$$Fargʻona transport prokuraturasi$$ … Jinoyatchilikka, qarsgi eng faol kurash borayotgan huquqni muhofaza qilish organlaridan biri. Zero, mazkur idora $$Qoʻqon, Andijon transport ichki ishlar boʻlimlari$$ xodimlari bilan hamjihatlikda temir yoʻllar va havo yoʻllaridagi jinoyatchilik hamda boshqa har qanday huquq bizilishlarining oldini olishda faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi markaz desak sira adashmagan boʻlamiz. Chunki, nafaqat Fargʻona viloyatida, balki vodiyda biron bir tashkilot yoʻqqi, temir yoʻl yoki havo tranporti bilan bogʻlanmagan boʻlsin. Bu esa transport prokuraturasi va u bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatayotgan $$Qoʻqon va Andijon transport milisiyasi$$ ishi naqadar murakkab va mas’uliyatli ekanligidan darak beradi. Qolaversa, $$Fargʻona transport prokuraturasi$$dan olingan raqam va faktlar ham buni tasdiqlab turibdi.
-Keyingi paytlarda uyushgan holda davlat va fuqarolar mulkiga, temir yoʻl tizimiga tajovuz qilish mol-mulkni talash, oʻgʻirlik qilish hollari sezilarli darajada oshib ketdi, -deydi transport prokurori, adliya maslahatchisi [N.X. Mirzaev].- bining oʻziga yarasha ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Bularni biz izchil oʻrganib boryapmiz. Sizga bir necha misolini aytay. 1993 yilning oʻn oyida sodir etilgan 509 ta jinoyatning 87 tasi ochilmay qoldi. Bining teng yarmidan ziyodi transportlardagi davlat va jamoat mulkini oʻgʻirlash bilan bevosita bogʻliq. Tahlil shuni koʻrsatiyaptiki, ichki ishlar boʻlimi xodimlari oʻzlari mas’ul boʻlgan uchaskadagi tezkorlik holatini koʻpda yaxshi bilavermaydilar.
1992 yilning 24 sentyabrida Fargʻona neftni qayta ishlash zavodidan 610915 soʻmlik aviabenzin maxsus sisternada temir yoʻl orqali joʻnatilgandi. Xuddi shu kuni bu benzin $$Andijon$$dagi shimoliy stansiyaga kelib izsiz yoʻqoldi. Shu kabi mazkur zavoddan $$Namangan viloyati$$ $$Uchqoʻrgʻon neft mahsulotlari$$ korxonasiga joʻnatilgan A -72 markali 475279 soʻmlik benzin, $$Andijon viloyati$$ning $$<<Savay>> davlat xoʻjaligi$$ga yuborilgan 51456 kilogramm benzin ham xuddi shu andijon shimoliy stansiyaga kelib gʻoyib boʻlgan. Ustma -ust bunday jinoyatlarning sodir boʻlishi hammamizni oʻylantirib qoʻydi. Ishni jiddiy tahlil etdik. Natijada mazkur yuklar $$[Oxunboboev] stansiyasi$$dan poezd tizimidagi vagonlar bilan joʻnatilgan, deb rasmiylashtirilgani holda, Andijon -1 stansiyasi yuklarni qabul qilib olayotib, benzin sisternalarini <<quruq>> keldi, deb qalbaki rasmiylashtirgan. Jinoyatchilar suvdan quruq chiqish uchun osongina temir yoʻl hisobidan yoʻqolgan benzinlarning haqini tegishli tashkilotlarga toʻlab qoʻya qolganlar. Prokuratura esa bu jinoiy ishni fosh etishga muvaffaq boʻldi va 1993 yil 22 iyul kuni Andijon stansiyasining operatori [K. T.] va stansiya navbatchisi [S. A]. larni jinoiy til biriktirib, izchil ravishda davlat mulkini oʻgʻirlashda boshchilik qilganlari uchun hibsga oldi…
Prokuror [N. X. Mirzaev] bilan suhbatlashib oʻtirib, transport prokuraturasiga tagishli boshqa raqam va faktlarni ham koʻzdan kechirdik. Prokuratura birgina 1993 yilning oʻtgan oʻn oyida 88 ta tekshiruv oʻtkazgan. Natijada 46 ta qonunsiz chiqarilgan hujjatlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli e’tiroznomalar kiritildi. Qonun buzish hollarini bartaraf etish yuzasidan esa 26 ta amirnoma berildi. 423 nafar mansabdor shaxslar ogohlantirildi. 42 nafar shaxsni ma’muriy, 93 nafar shaxsni esa intizomiy javobgarlikka tortish haqida 14 jinoiy ish qoʻzgʻatildi, 52 ta da’vo arizalari kiritilib, 14 million 127 ming 579 soʻm keltirilgan moddiy Zarar aybdorlardan undirib olindi.Umimiy nazorat tartibida esa 7 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilib, bu ishlar sudga oshirildi. Shartnoma majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan tekshirishlar natijasida shartnoma bandlarini buzgan tashkilot, korxona va muassasalardan fargʻona temiryoʻllari boʻlimiga 235 million soʻm undirib berildi. Chunonchi, $$Fargʻona neft mahsulotlari tashish korxonasi$$dan 1 mln. 925 ming 162 soʻm, $$Fargʻona don mahsulotlari kombinati$$dan 961242 soʻm, $$Andijon elektr-apparatlari zavodi$$dan 1 mln. 389 ming 420 soʻm, qoʻshni $$Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyat$$dagi 15 dan ortiq korxona va tashkilotlardan $$Fargʻona temir yoʻllar boʻlimi$$ga 50 min, soʻm undirildi.
-raqamlardan koʻrinib turibdiki, transport prokuraturasi jamoat va davlat mulkini talon -taroj qilinishiga qarshi ancha -muncha ter toʻkyapt ekan. BU borada temir yoʻl milisiyasining koʻmagi qanday? Hali gapning boshlanishida ularning faoliyatiga biroz e’tiroz ham bildirdingiz…
-Yutuqlar oʻzimizniki. Transport milisiyasida fidoyi, oʻz ishini puxta bajaradigan, halol, sof vijdonli xodimlar juda koʻp. Biroq shu bilan birga mas’uliyatdan qochadigan, beparvolikka yoʻl qoʻyib, zimmasidagi vazifani sidqidildan bajarmayotganlari ham bor. Ochki ishlarning tergov va surishtiruv qonunlari buzilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun 12 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy tartibda ish qoʻzgʻatdi. 19 ta taqdimnoma kiritdi. 8 ta asossiz qabul qilingan qaror bekor qilindi, 45 ta yozma koʻrsatma berildi va 9 ta jinoiy ish qoʻzgʻatildi, aybdorlarga nisbatan prokurorlik ta’sir chorasi koʻrildi. Prokuraturaning tergov organlari esa oʻn oyda 22 ta jinoiy ishni tugallab, 21 tasini ayblash fikri bilan sudlarga yubordi. Ularning koʻp qismi sudda koʻrilib, ayblov hukmi chiqarildi. Qolgani koʻrilishi arafasida.
Xullas,olib borilayotgan jiddiy ishlar bois jinoyatchilik 25 foizga kamaytirildi. 1993 yilninoʻn oyida 509 ta jinoyat qayd etilgan boʻlsa, bu 1992 yilning shu davriga nisbatan 139 taga kamdir. Shu jumladan, ogʻir jinoyatlar sodir qilish 59 taga kamaydi.
-<<Uyushgan jinoyatchilik>> degan iborani qoʻlladingiz. Shuni misollar bilan kengroq sharhlab bersangiz?
-Marhamat, 1993 yilning oʻtgan oʻn oyi ichida davlat va jamoat muikini temir yoʻlda tashish paytida 119 ta oʻgʻirlik jinoyati sodir etilgan boʻlsa, shundan 55 tasi ochilmay qolganligini aytgandim. Tekshirishlar shuni koʻrsatiyaptiki ochilgan 64 ta jinoiy ishning 26 tasida temir yoʻl xodimlari bevosita ishtirok etganlar.
Masalan, 1993 yil 18 avgustda Ariqboshi bekatida bekat boshligʻI [Gʻayrat Joʻraboev] boshchiligidagi guruh bekatda turgan vagon sisternadan 15 tonna yonilgʻini oʻgʻirlagan. Bu ishda ishtirok qilganlar hibsga olinib, tergov ishlari ketyapti. [Oxunboboev] bekatida 13 marta ham shunday hodisa roʻy bergan Vagon tuzatuvchi [Abdugʻaffor Qosimov], bekat ishchilari [Ravshan Soliev], [Raim Umarov] va boshqalar vagon sisternadan 1060 litr benzinni oʻgʻirlashgan. Ular jinoiy javobgarlikka tortilib, har biri 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Xuddi shu kabi bu yilning 10 mayida vagondan 10 ning soʻmlik ip oʻgʻirlaganliklari uchun voyaga etmagan [Akram Saidxoʻjaev] va [Ulugʻbek Madaminov]lar 3 yil muddatga shartli hukm qilindilar.
Hozirda esa prokuratura 7 nafar shaxs 13 min. soʻmlik yonilgʻini oʻgʻirlagani yuzasidan boshlangan tergov ishlari nihoyasiga etib, ish sudga oshirilish arafasida turibdi. Bunday misollarni juda koʻplab keltirish mumkin.
-Transportlarda texnika xavfsizligiga ham juda katta e’tibor beriladi. Bu borada ishlar qanday tashkil etilgan?
-Afsuski, aynan texnika xavfsizligi qoidalariga jiddiy e’tibor berilmasligi oqibatida gohida falokatlar ham roʻy berib turadi. Bundan koʻz yumib boʻlmaydi. Oʻtgan yilning 29 iyulida vagon tuzatubchi Moʻmin Rahimov. 10 ta yukli vagonnini xavfsizligini ta’minlamasdan, Fargʻona don mahsulotlari kombinati temir yoʻl shoxobchasida vagonni uzib, uning gʻildiraklariga kerakligidan oz <<bashmak >>qoʻygan. Oqibatda vagonlar boshqaruvsiz qolib, yurib ketgan va toʻsiqqa urilishi natijasida 483161 soʻm moddiy zarar keltirdi. Sudlanuvchi [M. Rahimov] sud hukmi bilan 2 yilga majburiy mehnatga jalb etildi va Zarar undan undirib olinadigan boʻldi.
1993 yilning 9 avgustida $$Oxunboboev temir yoʻl bekati$$da machinist [F. Ranmatullaev] amaldagi texnika xafvsizligi qoidalariga qat’iy amal qilmay, harakatdagi sostavni diqqat bilan kuzatmasligi oqibatida soatiga 3 km tezlik oʻrniga tezlikni oshirib, harakatdagi sostavni oʻz vaqtida toxtata olmay, vagonlarni toʻqnashtirib yubordi. Natijada 6 ta temir yoʻl vagoni izdan chiqib, shikastlandi. 80 metr masofadagi temir yoʻl izlari yaroqsiz holatga keldi. Bu ehtiyotsizlik oqibatida salkam bir million soʻm Zarar etkazildi. Transport prokuraturasi bu ish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻa, tergov harakatlarini olib bordi hamda mazkur ish $$[Oxunboboev] tumani xalq sudi$$ga oshirildi.
Ha, darhaqiqat, temir yoʻlda ishchi va xizmatchilarning, boshliqlarning aybi bilan texnika xavfsizligi qoidalarini buzish tez -tez uchrab turibdi. Bular yuqorida ta’kidlanganidek, yana beparvolik va mas’uliyatsizlik oqibatidir.
$$Oʻzbekiston davlati$$miz mustaqil boʻlgandan soʻng temir yoʻlva havo yoʻllar transporti prokuraturasining faoliyatida yana bir yangi yoʻnalish -bojxona ishini nazorat qilish ham joriy etildi. Har kuni yuz minglab fuqarolarning koʻplab yuklari mamlakatimizdan tashqariga chiqmoqda va kirib kelmoqda. Bularning qonuniyligi qay darajada ekanligini aniqlash esa albatta transport prokuraturasi zimmasidadir. Darhaqiqat, transport prokuraturasi va uning prokurori [N. X. Mirzaev]ning beorom kunlari shunday kechmoqda. Kun -bakun jinoyatchilikning ildiziga bolta urib borilmoqda, tashmachilk, oʻgʻirliklarning payi qirqilmoqda. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va boshqa muhim uoʻnalishlar -qonun aktlarining bajarilishi jiddiy nazorat qilib borilayotir.
Total words
1,168
Unique words
761
Annotated anthroponyms
16
Toponyms
18
TTR
0.652
Hapax
589
Distribution
Top frequency chart
Dataset