Ma’lumki, $Respublika iqtisodiyotiga katta Zarar etkazuvchi omillardan biri, bu chayqovchilikdir.
Shahar dehqon bozorlarida, ayniqsa, Toshkent Shahar <<Otchopar>> bozorida jami 660 ta chayqovchilik Manbai aniqlandi. $$Eski Joʻva dehqon bozori$$da jami 122 ta, $$Oloy bozori$$da 54 ta, <<Farhod >>dehqon bozorida 12 ta, Tezekov bozorida esa 80 ta va boshqa joylarda hammasi boʻlib 125 ta chayqovchilik manbalari aniqlandi. Koʻrilgan chora -tadbirlar natijasida 1993 yil 7 noyabr kuni $$Toshkent <<Otchopar >> bozori$$da 2X3 metrli <<Xiva >> gilamining har birini 400 ming soʻmdan 800 ming soʻmga sotgan paytda $$Toshkent shahri$$da 1958 yilda tugʻilgan [S. O.] qoʻlga olindi. Ma’lum boʻlishicha, u bir necha shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, niqoblangan chayqovchilik bilan shugʻullanishayotganliklari, aniqlandi. Jumladan, $$Toshkent shahri$$da 1959 yilda tugʻilgan [R. T]. va [Z. T.] birgalikda Oʻtgan yilning oktyabr oyida jumhuriyat savdo birlashmasiga qarashli bir doʻkon mudiri bilan jinoiy til biriktirib, 20 dona 2X 3 metrli $$Xiva gilamlari$$ning har birini 150 ming soʻmdan jami 3 million soʻmga sotib olishgan. Sof foyda koʻrish maqsadida oldi-sotti bilan shugʻullanishgan. Oʻtkazilgan tintuv natijasida bu guruhdan jami 29 ta gilam, 2 million soʻm pul olindi. Ular tomonidan topilgan 13 million 92 ming soʻmlik miqdordagi sof foyda ham davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. Ular qilmishlariga yarasha odil sud oldida javob berishadi.
Kundalik roʻzgʻorda iste’mol qilinadigan oziq -ovqat mahsulotlaridan biri -sariyogʻdir. Uning savdo rastalarida tanqisligidan ayrim savdo xodimlari foydalanib, tekin daromad orttirishga urinishmoqdalar. Jumladan, 1993 yil 10 fevral kuni $$[Mirzo Ulugʻbek] tumani$$ oziq -ovqat tashkilotiga qarashli 16 -son doʻkon mudiri 1946 yil $$Toshkent shahri$$da tugʻilgan Yunusobod dahasida istiqomat qiluvchi
^^Ma’mura Zokirova^^ oʻzining kuyov boʻlmish shu doʻkon sotuvchisi Javlonbek Sodiqqov va shu doʻkonda sotuvchi boʻlib ishlovchi [Murod Zokirov]lar bilan jinoiy til biriktirishgan. Ular doʻkonga kelgan noyob oziq -ovqat mollarini xalqqa sotmay koʻp miqdorda koʻtarasiga chayqov narxida sotib kelishgan. Davlat narxi 180 soʻm boʻlgan sariyogʻning har bir kilogrammini 490 soʻmdan sotib, pulini doʻkon hisobiga davlat narxida oʻtkazib turishgan. Bu azamatlar 2 fevral kuni Yunusobod tumani, atrofida joylashgan 25 -uydan <<UAZ>> markali davlat belgisi 93 -72 TNB mashinasida 47 quti, har biri 20 kilogrammdan, jami 940 kilogramm sariyogʻni 376 ming soʻmga sotib, pulini sanab olayotgan paytda qoʻlga olindilar.
Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Hozir boshqarmamiz xodimlari $$Oloy bozori$$, $$<<Otchopar >>$$ va boshqa yirik bozorlarda noqonuniy yoʻllar bilan pul olib, pul sotish ishlari bilan shugʻullanayotgan qalloblarning payini qirqish maqsadida yirik tadbir oʻtkazmoqdalar. Xodimlarimiz fuqarolarning valyuta operasiyalari toʻgʻrisidagi qoidalarni buzish, shuningdek, valyuta boyliklari, yoki qimmatli qogʻozlar bilan chayqovchilik qilish jinoyatlarining oldini olish borasida talay ishlarni amalga oshirdilar. Oʻtgan yil 6 noyabrdan 26 dekabrga qadar valyuta operasiyalari qoidalarini buzgan 1747 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ularga ma’muriy komissiya tomonidan qonunga muvofiq jami 26 million 203 ming 225 soʻm -kupon jarima solindi. Ulardan 35 million 359 ming 901 soʻm -kupon, 5 million 421 ming 200 soʻm 1961 – 1992 yil nusxadagi banknotlar, 7 million 677 ming 280 soʻm 1993 yil nusxasidagi Rossiya rubli, 9 ming 512 tenge ($$Qozogʻiston puli$$), 128 nafar fuqarodan esa jami 9 ming 175 $$Amerika$$ dollari, 50 $$Germaniya markasi$$ musodara qilindi. Boshqarmamiz xodimlari poytaxtimizda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini yanada rivojlantirib, respublikamiz iqtisodiga putur etkazadigan har qanday koʻrinishdagi jinoyatlarning payini qirqish uchun hamma imkoniyatlarni ishga soladilar.
Article
Kushandalar Payi Qirqilmoqda
Total words
502
Unique words
344
Annotated anthroponyms
6
Toponyms
13
TTR
0.685
Hapax
265
Distribution
Top frequency chart
Dataset