🔍

Article

Sanoatni Qishloqqa Kim Yetaklaydi?

By Abdulla Madaliev, << Oʻztexchorvaservis >> … • in 1996

Mamlakatimizda katta mehnat evaziga etishtirilgan qishlaq xoʻjalik mahsulotlarining bir qismi ist’emolchilarga etmay, isrofu nobud boʻlayotganligi, dehqonlar mashaqqatli mehnatlari foydalana olmayotganliklari hech kimga sir emas.
Natijada chin mehnat qilgan dehqonlarning kosasi ba’zan oqarmay qolyapti. Agar mamlakatimiz aholisining 60 foizidan origin
qishloqlarda yashashligini hisobga oladigan boʻlsak, bunday yuqotishlar qamrovi kam emasligini koʻzga yaqqol tashlanadi.
Mamlakatimizda etishtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qishliqlarimizda qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari etarli darajada rivojlanmagan. Bugingi bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoiti sanoatni chi ma’noda qishloqqa olib kirish zarurligini taqozo etmoqda. Bu borada respublikamizda katta say-harakatlar boʻlmoqda. Dehqon (fermer) va boshqa turli tadbirkorlik harakrtlari uvhun keng yoʻl ochib berilmoqda. Ular faoliyati har tomonlama qoʻllab -quvvatlanmoqda.
Lekin shunday boʻlsada, sanoatning qishloqqa kirib kelishi ancha sust kechmoqda. Bunga nimalar sabab boʻlmoqda? Menimcha, quyidagi omillar sanoatning qishliqda muqim joy olishi uchun toʻsiq boʻlayotir: birinchidan, texnologik uskuna va mashina -mrxanizmlar, ular uchun zarur boʻladigan ehtiyot qismlar, yonilgʻi -moylash materiallari, elektr energiya va boshqa narxi balandlashib ketib, etishtirilgan mahsulotlat oʻrtasida nomutanosiblikning vujudga kelishi; ikkinchidan, qishloq mehnatkashlari oʻz mahsulotini qayta ishlash boʻyicha maxsus tayorgarlikka , tajribaga va malakaga ega emasligi; uchinchidan, qishloqlarimizdagi infrastrukturaning kam rivojlanganligi va buni yaratish ayni zamonda juda qimmatga tushishligi.
Yuqorida qayd etilgan uchta omil qishloqqa sanoatini olib kirishda katta toʻsiq rolini oʻynab kelmoqda. Endi respublikamizda xalq xoʻjaligining boshqa sohalaridagi tadbirkorlikning vujudga kelish jarayonini tahlil qilib koʻraylik. Ularning koʻpchiligi harakatdagi korxonalar, muassasalar negizida tashkil boʻldi. Ular uchun, bino, elektr energiyasi, suv, gaz, yoʻl, asbob -uskunalar muhayo edi. Ishbilarmonlar ularni oʻzlariniki qilib olgach, mehnatga sohiblik hissi bilan munosabatda boʻlib, ishlab chiqarishni har tomonlama rivojlantirish chorasini koʻra boshladilar. Natijads ular sobitqadamlik bilan taraqqiy etmoqda. Guvohi boʻlib turibmizki, har qanday korxona, maishiy, savdo va boshqa inshootlarni oyoqqa tirib olgan sarmoyador, ishbilarmonlar kim oshdi savdosidan sotib olishmoqda. Bundan koʻrinib turibdiki, koʻp hollarda biror ishni boshlashdan avval shu ishning dastlabgi ildizini inobatga olish kerak.
Biz dehqon -fermerlarni har qancha ilhomlantirmaylik, ularga qancha yoʻllanma -yu madad bermaylik, ularning sanoatni qishloqqa,oʻz ishlab chiqarish xoʻjaligiga olib kirish jarayoni sekin kechmoqda. Chunki dehqon yoki chorvador oʻz ekinini -yu chorvasidan ortib, qayta ishlash uchun vaqt topishi qiyin. Shuningdek, yuqorida biz ta’kidlab oʻtgan toʻsiq boʻluvchi omillar, ya’ni texnologik uskunalarni ishaltish, mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi, sanitariya -gigiena holatlari, elektr va boshqa texnik jarayonlar bilan mukammal ishalsh uchun qator kasb va mutaxassisliklarni egallagan bilish kerak. Bular, albatta, yirik muammolar hissoblanadi.
Endi bu muammolarni qanday hal etish mumkin, degan savol tugʻilishi tabiiy. Respublikada qishlaq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishalsh, saqlash va sotishni tashkil etish bilan shugʻullanadigan birlashma tuzmoq kerak.
Ushbu borlashmaning vazifalari nimalardan iborat boʻlishi kerak?
Ushbu asosiy vazifasi qishloqda mahsulotlarni qayta ishlovchi sanoat korxonalarini , mahsulotlarni saqlaydigan maxsus omborxonalarni tashkil etish. Texnilogik liniyalar, sexlarni, asbob -uskuna va jihozlarni ta’minlash borasida muay’an ishlarni amalga oshiradi. Joylardagi dehqon va fermerlarning mahsulotlarini jamlab, mavoza (barter) yoʻli bilan turli jihozlar keltiradi. Ushbu jihozlarni qishloqlarga oʻrnatadi hamda ulardan kooperasiya va integrasiya yoʻli bilan foydalanishni tashkil etadi.
Birlashma xorijiy korxonalar bilan aloqa oʻrnatib, chet el investisiyasini olib kirish boʻyicha zaruriy ishlarni amalga oshiradi. Yangi qoʻshimcha ish joylari yaratadi. Ishalb chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga chiqarish maqsadida raqobatbardosh boʻlishligi uchun ularning sifatini yaxshilash choralarini koʻradi. Mahsulotlarni bejirim qadoqlash va joylash uchun qadoqlovchi paketlar va qutilar ishlab chiqarishni hamda boshqa ta’minlaydi. Mintaqalarga qarab qanday sanoatni tashkil etish boʻyicha ilm ahllari, texnologlar, konstruktorlar va boshqa mutaxasislarning ilmiy echimlariga tayanib ish koʻradi. Bozor innovasiyasini oʻrganib boradi. Bindan qishloq tadbirkorlarini xabardor qilib turadi. Natijada qayta ishlovchilarning texnologiyaga boʻlgan talab va ehtiyojlarini oʻrganib, respublikamizdagi zavod va korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun muay’an ishlarni olib boradi.
Birlashma yiqoridagi kabi qator vazifa va ishlarni bajarishni oʻz oldiga dasturilamal qilib olishi kerak. Bundan yana dahqonlarda boqimandalik kayfiyati kuchayadi., degan fikr kelmasligi kerak. Dehqon hech qachon boqimanda boʻlgan emas. Balki doimo boshqalarni boqib kelgan. Bundan buyon ham ular oʻzlarining mehr -saxovatiga sodiq.
Birlashmani tashkil etib qishloqlarda sex va korxonalar qirilishining keng miqyosda tashkiliy yol bilan amalga oshirilishi, iborali qilib aytganda, qoshloqqa sanoatni qoʻidan etaklab olib kirish demakdir. Sanoat qishloqqa qancha chuqur kirib borsa, u yerda barcha ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish muammolari shuncha toʻla bartaraf etiladi.

Total words

649

Unique words

458

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.706

Hapax

370

Distribution

Top frequency chart

Dataset