1941-45-yillarda fashizm ustidan erishilgan gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlab $$Oʻzbekiston Respublikasi "Xotira" kitobi$$ni bosmadan chiqarish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Jami 33 xildab iborat boʻladigan kitoblarning qoʻlyozmalari nashrga tayyorlab qoʻyilgan. Hozircha $$Samarqand viloyati$$ boʻyicha kitobning 3 ta jildi bosmadan chiqdi. $$Toshkent shahri$$, $$Xorazm$$, $$Qashqadaryo viloyatlari$$ boʻyicha 2 tadan kitob tayyorlab qoʻyildi. $$Qoraqalpogʻiston hamda Namangan, Navoiy, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari$$ boʻyicha bittadan kitob bosmadan chiqarildi. Urushda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan 350 mingdan ortiq Vatan oʻgʻlonlarining nomlari ana shu "Xotira" kitobida qayd qilinib, qisqacha maʼlumotlar bayon etildi.
$$Andijon viloyati$$ boʻyicha 100 mingdan ortiq kishi frontga yoʻl olgan edi. Shundan 40 ming nafari ota yurtiga qaytmadi. Jon fido qilgan yoki shahid boʻlgan bu yigitlarning nomlari bu kitobning 3 ta jildiga jo boʻlishi kutilmoqda. Hozircha bu kitobning dastlabki jildi $$"Oʻzbekiston" nashriyoti$$da chop etildi.
$$Oʻzbekiston Respublikasi "Xotira" kitobi$$ni nashrga tayyorlashda keng jamoatchilik va koʻplab qalamkashlar jalb etildi. Xususan, jamoatchilik tahririyati aʼzolari orasida $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ urush va mehnat faxriylari kengashi raisi, $$[Bektosh Rahimov] Respublika davlat matbuot komiteti$$ raisi [Rustam Shogʻulomov], mazkur kitobni tayyorlash boʻyicha ilmiy metodik markaz kotibi [Abdurashid Majidov], general-letenat [Sobirjon Ohunjonov], $$"Oʻzbekiston qoʻmitasi"$$ nashriyotining bosh muharriri [Nurislom Toʻxliev] kabi jonkuyarlar bor."Xotira" kitobi urushda halok boʻlganlar uchun ajoyib yodgorlik, Gʻalabaning 50 yilligiga munosib tuhfadir.
Total words
198
Unique words
153
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
12
TTR
0.773
Hapax
122
Distribution
Top frequency chart
Dataset