🔍

Article

Jinoyat ichra jinoyat

By Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh … • in 1995

1994 yilning 23 dekabr kuni poytaxtimizdagi nufuzli idoralardan bir boʻlmish "Rustambek"da oʻgʻirlik jinoyati sodir etilgan.Uch nopok shahs qorovulni oʻldirib, ikkinchi bor ogʻir jinoyatga qoʻl urganlar.
Ushbu qotillik chuqur oʻrganilayotganda ichki ishlar hodimlari shunday "bir oʻram zanjir"ga dush kelishdiki ,bu jinoyat ichra jinoyat ekanligi yaqqol koʻzga tashlandi qoldi.
Marhamat, qotillikda bevosita qatnashgan [I.Ya].ning soʻzlarini eshiting.
"Men 1978yil 11 sentyabrda $$Qirgʻizistonning Jalolobod shahri$$da tugʻilganman.1994 yilning aprel -sentyabr oylarida$$"Rustambank"$$ da qorovul boʻlib ishladim (Eʼtibor bering -a,u ishga kirganda 16 yoshga toʻlmagan boʻlgan.Yana uning ustiga bank qorovuli boʻlib .Izox -bizniki )
Kunlardan birida $$"Rustambank"$$ka qarashli mashinani minib biroz shikastlanganim sababli meni shaxsan bank rahbari Rustam Usmonov ishdan boʻshatdi.Keyin men shahardan ketdim.
Oktabr oylarida tanishim [M.E] bilan til biriktirib yana $$Toshkent shahari$$ga keldik . Niyatimiz $$"Rustambank"$$da oʻgʻirlik qilish edi U yerdan
biz ikki kishi yashik "Ararat" konyagi , ikkita "Gaz 24"avtomashinasi va bir oʻram ipak gazmol oʻgʻirlab chiqdik.(Etiborni tortadigan yana bir fakt : Oʻgʻirlik sodir etilgan.Ammo hech qayerga bu haqda habar qilinmagan.Buning siri tergov jarayonida aniqlanishi Mukarrar)
Biz oʻgʻirlangan mollarni tanishimiz G.ismli qizga olib borib berdik .U sotib boʻlgach , foydani kelishilganimiz boʻyicha uchga boʻldik.
23 dekabr kuni doʻstlari.Eva shu bilan yana $$Toshkent$$ga keldik . Albatta "qadrdon"bankdagi muhitni oʻrgangani Qarasaki ,jim jitlik.Yana bemalol "ishga"kirishsak boʻlaverardi . Barcha sharoitlar ham ilgarigidek.Shu kuni kechki soat 01.30 lar chamasi bankga kirdik.Xonalarda biriga kirayotganimizda deraza oynasi chil -chil boʻlib sinib ketganidan qorovul sezib qolib yugurib keldi.Uni sheriklarim "tinchitishdi".(Eslatma:Shu kuni qorovul 70 yoshli nuroniy otaxon boʻlgan).Biz U yerdan temir sandiqni seyfni olib keldik
$$Toshkent shahar$$ IIB va prokuratura hodimlari Ushbu jinoyat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.Jinoyat sodir etgan uch kishidan biri ushlangan.Qolgan ikki shaxsning kimligi aniq,. Qidiruv ishlari davom etmoqda.Muhumi esa yuqorida taʼkidlagan "zanjir"ning tugal yechilishida.Voyaga yetmagan oʻsmirlarni ishga olish ,ularni turli xil hizmatga qoʻyib oʻz bilganicha ish yuritish, sodir etilgan tartibbuzarliklarni oʻzicha "hal"qilib yuborish huquqi hali hech kimga berilmagan.
Biz bu mavzuga yana albatta qaytib ,Siz aziz mushtariylarni habardor qilib boramiz.
$$Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi$$ matbuot hizmati.

Total words

333

Unique words

273

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

8

TTR

0.820

Hapax

237

Distribution

Top frequency chart

Dataset