🔍

Article

Oʻzbekiston xalqiga yangi yil tabrigi

By Islom Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti • in 1996

Muhtaram vatandoshlar!
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Eski yilni kuzatib qolayotgan har bir inson boʻlib oʻtgan voqealarni, oʻz boshiga tushgan hayot tashvishlarini esga oladi, toshu tarozi qiladi.
Yaratganimizdan Yangi yilda oʻzining, oilasining, qarindosh-urugʻlarining, doʻst-birodarlarining baxtini, el-yurtimiz tinch va omon boʻlishini soʻraydi.
Har qaysi inson shu hayotda katta-katta ezgu umidlar bilan yashaydi. Hech kim tugʻilganda millat va Vatan tanlamaydi, ammo kindik qono toʻkilgan erimiz mehru muhabbati ilk nafas bilan jismu jonimizga kiradi. Biz umr boʻyi shu mehr bilan yashaymiz, shu muhabbatni uiugʻlab, farzandlarimizga muqaddas qilib qoldiramiz.
Bir soz bilan aytganda, el -yurt obodligi, vataning qudrati, farzandlar kamoli va vatandoshlar saodatini koʻrmoq orzusi -har bir toza niyatli, iymoni pok inson hayotining mazmunidir.
Mana toʻrt yildirki, biz ana shunday yuksak orzu maqsadlar bilan yashab moʻtabar yurtimizning farovon kelajagi poydevorini qurmoqdamiz. Xolisona sarhisob qilib aytadigan boʻlsak, moʻljal etilgan rejalarga erishish uchun ancha ishlarni amalga oshirdik. Kuchimizni, aql -zakovatimizni, fidokorona mehnatimizni shunga bagʻishladik. Shukronalar boʻlsinkim, qilgan ishlarimiz, chekkan zahmatlarimiz endi -endi oʻz hosilini bera boshladi.
Oʻtayotgan 1995 yilni koʻz oʻngimizdan oʻtkazar ekanmiz, oʻlkamizdagi tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni qadrlash zarurligini yana bir bor anglaymiz. Bizning hayotimiz tinimsiz mehnat bilan, oʻzaro hamjihatlik va murosa, mehr va oqibat, bunyodkorlik va obodlik ruhi bilan oʻtmoqda.
Yangi yil arafasida xalqimizga, yoshu qari, erkagu ayol -siz aziz yurtdoshlarimga murojaat etarkanman, sizlarning belni mahkam bogʻlab, goʻzal diyorimizning buyuk istiqboliga chin dildan ishonib, oldindagi yorugʻ manzillarga koʻz tikib, sabru matonat bilan fidokorona mehnat qilganingiz uchun tassanolar aytmoqchiman, cheksiz minnatdorlik bildirmoqchiman.
Inshoollo, 1995 yil chekkan mashaqqatlarimiz ortda qoldi. Kelayotgan 1996 yil hammamiz uchun, shu muborak zamindar yashayotgan har bir inson yuksalish, oʻsish yili boʻlgay.
Oʻzaro hurmat -izzat, bagʻrikenglik, doʻstlik va hamkorlik tuygʻulari qaror topgan yurtimizdan tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka aslo koʻtarilmasin.
Eski yilni kuzatib, Yangi yilga qadam qoʻyayotgan har qaysi oila, har qaysi odam muqarrar tarzda oʻtganlarning ruhi poklarini yodlashni -xalqimizning eng moʻtabar fazilatidir. Umuman, shunday ezgu damlarda muqaddas qadriyatlarni, buyuk ajdodlarning ruhi poklarini eslamoq xayrlidir.Naslu nasabini, ajdodlar vasiyatini unutmagan xalq muqarrar tarzda saodatga erishadi.
Vatavdoshlarimizning irodasi bilan 1996 yil [Amir Temur] tili deb e’lon qilindi. Kelgusi yili u muborak zot tavalludining 660 yilligi er yuzida keng nishonlanadi. Ishonamanki, bu bayram $$Oʻzbekiston$$ing buyuk tarixi va buyuk kelajagini dunyoga namoyish etadigan ulkan voqea boʻladi. Ishonamanki, uiugʻ sohibqironing mardona ruhi bizni hamisha oʻz himoyatida saqlaydi, yangi yutuq va zafarlarga chorlaydi.
Aziz vatandoshlar!
Ushbu tabarruk ayomda har biringizni cheksiz mehr -muhabbat bilan tabriklab bagʻrimga bosaman. Yangi yilimiz qutlugʻ boʻlsin, barchamizning dilimizdagi olijanob niyatlarimiz roʻyobga chiqsin!

Total words

407

Unique words

317

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

1

TTR

0.779

Hapax

274

Distribution

Top frequency chart

Dataset