Jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, $$Markaziy Osiyo xalqlari$$ning iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy hayotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi $$Sohibqiron [Amir Temur] tavalludi$$ga 660 yil toʻlishi munosabati bilan $$Vazirlar Mahkamasi$$ Qaror Qiladi:
1. Koʻrsatilgan qutlugʻ sana 1996-yilning oktyabr oyida $$Oʻzbekiston$$da keng miqyosda nishonlanadi.
2. [Amir Temur] tavalludining 660 yilligini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi 1-ilovaha muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita 1 oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish tadbirlarini ishlab chiqsin va ularni ijro etilishini tashkil etsin.
3. Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha $$Vazirlar Mahkamasi$$ huzurida uch kishidan iborat direksiya tuzish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Direksiya $$Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri$$ning birinchi oʻrinbosari rahbarligida ish olib borishi belgilab qoʻyilsin. Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi direksiya toʻgʻrisidagi [Nizom] tasdiqlansin.
$$Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi$$ direksiya faoliyati bilan bogʻliq harajatlar uchun 1995-yildan boshlab respublika byudjetidan tegishli miqdorda mablagʻ ajratilishi nazarda tutilsin.
Direksiyaga [Amir Temur] tavalludining 660 yilligini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi belgilangan tadbirlarni amalga oshirish topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi tegishli vazirliklar, idoralar, hodimlar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1996-yilda " [Amir Temur] va uning dunyo tarixida tutgan oʻrni" mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, $$"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi$$ va Moliya vazirligi bir oy muddatda Fanlar akademiyasi, viloyatlar va $$Toshkent shahar$$ hodimlari bilan birgalikda [Amir Temur] nomi bilan bogʻliq obidalar va qadamjolarni ta'mirlash, konservatsiyalash va obodonlashtirish, " [Temuriylar] davri madaniyati va sanʼati" mavzusida maxsus xalqaro turistik mashrutlar ochish yuzasidan 1995-2000 yillarda amalga oshiriladigan kontseptsiya-dasturini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining tasdogʻiga kiritsinlar. Shu jumladan, 1995-1996 yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va tegishli mablagʻ ajratilsin.
6. $$Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi$$ tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 1996-yilda [Amir Temur] sharafiga $$Samarqand va Shahrisabz shaharlari$$da yodgorlik majmui barpo etish masalasini hal etsin.
7. $$Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi$$ [Amir Temur] va uning davri fani, madaniyati va sanʼatiga oid yangi asarlarni, shu jumladan, chet ellarda nashr qilingan adabiyotlardan namunalarni nashr etishni oʻz rejasiga kiritsin.
8. $$Oʻzbekiston Davlat teleradio eshittirish kompaniyasi$$ [Amir Temur] hayoti va faoliyatiini aks ettiruvchi turkum koʻrsatuvlar dasturini tayyorlasin va amalga oshirsin.
9. $$Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasi$$ [Amir Temur]nning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida 1995-1996-yillarda badiiy film yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin.
10. $$Toshkent shahar hokimligi$$ Madaniyat ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda [Amir Temur] xiyobonida [Temuriy]lar davri tarixiy muzeyini qurish va uni zarur eksponatlar bilan jihozlash yuzasidan tadbirlar belgilansin.
11. $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$da vazirlar Kengashi, viloyatlar va $$Toshkent shahar$$ hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddat ichida [Amir Temur]ning jahon tarixida, ayniqsa $$Markaziy Osiyo$$ xalqlari taqdirda tutgan oʻrnini holis oʻrganish, tadqiq va targʻib etish boʻyicha oʻz dasturlarini ishlab chiqsinlar.
12. $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi 1995-1996-yillarga moʻljallangan istiqbol ishlarini belgilashda tashkiliy qoʻmita tasdiqlagan tadbirlarga kiritilgan obyektlar qurilishi, tarixiy obidalarni taʼmirlash, obodonlashtirish uchun belgilangan tartibda markazlashgan sarmoya va respublika byudjetidan tegishli mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
13. Vazirliklar, hokimliklar, muassasalar va tashkilotlarning shuningdek, jamgʻarmalar va fuqarolarning belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda oʻz moddiy-moliyavoy ulushlari bilan ishtirok etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish $$Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirligi$$ning birinchi oʻrinbosari [I. Joʻrabekov] zimmasiga yuklansin
Article
Amir Temur tavalludining 660 yilligi nishonlanishi toʻgʻrisida.
Total words
518
Unique words
317
Annotated anthroponyms
15
Toponyms
20
TTR
0.612
Hapax
228
Distribution
Top frequency chart
Dataset