Main text: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti [Islom Karimov] 3 yanvar kuni davlat tashrifi bilan Hindistonga joʻnab ketdi. Toshkent tayyoragohida Islom Karimov jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Oʻzbekiston Hindiston hamkorlik aloqalari xususida toʻxtaldi. Prezidentimiz soʻnggi ikki yarim yil ichida ikki davlat rahbarlari uchinchi marotaba oliy darajada uchrashayotganini, shu qisqa fursat mobaynida oʻzaro hamkorlik borasida yigirmadan ortiq hujjat imzolanib, amalga tadbiq etilayotganini alohida ta'kidladi. Hindiston taraqqiy topgan davlatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, ularning uslubini dadil va erkin joriy etayotgani ibratli hol, dedi Oʻzbekiston rahbari. Bu galgi safardan
Asosiy maqsad – mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni, madaniyat, savdo-sotiq hamda iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi bosqichga koʻtarishdan iborat.
Prezidentni respublika Oliy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi [Erkin Xalilov], Bosh vazir [Abdul-Hoshim Mutalov], Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari [Ismoil Joʻrabekov], Prezidentning Davlat maslahatchilari [Mavlon Umurzoqov], [Alisher Azizxoʻjaev], toshkent shahri hokimi [Adhambek Fozilbekov] va boshqa rasmiy kishilar kuzatib qoldi. Kuzatuvchilar orasida Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi muvaqqat ishlar vakili [Alok Sen] ham bor edi.
Dehli, 3 yanvar. (OʻzA maxsus muxbirlari [A. Karimov] va [U. Mirzayorov]). Bugun tushdan keyin Uzbekiston Prezidenti [Islom Karimov] Hindiston poytaxti Dehliga etib keldi. [Islom Karimov]ni Hindiston rahbarlari Prezident [Shankar Dayyal Sharma] va bosh vazir [Narasimha Rao] samimiy kutib oldi, taomilga koʻra, oliy rutbali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikkala davlat madhiyalari yangradi. Shu kuni Hindiston davlat va hukumat rahbarlari bilan rasmiy muzokaralar boshlandi. Uch kun davom etadigan tashrif mobaynida Oʻzbekiston Hindiston munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan olti bitim imzolanadi. Ular orasida savdo-iqtisodiy, madaniy, pochta va telekommunikasiya sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar bor. Oʻzbekiston rahbari, shuningdek, Hindiston sanoati konfederasiyasining yigʻilishida nutq soʻzlaydi. Hindiston matbuoti Oʻzbekiston rahbarining tashrifiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Ommaviy axborot vositalari, jumladan, televidenie, "Hindu", "Ekonomik Tayms".
"Hindustan Tayms" va boshqa roʻznomalar oʻzaro hamkorlikka oid bir qancha maqolalar e'lon qildi. "Tayms of India", "Pioner" roʻznomalari esa Oʻzbekiston haqida batafsil ma'lumotlarni bosib chiqardi. Prezidentimizning oʻzbek-hind doʻstligi va hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari yuksak baholanmoqda.
Total words
306
Unique words
242
Annotated anthroponyms
14
Toponyms
0
TTR
0.791
Hapax
213
Distribution
Top frequency chart
Dataset