Yaqin kunlargacha jamiyatimizda davlat iqtisodiyotini boshqarishning reja koʻrsatkichlari limitlar va normativlar asosida amalga oshirilar edi. Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida esa oʻsha kezlardagidek tizimning keraksizligi maʼlum boʻlib qoldi. Bugun markazlashtirilgan rejalashtirish oʻrniga xalq hoʻjaligi iqtisodiyotini boshqarishning yangi vositalari qoʻllanila boshlandi. Shu tariqa Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat iqtisodiyoti jarayonini boshqarishning asosiy usullaridan biri soliq tizimi vujudga kelganligi bunday tizimda tub burilish yasadi.
Boshqarishning soliq usuliga oʻtishi mamlakatimizda katta ahamiyatga ega ekanligi oʻtgan qisqa vaqt ichida oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Eng muhimi soliq usuli mamlakatimizda islohotlarni bu yerda amalga oshirayotgan ijtimoiy oʻzgarishlarning muhim elementi sifatida baholashga imkon bermoqda.
Biz rivojlangan mamlakatlarda soliq tizimi iqtisodiy jarayonlarni murakkab va samarali boshqarish mexanizimining tashkiliy qismi boʻlib qolganligini koʻramiz. Shuningdek, u yerda mulkchilik shakllarining daromadlilik darajasiga, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sharoitidagi jamgʻarishlar oʻrtasidagi oʻzaro nisbatga taʼsir etuvchi oʻzgaruvchan vosita boʻlganligiga shohid boʻlamiz. Shu boisdan tajribalar asosida iqtisodiy boshqarishning asosiy vositalaridan biri hisoblangan soliqlar tizimi bizning respublikamizda ham quyidagi yoʻnalishlarda ish koʻrmoqda.
Umumdavlat harajatlarini qoplash uchun asosiy daromad manbai sifatida;
Ijtimoiy dasturlar ishlashini muhim yoʻli sifatida,
Bozor munosabatlarining shakllanishi tezlashtirish usuli sifatida;
Rivojlangan mamlakatlarda soliqlar byudjeti daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Masalan, har yili soliq tizimi orqali Fransiyada byudjetga 95 foiz daromad kelsa, bu koʻrsatkich $$ASH$$da 92, $$Shvetsiya$$da 90, $$Buyuk Britaniya$$da 80, $$Daniya$$ va $$Germaniya$$da 79 foizini tashkil qiladi.
Demak, bu rivojlangan horijiy mamlakatlar tajribalari shuni koʻrsatmoqdaki, bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishida soliqlar davlat iqtisodiy jarayonlarning boshqarishning kuchli vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi.
Maʼlumki, $$Oʻzbekiston soliq tizimi$$ hozirgi vaqtda ancha yosh va bir qancha sinovlardan oʻtmoqda. Ba'zi bir soliq turlari masalan qoʻshimcha qiymat va aksiya soliq turlari iqtisodiyotimiz uchun yangi hisoblanadi. Bu soliqlarning hali toʻlaligicha amaliyotga qoʻllashimiz uchun maʼlum vaqt kerak boʻladi.
Shuni taʼkidlash kerakki, hozirgi soliq tizimimiz respublika rivojlanishining milliy, tarixiy va iqtisodiy hususiyatlatiga moslashuv va koʻnikish davrini oʻtyapti.
Shunday qilib, hozirgi sharoitda respublikamizda soliq tizimidagi mavjud aspektlar orqali bu tizimni takomillashtirish muammolari, uning iqtisodiy jarayonlariga taʼsiri boʻyicha tadqiqotlar nazarda tutiladi.
Endi soliq organlaridagi ishga toʻxtalsak. Bu ish butun dunyoda e'tiborli ish hisoblanadi. Bu yoʻnalishda bizning mamlakatimizda ham koʻpgina ishlar qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-oktyabr 1992-yildagi $$"Respublika soliq davlat organlari$$ni kelajakda mustahkamlash toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan soliq organlari hodimlarining soni oshib, ularni ijtimoiy himoyalash va faoliyatlarning havfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.
Bundan keyingi qilinadigan ishlarda soliq tizimining samaradorligini oshirish va soliq organlarining faoliyatini yaxshilash maqsadida bir qancha tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish kerak boʻladi. Joylarda seminarlar, kengashlar, tashkiliy-amqliy oʻquv ishlar oʻtkazish hamda kadrlar malakasini oshirish maqsadida kerakli dasturlar asosida ularni qayta tayyorlash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, bundan tashqari axborotlar hajmini oshirish va boshqa mamlakatlar soliq organlarining ish tajribalarini oʻrganish foydali boʻladi.
Atayin bilib turib qonunni buzish boʻyicha tergov va tekshiruv asosida qoʻshma faoliyat yurgizish uchun soliq inspeksiyasi va ichki ishlar organlarining ishlarini birlashtirish ham katta ahamiyatga ega. Ana shunda soliq organlari tashkiliy ishlarining yaxshilanishiga olib keladi.
Yana bir muammoni bartaraf etish uchun bizningcha soliq tizimiga davlat yegʻimi kabi toʻlov turini joriy qilish kerak boʻladi. Davlat yegʻimi esa oʻz-oʻzidan xalq xoʻjaligining ichki hujjat aylanishini toʻgʻri tashkil qilish va uni kamaytirishga, bevosita shartnomali munosabatlarni qoʻllab-quvvatlashga, qogʻozbozlikni kamaytirishga, hayotimizda boʻladigan rasmiyatchilikka barham berishga va boshqalarga qaratiladi.
Ayni kezlarda davlat yegʻimining 0,2-0,25 foizi turli veksel, aksiya, har xil shartnomalar, sugʻurta tartibi kabi qimmatbaho qogʻozlar hisobidan qoplanmoqda.
Demak, davlat yegʻimining yanada ichki hoʻjalik ahamiyatini tiklashning asosiy ijobiy asoslari mavjud. Buning uchun soliqlar tizimini takomillashtirishda davlat va mahalliy byudjetlarning tashkil etilishini bir-biridan aniq farqlash, ijro etuvchi mahalliy organlar vakillarining huquq va majburiyatlarini qatʼiy belgilash, bundan tashqari mahalliy soliqning qatʼiy tizimini joriy qilish kerak boʻladi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtishda soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, buxgalterik hisobotiga ham oʻzgarishlar ham kiritilishi mumkin. Chunki bozor iqtisodiyoti talablariga hozirgi hozirgi hisob-kitob ishlari toʻliq javob bera olmaydi. Soliq tizimidagi muammolardan yana biri hisobotning tezkor emasligidir. Bunga sabab soliq inspektsiyasi va buxgalter hodimlarning texnik saviyasi yuqori emasligi, mehnat koʻrsatkichlarining toʻliq avtomatlashtirilmaganligidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq tizimi yuqori samaradorligiga faqat iqtisodiy matematik uslublarni keng joriy qilish, uchyot hodimlari mehnatini avtomatlashtirish orqaligina erishish mumkin.
Total words
641
Unique words
432
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
7
TTR
0.674
Hapax
340
Distribution
Top frequency chart
Dataset