyasi$$ning muxbir azosi,boburshunis ^^Sabohat Azimjonova^^ bilan turli soha ijodkorlaridan tashkil topgan Intelekt ziyolilar klubida uchrashuv boldi.Taniqli urdushunos olim Pokiston madaniyatining puxta bilimdoni [Toshmirza Xolmirzayev] tashabbusi bilanbolgan ushbu uchrashuv vatandoshimiz [Zahiriddin Muhammad Bobur] hayoti va ijodiga bagishlandi.Pokistonliklar [Bobur]ni beqiyos darajada yaxshi korishar ekan.Hatto uchrashuvga yigilgan xonodon sohibining ismi [Zahriddin] ekan.Uchrashuvda qatnashgan mashhur shoir [Zamir Jafari],taniqli olim va tanqidchi [Gazanfar Mehdi],rassom ,shoir,hattot,[Shoh Abbos],qalamkashlardan [ShaminIkromul Haq],[Abduholiq Sargona] qiziqarli savollar berdilar.Lekin,uchrashuvlardan malum boldiki,ular [Bobur] hayori va ijodi haqida kam malumotlarni bilishar ekan.
Suhbat jarayonida yana shu narsa ayon boʻladiki, Pokistonlik yozuvchilarning ahvoli biroz qiyin ekan. Yozuvchilarning na uyushmasi, na ularni birlashtirgan biror bir idorasi bor. Kitob chop etish mashaqqat. Soliqlar miqdori katta. Umuman, yozuvchilar uchun imtiyozlar nihoyatda chegaralangan. Ahvolni yaxshilash maqsadida hukumatga qilinayotgan murojaatlardan naf kam. Xullas, bu mamlakatda qalam tebratib kun kechirish, asar yozib nom chiqarish nina bilan quduq qazishdek gap.
Safar kunlari [Islom]obodning tepaligida joylashgan Shakar Paryan tepaligiga bordik. Bu goʻzal goʻsha [Islom]obodliklar va mehmonlarning haqiqiy sayilgohi ekan. Bogʻda turib shahar jamolini bemalol toʻyib-toʻyib tomosha qilish, har bir manzarani qayta-qayta koʻrish mumkin. [Islom]obod yana ham ulugʻvor, yana ham jozibali boʻlib koʻrinadi. Bu yerdan hatto $$Ravallindi shahri$$ ham koʻzga tashlanadi.
$$Shakar Pariyam muborak qadamjoy$$ hisoblanadi. $$Pokiston$$ga tashrif buyurgan koʻplab davlat rahbarlari safar davomida mazkur bogʻda boʻlib, chiroyli daraxtlar ekkanlar... $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ prezidenti [Islom Karimov] ham Pokistonga qilgan safari chogʻida sare daraxtini oʻtkazgan edi. 1992-yil 13-avgust kuni kattagina maydonning oʻrtasida ekilgan daraxt shu kunlarda gurkirab oʻsayapti. Daraxt yonidagi marmar lavhaga uning qachon, uning kim tomonidan ekilgani ingiliz tilida yozilgan. Aytishlaricha, bu daraxtda qor turmas, aksincha u koʻproq quyosh taftini yoqtirar ekan. Quyoshning haroratli yoʻli $$Oʻzbekiston$$ bilan $$Pokiston$$ osmonini bir-biri bilan bogʻlab turgandek, sarv daraxti ham ikki xalqning azaliy doʻstligi, chin borodarligi ramzi sifatida koʻkka bu choʻzib, bobo quyoshga qarab intilayotir. Bu goʻzal daraxtni koʻplab xorijlik mehmonlar ham ziyorat qilmoqda. Ishqilib yomon koʻzlardan asrasin! Prezidentimiz [Islom Karimov] ezgu niyatlar bilan ekkan ushbu daraxt uzoq yillar $$Oʻzbekiston$$ va $$Pokiston$$ oʻrtasidagi tinchlik, doʻstlik, oʻzaro iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi ramziy elchi sifatida magʻrur qad rostlayversin!
Xullas, qisqa safar davomida [Islom]obodni quyosh yoʻlidagi moʻjizalar shahri deb atagim keldi. Ehtimol, bu shaharga tashrif buyurgan boshqa qalamkash uni oʻzicha kashf etar,oʻzicha nom topar.
Total words
1,520
Unique words
1099
Annotated anthroponyms
49
Toponyms
18
TTR
0.723
Hapax
906
Distribution
Top frequency chart
Dataset