Kosiblar mahallasi Boʻysunsa tilga tushgan mahallalardan. Aholi soni toʻrt mingdan ziyod boʻlsa, ularning oʻrtasida jinoyat qilishga ehtiyojmand,ishtiyoqmand yoʻq. Chinki,buning uchun sabab yoʻq Ammo bu hali mahallamizda hamma muammolar ijobiy hal boʻlib, odamlarimiz dilidan hamma gʻubor arigan ekan-da, degani emas.
Tirikchilik borki,muammo boʻladi.Bir shoir aytganiday,quvonchi shodliklarga dardu hasrat egizak.Biroq mahalladioshlarimizda bir narsa-uncha-muncha gapni katta-katta idoralarga tashib yurish odatlari yoʻq.Kimningki gapi boʻlsa,dardi boʻlsa,mahalla idorasiga keladi.Maslahatlashamiz.Kengashamiz .Biron qarorga kelamiz.Gap biron yuqoriroq idora bilan hal boʻladigan boʻlsa,siz oʻsha yoqqa boring,deb’’yoʻllanma’’beradigan tajribamiz yoʻq.Lozim boʻlsa oʻsha idora bilan oʻzimiz gaplashamiz.Xullas nima qilib boʻlsa hamki,odamlarning tashvishini yengillatish chirasini koʻramiz.
Gapni shu tarzda yuritishimni boisi bor.Odamzot yaxshilikni ezgulikni koʻzlab yashamogʻI kerak.Shu esonchilik,tinchlik-xotirjamlik,toʻqchilikni hudoning marhamati deb bilib,shukronalar aytmogʻimiz farz.Yaxshilikni targʻib qilmoq,hatto tashvishliroq koʻringan holatlarni ham yaxshilikka yogʻirmoq farz.
Lekin afsuski,gohi-gohida mahalliy rahbarlardan koyinibroq gapiradiganlarni uchratib qolasan,kishi.Togʻri,kamchiliklarni ham xaspoʻshlamaslik kerak.Hamma narsani oʻz nomi bilan atagan ma’qul.Ayni paytda oʻzing koʻrib yturgan kamchiliklarni tuzatish uchun oʻzing ham bir ish qilmogʻing lozim-da,axir! Jamiyatda qoʻlingdan kelgan yordamni koʻrsatyabsanmi? Odamlarga hamnafas boʻlyabsanmi& Nuqul inkor qilmasdan,shu savollarni avval har kim oʻziga berib koʻrmogʻI kerak.
Mahallamizda shikoyatchi yoʻq,dedim.Bizda kamchiliklarni’’bayroq’’qilib hilpiratadiganlar yoʻq,demoqchiman.Boya aytganimdek,mahallamizning kengashi har bir ikir-chikirlardan xabardor.Ikkita kichik korxonamiz,yoshlarga oʻymakorlikni oʻrgatadigan toʻgaragimiz ishlab turibdi.Mahallamiz idorasini tarbiya oʻchogʻI,targʻibot-tashviqot markazi, deb aytsak nokamtarlik boʻlmas.Toʻylar ,tadbirlar,ma’rakalarda hamma bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladi.
Yangi yil arafasida ham ezgu tilak bilan bir narsani aytmoqchiman: shu xonodon,shu koʻcha,shu mahalla,shu jonajon Vatan-hammamizniki!Ahillik,birodarlik,qoʻldan kelgancha yurt tashvishlariga qoʻl solishlik,kamroq gapirib,koʻproq mehnat qilishlikni fuqarolik burchimiz,deb bilamiz!
Article
Yaxshilikni targʻib qilaylik
Total words
282
Unique words
234
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
0
TTR
0.830
Hapax
211
Distribution
Top frequency chart
Dataset