Aziz oʻrtoqlar, doʻstlar!
1975 - yilning soʻnggi daqiqasi oʻtmoqda. Oʻtgan yil kommunistik qurultoyda xalqlar tinchligi va xavfsizligi uchun Sovet mamlakatining katta katta muvaffaqiyatlari bilan nishonlandi. Ulugʻ vatanimizning grajdanlari yangi, 1976 - yilni ijodiy gʻayratga toʻlib-toshib, yaxshi kayfiyat bilan kutib olmoqdalar. Oʻtgan har bir yil mamlakatimiz qudratini yer yuzidagi tinchlik ishini yanada koʻproq mustahkamlamoq butun sovet xalqiga yangi zafarlar va yangi quvonch baxsh etmoqda. Bu galgi Yangi yil alohida bayramdir – biz buni toʻqqizinchi besh yillik tugab, oʻninchi besh yillik boshlanadigan marrada kutib olyapmiz. Kommunizm yoʻlida yana bir tarixiy choʻqqi zabt etildi. Sovet kishilari oʻz fidokorona mehnati, ijodiy tashabbusi hamma sovet respublikalaridagi xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlaridagi ishchilar sinfi, kalxozchi dehqonlar, xalq ma’rifatchilarining iroda va harakat birligi ajoyib natijalar berganligi bilan faxrlanadilar. Toʻqqizinchi besh yillikning asosiy iqtisodiy vazifalari muvaffaqiyatli bajarildi. Sotsiolistik vatanning moddiy-ma’naviy boyligini koʻpaytirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan hamma kishilarga shon-sharaflar boʻlsin!
Oʻtgan besh yillik ishlab chiqarishning mutlaq oʻsishi jihatidan mamlakatimiz tarixidagi eng salmoqli beshlik boʻldi. Sovet kishilarining turmushini yaxshilash bilan, ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan sotsial vazifalarni hal etish jihatidan ham ilgarigi besh yillilklarning hech qaysisi bunga teng kela olmaydi. Partiya davlat sovet xotin-qizlariga, yosh avlodni tarbiyalashga tobora kop’proq mehribonlik bilan e’tibor bermoqda.
Xalq farovonligini oshirish Kommunistik partiya bilan Sovet davlatining hamisha oliy maqsadi boʻlib kelgan shunday boʻlib qoladi.
Oʻtgan besh yillik sotsiolistik jamiyatning afzalliklari va ijodiy kuchlari yanada toʻliqroq namoyon boʻlmoqda. Sovetlar mamlakati yanada badavlat va gʻayratli boʻlib qoldi. Kommunistik qurultoydagi zafarlarimizning ulugʻvorligini kapitalistik Sistema boshdan kechirayotgan krizis hamda kapital mamlakatlaridagi mehnatkashlar boshiga tushgan kulfatlar va mahrumliklar sharoitida ayniqsa yaqqol koʻrinib turibdi. Sovetlar mamlakatining grajdanlari krizislar, ishsizlik, pulning qadrlanishi ertangi kunga ishonchsizlik nimaligini bilmaydilar.
Ijodiy kuch-gʻayrati joʻsh urgan, [Lenin] partiyasi rejalarini ilhom bilan amalga oshirayotgan sovet xalqi sotsialistik musobaqani tobora keng quloch yozdirib, KPSS XXV siyezdiga hozirlik koʻrmoqda. Bugun oʻn besh millionli partiya bosib oʻtilgan yoʻlni va erishilgan muvaffaqiyatlarni yakunlamoqda, kamchiliklarni tugatmoqda, rezervlarni qidirib topmoqda, jamiki ijodiy kuchlarni yanada rivojlantirishga intilmoqda. Partiya oʻzining navbatdagi siyezdini metindek birlashib, leninchi Markaziy Komitet tevaragida mahkam jipslashgan holda kutib olmoqda.
Shu kunlarda sovet kishilari tinchlik va bunyodkorlik besh yilligi, sifat va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish besh yilligi, xalq farovonligini yanada yuksaltirish besh yilligi – oʻninchi besh yillikda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini aktiv muhokama qilmoqdalar. Chunki har bir sovet mehnatchisi bu besh yillik umuman mamlakatga va shaxsan oʻziga nimalar in’om qilishni biladi. Besh yillikni amalga oshirishga hissa qoʻshishga boʻlgan intilishining boisi ham shudir. Sovet kishilari orzuini haqiqatga aylantirib, BAM va Kamazni qurmoqdalar, qaqrab yotgan sahrolarni sugʻormoqdalar, yangi-yangi fabrika va zavodlarni shaxta va elektrostansiyalarni barpo qilmoqdalar, dalalarning hosildorligini oshirishga erishmoqdalar – sotsialistik davlatimizning yanada ravnaq topishi uchun hamma ishni qilmoqdalar. Oʻninchi besh yillik partiyaning lenincha bosh yoʻlini oʻzida mujassamlashtirgan. Bu besh yillik Sovet Vatanini iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning yangi choʻqqilariga koʻtaradi, sovet kishilariga oʻz kuchlari va qobiliyatlarini har taraflama rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Oʻrtoqlar! Mana, 30 yildirki, biz tinchlik sharoitida yashab va mehnat qilib, yangi jamiyat barpo etmoqdamiz. Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 30 yilligini tantanali nishonlab biz hammamiz Vatanimiz ozodligi va mustaqilliginki qattiq turib himoya qilgan, insoniayni fashizm qulligidan omon saqlab qolgan kishilarni yan bir bor yuksak minnatdorchilik tuygʻulari bilan esdalik, erishilgan Gʻalabaining soʻnmas ahamiyatini yangi kuch bilan his etdik. Ulugʻ Gʻalaba sotsializmining tinchlik, demokratiya va taraqqiyot ishining mustahkam tayanchi ekanligini yaqqol koʻrsatdi.
Shu hayajonli voqeaning yubileyi nishonlangan yilda sovet Tinchlik programmasini amalga oshirishda, sotsiolizm mamlakatlarining tashqi siyosatida juda katta natijalarga erishilganligi ayniqsa diqqatga sazovordir. Yevropada xavfsizlik va xamkorlikka bagʻishlangan kengashning Yakunlovchi akti imzolandi. Bu-xalqlar tinchligi va xavfsizligini mustaxkamlash yo;lida chinakam tarixiy ahamiyatga molik qadam boʻldi. [Leninchi] Kommunistik partiya, uning Markaziy Komiteti, Sovet xukumati olib boriyotgan ichki va tashqi siyosatni sovet xalqi yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlab, qizgʻin ma’qullamoqda.
Oʻzining tinimsiz, olijanob faoliyati bilan sovet xalqining, butun taraqqiyparvar insoniyatning xurmati va taxsiniga sazovor boʻlgan KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari [Leonid Ilich Brejnev] kommunistik qurilish ishiga, xalqlarning tinchligi va xavfsizligi uchun, ozodligi va baxt-saodati uchun kurash ishiga juda katta xissa qoʻshmoqda.
Oʻrtoqlar! Bugun biz qardosh sotsiolistik davlatlarning mexnatkashlariga chin koʻngildan qutlovlar va eng ezgu tilaklar qoʻllaymiz. Biz imperializmga va yangi mustamlakachilikka qarshi kurashchilarni, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqlarini tabriklaymiz. Biz kapitalistik davlatlarning kommunistik va ishchi partiyalariga, planetaning ishchilar sinfiga, jamiki mexnat axliga, tinchlik va sotsial taraqqiyot ishi uchun xamma kurashchilarga qardoshlarcha birdamlik tuygʻularini izxor etamiz.
$$Sovet Ittifoqchi Kommunistik partiyasi$$ $$Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$ va $$SSSR Ministerlar Soveti$$ shaxar va qishloqlarning mexnatkashlarini, rivolyutsiya, urush va sotsiolistik qurilish veteranlarini, shonli sovet xotin-qizlarini, yoshlarimizni, $$Sovet Armiyasi$$ va Floti jangchilarini-barcha sovet qoʻshinlarini yangi yoʻl bilan qizgʻin va samimiy tabriklaydilar! Aziz oʻrtoqlar, sizlarga, oilangizga baxt va quvonch yor boʻlsin! Sizlarga sixat-salomatlik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
$$Sevikli Sovet Vatanimiz$$ gullab yashnay bersin! Yer yuzida tinchlik mustaxkamlana bersin!
Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin! Yangi baxt-saodat yor boʻlsin!
Total words
764
Unique words
516
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
6
TTR
0.675
Hapax
422
Distribution
Top frequency chart
Dataset