-Ayol doʻstlarim-ov, men bilganni sizam bilasiz, va lekin meniyam nazarga ilasiz. Bu aytganim judayam yangilash, biroq shamolga yoysa changimas... $$Qashqadaryo$$ oshiqlar oh nolasi toʻkilgan, har qaysi qoshiqda bir umid kurtagi bitilgan, har kurtakda bir buyuk kelajak yetilgan yurt. Xisor tepasida olovga oshiq [Muqanna] ruhi sigʻinib [Samar]dan soʻraydi: Yurtim osmoni nurlik, elimning topgani hurlik boʻlsin!..
Adoqda esa $$Oqsaroy$$ oh uradi. Bir-biriga yetolmagan ikki oshiq mashuqday qoʻllarini choʻzib qolgan Oqsaroy devorlari...
Qachondir oshiq daryo-$$Qashqadaryo$$ Amuga yetib turganda, yelkasida sandiq uzra [Tohir]ni koʻrganda, toʻlgʻanib oqmagani, tutaqib sahroga singgani rost. Onadaryo [Tohir]ni oqizgani oʻziga armon, ^^Zuhra^^ day qizga armon, koʻz tikib kutgani, baxtim deb tutgani turkman qiziga darmon boʻldi-yo.... [Tohir] ^^Zuhra^^ ni devdi. Faqat uni sevdi. U yuborgan atovli, boʻyniga oshiq rumoli matovli nortuyaga minib, yetkazgan hudoga yetti bor yukunib iziga qaytdi-ya! Hah qaqshagur, qargʻish qopgur Qora botir, oʻzim degan oʻzligini yegan gʻaddor vazir.
Nimtalangan [Tohir] goʻshti dorda "yuz koʻrishdi". ^^Zuhraxon^^ xon qizi murodga yetmadi. Va lekin lafzidan oʻziga soʻz aytmadi. Qadamidan qaytmadi:
Daryo qumtosh ustida,
Roʻmolim qosh ustida,
Tohirjonni eslasam,
Yegʻlayman osh ustida
Suv oqar anchalayin
Yor yuqtir menchalayin,
Sendan oʻzgani desam
Pichoqqa sanchilayin!...
Oshiqqa tor dunyo, bunchayam beor dunyo. Qoʻsh qabr, qoʻsh mozor, oq gul, qizil gul, qora tikan. Va lekin bu juda gʻamli hotira. Ezgu bokira. Juda qadimda boʻlgan.
Buyogʻi bugunning gapi. Gapning yaxshi-yomoni bor. Chin gapga ishonganning imoni bor. Qashqaning chap biqinida, naq Gʻuzorning yoʻl chetida, kun chiqish betida [Tohir] va ^^Zuhra^^ning qabri bor. Qovchinda koʻrganim angrayib turganim, roʻyodan qochib qoʻlimni duoga ochib, tilagan tilagim: Iloyo, oshiqlarni rahmatingga ol! Sabirlik sharmanning nevarasi Avliyo ota ham ilgʻagan ekan.
Bunda bir sinoat bor.. Bu yerdan oʻtsangiz, bahillik yoʻlini tutmangiz, qoʻl oching duoga, tikilib samoga: Ular jannatingdan topsinlar visol! Ilohiy qudrat bu. Tikan koʻrpasiga yopingan qabr. Nopoklar qadami yetmasin, oyoq osti qilib ketmasin. Har bahor tikanlar uygʻonib ochilar oq qizil noparmon gullar... Oshiqlar koʻziga surtsin deb, mashuqlar qaddini tutsin deb, bevafo shevasini unutsin deb, Oh, bu gullar, jannatiy gullar. Koʻrgan koʻz quvonchdan entikar.
Beri kel, tavof qil! Oshiq boʻlsang kuygan yuragingga bos!
Alqissa: bir kuni shu tabarruk makonda Qovchinning donishmand elidan [Amir] bobo [Eshqobil] oʻgʻli [Abdi bobo] [Otayor] oʻgʻli va gʻuzor hokimi [Yarash Nurullayev]lar hikoya qiladilar: Anov daryo yoqasida [Omon] tepa. Shunda boʻlgan ^^Zuhraxon^^ning koʻshkayvoni. Oshiqni oqizgan daryo esa qilmishidan haliyam pushaymon. Oshiqlar qabrini bobolar, momolar tabarruk degan. Shahid ruhlarni yetti chiroq yoqib, eslab turgani bor.
Evoh, 70 yil. Qabrga oʻt qoʻygan hudosiz zamon. Yolgʻon, yana yolgʻon choʻpchak, rivoyat. Eskilik sarqiti demish "toʻtilar".Qilamiz qip-qizil hap hovor maydon! Oʻt qoʻyib tekislab ekamiz paxta.20-yil qarshilik muallim, bevosh komsomol, yegʻib bolalarni koʻrgazma qilib, oʻzicha koʻp narsani bilib, oʻt qoʻyar mozorga. Charsillab, qarsillab yonadi mozor. Kuyib kul boʻladi ilohiy gullar. Arvoh urar muallimni. Ikkinchi bor kalhoz davrida buldozer soladi birovi. Yo taqdiri azal yo bemahal ajal domiga tortadi uniyam. Orqasida yegʻlab qolgan birodar kiyunib oʻt qoʻyar mozorga yana. Yana kul boʻladi gul mozor. Oshiqlar mozori, chirqillab qoladi shahidlar ruhi. Ukajonning kuyar yosh umri. Endi yomon tutar ogʻringan mozor. Chirqillatib tashlar, chirqillagan ruh. Duoga qoʻl ochmay bepisand oʻtsa, nopoklik yoʻlini tutsa... Yillar oʻtaverar, tashlandiq mozor, duotalab, eʼtibortalab, najotkorini istab, yotaverdi mungʻayib.
Bir kuni tabarruk kunda, kuyib kul boʻlgan toʻnkaday Samandar qush misol tirildi yana oq gul, qizil gul, noparmon gullar. Bahoriy tozarish kezindi yurtda. Bunda toʻxtab tavof qildi yurtboshi. Soʻrab-surishtirdi oʻtgan-ketganni. Xudoyim tiliga, diliga solmish ul zotning : "Obod etmoq kerak ushbu makonni. Tiriltirmoq kerak oʻsha dostonni. Qiyofasini tiklang oʻsha ^^Zuhro^^ni. Koshku ayvonini soling oʻxshatib. Sandiq ham yasangiz toʻlqinlarga mos. Tiklangiz mozorin oʻziday qilib. Dunyo bogʻlaridan keltirib eking, eng noyob gullar. Jannatiy dov-daraxt. Yaponning sakura gullari, Vavilion majnuntoli, Italiya teragi, Serb archasi. ^^Muqaddas^^ makon deb qoʻying nomini. Ziyoratgoh boʻlsin yagona. Shahid ketgan, begunoh ketgan arvohlar qoʻllasa, tiriklar ishiga omad boʻlar yor!..."
Shahidlar qoʻllari xudo. Hurlik ne'matidan bahramand elim. Uch yilki toʻxtamas bunda qurilish. [Bunyod] boʻlayotir tabarruk goʻsha. Bunda muhabbatga qoʻyilgan haykal. Koʻshku ayvoningiz muborak ^^Zuhra^^! [Tohirin]giz qaytmish yurtiga yana! Muborak, muborak abadiy visol! Bunda oʻqilagach sevgi dostoni. Oshiq armoni, haqning farmoni. Bir ibrat boʻlajak ishqi afsona. Ogʻrigan yurakka shifoyu darmon. Bir ajib obida meʼmoriy olam, ziyorat etgani keladi jahon. Bunda 3 yildirki ishlar ustalar. Suvoqchi sangtarosh, zargaru naqqosh. Ustalar manzili: Tallimarjon GRES. Har qayda koʻrgani chiroyli va tez. Korfarmosi – [Gʻaffor Bozorov], 50 kishi ishlar koʻngil tozarib. Bir gektar keladi oshiqlar boʻgʻi. Devorlar sahnada oʻqilar doston. Qoʻqonlik ustalar qurar darvoza, 34 oq chiroq qilar boza-boza. Oshiqlar chirogʻi oʻchmagay sira. Charxpalak bunda suv tashir. Toʻldirib turadi marmar hovuzni. Koʼshki ayvon ichra ^^Zuhroxon^^ behol, sandiqqa tikilar tugamas savol. Dorda qolmagandir [Tohir] tanasi. Burda goʻshtlarini yaxshilar yeqqan. Chilla chirogʻini chiltonlar yoqqan. Poyida yashaydi ayvonu gullar. Yana uchib kelar bulbullar... Qurilar shoxbekat, savdo markazi, choyxona, oshxona oldi favvora...
Ey mening yoriga yetishgan doʻstim, yor izlab, yor koʻzlab oh urgan oshiq, yetim muhabbatga yelka tutgan qiz, yoʻling tushsa agar Qashqadaryoga ziyorat aylagil [Tohir] ^^Zuhro^^ni. Sevib sevilgaysiz iymonim komil. Bizning oshiq yurtda shunday Tamoil...
Total words
788
Unique words
629
Annotated anthroponyms
28
Toponyms
3
TTR
0.798
Hapax
548
Distribution
Top frequency chart
Dataset