Oʻtgan yili $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$da ham quvonchli natijalarga boy boʻldi. Sanoatda, qurilishda, qishloq xoʻjaligida ijobiy yutuqlar qoʻlga kiritildi.
Shu munosabat bilan bir qator korxonalar, birlashmalar rahbarlariga erishilgan yutuqlar va yangi yil rejalari haqida soʻzlab berishlarini soʻrab murojaat qildik.
$$,,Qoraqalpoqagroqurilishʼʼ ishlab chiqarish birlashmasi$$ning texnika boʻlimi boshligʻi [Jengiz Emberganov]:- birlashmamiz yangi 1995-yilni ajoyib mehnat sovgʻalari bilan kutib oldilar, chunki $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$da bunyod boʻlgan boʻlayotgan qurilishlarda hissamiz beqiyos. Masalan, $$Turkiyaning YAZEKS korporatsiyasi$$ bilan hamkorlikda $$Nukus shahri$$da yiliga 6 million dona ichki kiyimlar ishlab chiqaradigan toʻqimachilik majmuasi bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Hozirdanoq ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinmoqda. 1994-yilning noyabr oyida Ellikqaʼla tumanida yiliga 60 million $$AQSh$$ dollari hisobida mahsulot ishlab chiqaradigan ELTEKS toʻqimachilik kompleksining qurilishi juda qisqa muddatlarda bitkazilib topshirilishi tarixiy voqea boʻldi. Endilikda bu yerda ham ikki mingdan koʻproq kishi ish bilan taʼminlanadi. Yangi yilda Chimboy tumanida SHIMTEKS toʻqimachilik kompleksi qurilishini tezkorlik bilan davom ettiramiz.
$$Qoraqalpoq qurilish materiallari$$ni ishlab chiqarish birlashmasi raisi muovini [Jiemurad Tojimorotov]:- Respublikamizda qurilish obyektlarini zarur materiallar bilan taʼminlashda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalliy zahiralardan unumli foydalanish samaradorlik garovi boʻldi. Masalan gʻishtga boʻlgan talab katta. Shuning uchun hozirdanoq gʻisht zavodlarini kengaytirishga alohida eʼtibor bermoqdamiz. Nukus shahrida 51 million dona gʻisht ishlab chiqaradigan zavodni birinchi navbatda ishga tushirilishi buning isboti. Marmar zavodini kengaytirishga kirishdik. Zavod Italiyada ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Shunday qilib uning quvvatini 70 ming kvadrat metrdan yiliga 190 ming kvadrat-metr sifatli marmar ishlab chiqarishga erishamiz.
$$Qoraqalpoq avtomobil yoʻllari aktsionerlik birlashmasi$$ raisi muovini [Oʻteboy Sherozov]:- Yoʻl qancha yaxshi, soz boʻlsa elimiz obod, xalqimiz farovon boʻladi. Hozirgi qiyinchilik tanqislik paytida 1 ming chaqirimdan koʻproq yoʻllar sifatli remintdan chiqarildi. Eng yaxshisi shundaki [Qoʻngʻirot-Beynov] avtomobil yoʻli qurilishi tezkorlik bilan olib borilmoqda. Oʻtgan yilning soʻnggi toʻrt oyida 142 chaqirim masofada ushbu yoʻlning tuproq ishlari ado etildi. Bu ishda $$Qoraqalpogʻiston$$, $$Surxandaryo$$, $$Buxoro viloyatlari$$ yoʻl quruvchilari yaqindan yordam koʻrsatmoqda. Hademay maʼlum qismida transport qatnovi boshlanadi. Bu avtomobil yoʻli ishga tushirilgach, koʻpgina qoʻshni davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarimiz yana ham mustahkamlashishga imkon yaratildi.
Total words
320
Unique words
250
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
11
TTR
0.781
Hapax
205
Distribution
Top frequency chart
Dataset