🔍

Article

BOBOLARDAN MEROS DOʻSTLIK

By OʻzA • in 1994

Oʻzbek-hind madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixi bir necha ming yilni oʻz ichiga oladi. [Abu Rayhon Beruniy], [Abdurazzoq Samarqandiy], [Zahiriddin Muhammad Bobur] singari ajdodlarimiz Hindiston va uning ahli haqida ajoyib asarlar yozib qoldirishgan. $$Chor Rossiyasi$$ istilosiga qadar mamlakatimizdagi deyarli har bir shaharda hind savdogarlarining doʻkonlari boʻlgan, oʻzaro jangu ja- dallar, notinchlik zamonlarida ham xalqlarimizing bir-biriga intilishini hech narsa toʻsa olagan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng hamkorlik aloqalari uchun keng imkoniyatlar ochildi. Davlat rahbarlarining tashriflari ham an'anaviy boʻlib qolmoqda. Hindiston Respublikasining $$Oʻzbekiston$$dagi favqulodda va Muxtor elchisi [Dalip Mexta] bilan suhbatimiz ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar xususnda boʻldi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar kun sayin kengayib boryapti, bu hamkorlik juda koʻp asrlar muqaddam boshlangan, yorqin va sermazmun sahifalarga boy. Xalqlarimiz birgalikda yaratgan ajoyib san'at namunalari va me'moriy obidalar hozirgacha saqlanib qolgan. $$Oʻzbekiston$$ mustaqillikning ikki yilini endigina bosib oʻtgan yosh mamlakat, mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish yoʻlidagi sa'y-harakatlaringizni hindistonliklar katta Qiziqish va hayrixohlik bilan kuzatib turibdilar. Zero, $$Oʻzbekiston$$ tanlagan yoʻl Hindiston mustaqilligining ilk davrida bosib oʻtilgan yoʻlga juda oʻxshaydi.
$$Oʻzbekiston va Hindistonning tashqi siyosati$$da ham yaqin jihatlar koʻp. Barcha
mamlakatlar bilan doʻstona, oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik bu siyosatning asosiy belgilaridir. [Islom Karimov] boshchiligida $$Oʻzbekiston$$ni jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylantirish, uning xalqaro mavqeini yuksaltirish borasida Qilinayotgan barcha xayrli ishlarni qoʻllab-quvvatlaymiz. 1991 yil avgust oyida Oʻzbekiston Prezidenti sobiq shoʻrolar Ittifoqi respublikalarining rahbarlari ichida birinchi boʻlib Hindistonga safar qilgan edi. Endi esa u mustaqil davlat rahbari sifatida mamlakatimizga boryapti. Bu tashrif muvaffaqiyatli boʻlishi shubhasiz. Ikki mamlakatning siyosiy va madaniy aloqalari juda yaxshi rivojlanyapti.
Oʻzaro bordi-keldilar ancha koʻpaydi. Maorif sohasidagi hamkorlik ajoyib
natijalar beryapti, ammo iqtisodiy sohada hali qilinadigan ishlar koʻp. Bu borada anchagina hujjatlar imzolandi. Endi esa amaliy ishga oʻtilyapti, hozir $$Oʻzbekiston$$da 15 ta oʻzbek-hind qoʻshma korxonasi ishlayapti. $$Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari$$da yirik mehmonxonalar barpo etilyapti. $$Toshkent-Dehli havo yoʻli$$ ikki oʻrtadagi masofani nihoyatda qisqartirdi, hozircha ikki oʻrtada faqat $$"Oʻzbekiston havo yoʻllari"$$ samolyotlari qatnayotgan boʻlsa, yaqin orada "Indian Eyrlaynz" aviakompaniyasi samolyotlari ham bu safga qoʻshiladi. Shunda parvozlar soni yanada koʻpayadi, albatta, bular dastlabki natijalar xolos. Hali foydalanilmagan imkoniyatlarimiz juda koʻp. $$Oʻzbekiston va Hindiston rahbarlari$$ning rasmiy safarlari oʻzbek-hind aloqalari rivojiga qanday ta'sir koʻrsatyapti? Tabiiyki, oʻzaro safarlar va muloqotlar mamlakatlarimiz rahbarlarining doʻstlik hamda hamkorlikka intilishlaridan dalolat beradi, $$Oʻzbekiston Prezidenti$$ning ilk safari munosabatlarimizning dastlabki sahifasini ochgan edi. Oʻshanda iqtisodiy, savdo, fan-texnika, madaniyat, Maorif, turizm, sport va ommaviy axborot vositalari sohalarida hamkorlik haqida bitimlar imzolangan edi,nHindistonnnBosh vazir [Narasimxa Rao] shu yil may oyida MDX davlatlari orasida birinchi boʻlib $$Oʻzbekiston$$ga keldi, bu albatta bejiz emas. Chunki $$Oʻzbekiston$$ muhim mintaqada joylashgan mamlakat. Uning xalqaro mavqen ham tobora ortib bormoqda, ana shu safar davomida davlatlararo aloqalar va hamkorlik haqida, iqtisodchy va savdo-sotiq sohasida, havo aloqalari haqida, madaniy aloqalar xususida bitimlar imzolandi. Ular asosida anchagina ishlar qilindi. $$Oʻzbekiston Prezidenti$$ning safari davomida iqtisodiyot, madaniyat, savdo, pochta va telekommunikasiya sohalarida kelishuvlar boʻlishi kutilmoqda. Qolaversa, $$Oʻzbekiston rahbari$$ mamlakatimizni yana bir bor oʻz koʻzi bilan koʻradi. Ikki davlat rahbarlari esa oʻzaro muloqotlar davomida bir-birlari bilan yana yaqindan tanishadilar, xalqaro aloqalarda shaxsiy muloqotlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz. [Islom Karimov] mamlakatimiz parlamenti aʻzolari, olimlar, ishbilarmonlar, universitet talabalari va boshqa shaxslar bilan uchrashish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
-Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar [Bobur] va [Boburiylar] davrida yuksak darajaga koʻtarilgan. Respublikamizda Bobur tavalludining 510 yilligi keng nishonlandi, bu tantanalarda oʻzingiz ham ishtirok etdingiz. Hindistonda ham bu sana nishonlandimi?
Mamlakatimizda [Bobur] bilan bogʻliq hamma narsa e'tibor va e'zozda. U mamlakatimiz tarixi va madaniyatida juda chuqur izqoldirgan shaxs. Biz shoir va davlat arbobining 500 yilligini keng nishonlagan edik. Oʻshanda seminarlar, munozaralar, ziyolilarning uchrashuvlari boʻlib oʻtgandi. Xabarimiz bor siz shoʻrolar davrida bu sanani koʻngildagidek bayram qilolmagansiz. Shuning uchun ham Bobur tavalludining 510 yilligi juda keng miqyosda nishonlandi. Bu tadbirlarda mamlakatimiz vakillari [Bobur]ning hozirgi avlodlari bilan birgalikda ishtirok etdim. [Bobur]ning ajoyib merosi, u qoldirgan obidalar bizning mushtarak
boylitimizdir. Shuning uchun ham uning hayoti va faoliyatining barcha sanalari mamlakatimizda mehr va iftihor bilan yod etiladi. Hindistonda mamlakatimiz rahbarini kutib olishga qanday hozirlik koʻrilyapti?
Hech shubhasiz bu tashrifga katta umid bilan qaralmoqda. Davlat miqqiyosida jiddiy hozirlik koʻrilyapti. Yuqorida taʻkidlaganimizdek madaniyatimiz va tariximiz tutash nuqtalarga boy. Qadimiy aloqalarimiz o'zaro hamkorlikning kelgusi rivoji uchun ajoyib poydevor vazifasini o'taydi, $$O'zbekiston$$ katta tabiiy zaxiralar va mehnatkash insonlar yurti. Hindiston ham ulkan iqtisodiy va texnik imkoniyatlarga ega, Agar biz intilishlarimizni mushtarak maqsadlar yo'liga, xalqlarimizning farovonligi va baxt-saodatiga safarbar etsak katta muvafaqqiyatlarni qoʻlga kiritishimiz mumkin.

Total words

702

Unique words

475

Annotated anthroponyms

12

Toponyms

17

TTR

0.677

Hapax

376

Distribution

Top frequency chart

Dataset