[Oʻlmas Mahamatmurodov]. 1941 yil tugʻilgan. $$Urgut tumani$$ hokimi. 5 nafar oʻgʻli bor. Sevgan mashgʻuloti ish. Orzusi -istiqlolni mustahkamlash.
- [Oʻlmas] aka, Mustaqilligimiz ikki yilligini nishonladik. Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni bir -birimizni iftixor bilan qutladik. Sizda ana shu voqealar qanday taassurot qoldirdi!
- Boshim osmonga yetdi. Oʻzbekligimdan kerildim. Mustaqillik – buyuk ne’mat. Uning ta’mini totgan boshini egmaydi. Ikki yil Ichida qaddimizni rostladik. Oʻz yoʻlimizni belgiladik. Ozod yurtning ozod, inson erki qadrlangan Qomusiga ega boʻldik. Qomus tartibida bir yil yashadik deganlarga ishonmang, yaxshi yashadik. Ertaga bundan ham yazshiroq kun kechiramiz…
- -Azaldan urgutliklar or-nomusi balandligi, mehnatsevarligi va tadbirkorligi bilan oʻziga xos mavqega ega…
- Sizni Urgutning tarixini yaxshi biladi deyishadi…
Men tarixchi emasman. Otamning bolaligimdan hikoyalariga qaraganda, keyin hamma beklar sulh soʻrab shaharga borgan emishlar. Urgut begi esa sulhdan bosh tortibdi. Oqibat zambaraklar bilan qurollangan bosqinchilar Urgutga yurish qilib, toʻp otib, qal’ani vayron etib, urgutliklarni qatlu qatagʻon qilishgan ekan. Boʻysunmagan aholini shahargacha boʻlgan har bir terakka osib chiqqan emishlar.
Otamning aytganlari naqadar haqiqatga yaqin. Yo yaqin emasligini bilmadim. Ammo shuni aniq bilamanki, urgutliklar bosqinchiga boʻysunishni uyat bilganlar.
- Prezidentimiz farmonlari asosida tumanimizda koʻp kichik korxonalar, firmalar, dehqon xoʻjaliklari tashkil qilindi. Ularni soni 200 taga yaqinlashib qildi. Shulardan 64 tasi qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish – montaj ishlarini olib boorish bilan shugʻullanmoqda. Koʻrgandirsiz, istiqlolga atab ramziy $$Urgut darvozasi$$ni qurib qoʻyibmiz. Oʻtmishda gʻanimlarimiz toʻp bilan kirgan joyda u. Biz bu bilan Urgutning shavkatli, Hur yurtdagi hozirgi manzarasini ta’kidlamoqchi boʻlganmiz. Kechagi kun oʻtdi. Endi shahrimizni ertaklar shahriga aylantirmoqdamiz. Urgut shuhratli tadbirkorlar, dovruqli dehqonlarning orzulari kabi gʻoʻzal va koʻrkam boʻladi.
- Tadbirkorlar dedingiz. 200 ta kichik korxona, firma -katta raqam. Demak bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri Urgutda tugadi, desak boʻladimi!
- Yoʻq. Siz jurnalistlar hamma narsaga shoshaverasizlar. Prezidentimiz bozor iqtisodiyotiga oʻtishda $$Oʻzbekiston$$ing xos yoʻli bor, deganlar. Bu yil -<<shok>>, <<500 kun>> degan bizning turmush tarzimizga toʻgʻri kelmaydigan, xalqni ezish hisobiga yurgʻiziladigan islihotlarsiz amalga oshiriladi. Bosqichma -bosqich, xalqni qiynamay bozor iqtisodiyotiga oʻtiladi.
Haqiqiy, ma’nodagi tadbirkorlarimiz murakkab tarixiy jarayonlarda pishib etilgan. Vatan tuygʻusi baland koʻtargan odamlarimiz 1917 -1940 yillar mobaynida qatagʻonga uchrab ketishgan. Undan keying avlod esa kishanlarning zahridan endi-endi tozalaniyapti. Tadbirkorlik endilikda toʻla ma’noda oʻzini koʻrsatiyapti. Hozircha maishiy muassasalarni, doʻkonlarni xususiylashtirib beryapmiz. Ishlab choqarish sohalarini ma’lum qismini ularga ishoniyapmiz.
Tashabbuskorlikka yoʻl ochiq, sex, zavod qurasanmi, marhamat. Hokimiyat yordamga tayor!Faqat sening qurayotganing Urgutning iqtisodiy rivojiga, Respublika manfaatlariga mos tushsa boʻldi. Masalan, <<Risol degan kichik korxonamiz bor. U uch yil Ichida 5563 xonadonni tabiiy gaz bilan ta’minladi. 150 kilometrli gaz quvurini ishga tushurdi. 6 ta maktabga, 4 ta maktabgacha tarbiya muaasasasi, 6 ta shifoxonaga tabiiy gaz oʻtkazib, isitish tarmoqlarini sozlab berdi. Biz xalqqa foydasi tegadigan shunday korxonalar koʻpaysin, deymiz.
-Bilasizmi, Urgut -hunarmandlar vatani. Bu erda pichoqchilik, kulolchilik, imoratsozlik- san’at darajasiga koʻtarilgan. Bir vaqtlar, mutelik zamonida yigitlik gʻururi -pichoq olib yurish -oʻzbeklarning <<xuligan >>ligi hisoblangan. Kulgili gap- a!
-Aslida bizda qut -baraka timsili sanaladi. Ana shu pichoqchilarimizni, kulolchilik namunalari tayorlashni koʻpaytirishga intilyapmiz. Chet ellarga eksport qilish niyatimiz ham yoʻq emas. Mazali non va mazali yogʻsiz roʻzgʻorning dasturxoni toʻkin emas, qozoni ta’mli emas, deydi urgutlik. Shu bois oʻzbekning oʻtmishda maqtanib yuradigani -juvozlar, tosh tegirmonlarni qayta tikladik. Bundan tashqari, uch yil Ichida tamakini qayta ishlaydigan sexlar, sutni qayta ishlaydigan korxonalar, non zavodi, marmar ohak sexi, kichik konserva sexlari, chet el firmalari bilan ikkita qoʻshma korxonani ishga tushirib yubordik. Inshoolo, harakatlarimiz zoe ketayotgani yoʻq.
-Kechirasiz, fermer xoʻjaliklar, erni boʻlish masalasi-chi!
-Yerni boʻlish deysizmi? Shu borada koʻp soʻrashadi. Prezidentimiz $$Oʻzbekiston$$da erni boʻlish mushkul ish ekanligini aytganlarini eshitgandirsiz. U kishi yuz karra haq. $$Urgut$$da qariyb 300 ming aholi istaqomat qiladi. Yer kam. Ekin maydonlari hammani boqadi. Ha er, boqadi. Erni boʻlib tashlasak, qolganlar nima qiladi? Erdor yoki mulkdor ertaga erga ekin ekish oʻrniga uni faqat egallab tursa -chi… Sharq Gʻarb emas. Sharqda adolat, ayniqsa, erga nisbatan adolat qattiq e’zozlangan.
Adolatni buzish -bu ehg katta gunoh. Ishlayman, ter toʻkaman, degan dehqonga erni beryapmiz. Yigirma bir dehqon xoʻjaligi ixtiyoriga 282 gektar er birkitib qoʻyilgach. Mistaqillik munosabati bilan shaharda sabzavot yarmarkasi bir oy faoliyat korsatdi. Har kuni 150 tonnadan ortiq sabzavot mahsulotlari bozorga nisbatan arzon narxlarda shaharliklarga sotildi. Bunda davlat xoʻjaliklari bilan bir qatorda fermalarning ham munosib hissasi bor. Umuman, biz hozir jamoa xoʻjaliklari, fermalar faoliyatiga erkinlik berganmiz. Shu tufaylimi, dehqonlarimiz dasturxonimizni qishga ma’mur qilib qoʻyishgan.
-Boya $$Urgut$$ni ertak shaharga aylantirmoqdamiz, deb aytdingiz. Qurilishlar miqyosini koʻrdim, hayratlanarli. Bunga qanday erishilyapti!
-Oʻzim ham ba’zan shunday ishni qanday epladik, deb taajjubga tushaman. Bu haqda biroz toʻxtalib oʻtdim ham chogʻi. Dehqonlar, ziyolilar, tadbirkorlar, xillas, har bir mehnatkashning mehru himmati, gʻayrati, sahovatidan boʻldibu ishlar. Dehqon bozori, savdo rastimiz xalq Ichida <<jahon bozori>>deb nom olgan. Tijorat bozori, chiroyli favvoralar, har bir ustunida rango -rang naqshlar jilolangan choyxonalar -hamma -hammasi hashar yoʻli bilan barpo etilgan. $$[Navoiy] nomli jamoa xoʻjaligi$$ sar haqida ulugʻ bobomiz [Alisher Navoiy] tavalludining 550 yilligiga atab qurilgan 75 gektarli <<Navoiy bogʻimiz >>ham hayratga milik. 8, 5 metr balandlikdagi Haykal tepalikka oʻrnatilgan. ATrofi aylana zinalar bilan pastga tushib ketadi. Pastdan [Navoiy hazratlari] haykali poyiga borguningizcha, ayniqsa, bahor paytlari sizni gular kutib olaveradi. Bu hali -hammasi emas. $$Urgut$$dan $$Samarqand$$gacha oraliqda trolleybus qatnovini yoʻlga qoʻymoqchimiz. Uning loyihasi nihoyasiga etay, deb qoldi. Zamonaviy mehmonxona, tuman aholisi sogʻligʻini mustahkamlashga xizmat qiladigan <<Tashxiz>> markazi qurilishini bitkazishi moʻljallab qoʻyganmiz.
Oʻtgan yilning boshida viloyat tumanlari Ichida birinchilardan boʻlib Urgut televideniesi oʻz koʻrsatuvlarini efirga uzatdi. Televideniemiz uchun mahobatli teleminora qurilishini jadal sur’atlar bilan davom ettirmoqdamiz. Uning birinchi qavatida $$<<Urgut muzeyi >>$$joy oladi. Bu ham moʻljallangan ishlarning hammasi emas. Qurilishlar koʻp bizda. Ishlarimizni tezlatish maqsadida har yili 24 million dona gʻisht zavodini bunyod qilib boʻldik. Ayni kunlarda yiliga 32 million dona gʻisht beradigan zavod qurilishini jadallashtiryapmiz.
- Qurilishi bor erda farovonlikka imkon ochiladi. Ammo hamisha ishlar koʻngildagidekmi! Sizga hech kim halaqit bermaydimi!
-Sizni tushundim. $$Urgut$$liklarni koʻproq maqtab qoʻydim, shekilli. Men eldoshlarimga ta’zim qilaman. Qiyinchilik yoʻq, desam yolgʻon boʻladi, bor. Lekin ularni engish yoʻllari koʻp. Biz ushbu yoʻllarni toppish harakatidamiz. Bir gʻalati qiyinchilik bor. Aytsam ishonmasligingiz mumkin. Huquqiy davlat quryapmiz, Qomusimizga egamiz, Respublika Oliy Kengashi iqtisodiyotimiz rivoji uchun zarur boʻlgan qonunlarning deyarli barchasini ishalb chiqdi, tasdiqladi. Jahoning nufuzli banklari, ishbilarmonlari sarmoya qoʻyish, bank tizimlari, kichik va boshqa bozor iqtisodi shart-sharoitlarini tartibga soluvchi qonunlarimizni yuqori baholashmoqda.
Lekin ayrim ishbilarmonlarimiz, rahbarlik oʻrta boʻgʻini kadrlarida ushbu qonunlarni muffasal bilish va tushunish qoboliyati sal etishmayroq turibdi. Ba’zan kun boʻyi fermerlarni, tadbirkorlarni qabul qilishimga toʻgʻri keladi. Ssuda masalasi, kredit soliq yoki boshqa masalalarni hal etib bering, deb tiqilinch qilishadi. Mana shu bilmaslik, oʻz huquqlaridan foydalana olmaslik, aksariyat xoʻjaliklarning rahbarlari, ishbilarmon va fermerlarning faoliyati kengayishiga toʻsqinlik qilyapti.
Xoʻsh, Qanday qilib huququy chalasavodlikdan qutulish mumkin? Oʻylab -oʻylab, Urgutda <<Biznes va qonun >> maktabini ochishga qaror qildik. Maktab ochsagu, unda barcha raislarni, oʻrta boʻgʻin rahbarlarini , fermer va tadbirkorlarni oʻqitsak. Bu -juda muhim masala. Qiyinchiliklardan gap ketsa, yana biri Rusiya bilan oldi -berdimiz toʻxtab qolganini aytish kerak. Rusiyadan uzoqlashmoqchi emasligimizni bilasiz. Prezidentimizning eng soʻnggi daqiqagacha qilgan say-harakati, insoniy jasoratini eslang. Rusiya ayrim siyosatchilar qutqusiga uchib bizni <<rubl>> doirasidan siqib chiqardi. Biz oʻz pul birligimizga oʻtishga majbur boʻldik. Shukurlarkim, pul birligimiz bir oy Ichida oʻz kuchi, quvvatini topa oldi. Xudo xohlasa, asta -sekin soʻmimiz jahon miqyosida qadrli pul birligiga aylanadi. Bunga shak -shubha yoʻq. Lekin, milliy pul birligiga oʻtish inqilob bilan baravardir. Shu bois hokimlar ushbu mas’uliyatli pallalarda hukumat bilan yonma -yon turib iqtisodiyotimizni koʻtarishga jonfidoyilik qilishlari zarur.
-Darvoqe, maktab xususida. Maktabsiz kelajakni tasavvur etmoq mushkul.
-Maktab mening joni-dilim. Oʻquvchi bolalar bilan suhbatlashishni yaxshi koʻraman. Xudoga Shukur, ularning fikrlash doirasi keng. Oʻtgan yillar mobaynida 22000 oʻringa ega 44 ta yangi maktab binosi va qoʻshimcha sinfxonalar, 965 oʻringa ega 9 ta maktabgacha tarbiya muassasasini qurib, taqdim etdik. Hozirgi zamon -bozor iqtisodiyotini zamoni. Qolaversa, ingliz tilisiz bozor ilmini tushunish qiyin. Biz ingliz tilida darslar oʻtiladigan respublikada yagona tijorat liseyini ochdik. Hozir maktablarni kompyuterlar bilan ta’minlash masalasi ustida bosh qotirmoqdamiz. Xudo xohlasa, ikki -uch yil ichida niyatlarimizni amalga oshiramiz. Bolalarimizdan umidimiz katta.
-Soʻ raganning aybi yoʻq. ishxonangizda Prezidentning kitoblari, qomusimiz, yonida Qur’on, tasbeh…
-Prezidentimizning hamma suratlari Ichida shu suratlarni yaxshi koʻraman. Goʻyo qizchaga: <<Qizim, baxt seniki, baxtli boʻl>> deb turganday. Unchalik koʻngli boʻsh odam emasmanu, lekin shu suratga ba’zan tikilib, ichki bir baxtiyorlikdan koʻzimga yosh qalqadi.
-Tasbeh bilan Quroʻn -chi!
-Bizni toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin. Yomon yoʻlga boshlamasin, yana hech qaysimizga koʻz tegmasin.
-Suhbatingiz uchun rahmat.
Soʻngsiz: Urgut tumanidagi qurilishlar majmui [Hazrat Navoiy] nomidagi Respublika davlat mukofotiga tavsiya etilganidan xabarimiz bore di. Ammo bu suhbatda mukofot xususuda toʻxtalishni odob doirasida deb bilmadim. Chunki, ushbu moʻtabarli mukofotga munosib da’vogarlar borki, tanlab olish ixtiyori maxsus qoʻmita a’zolari e’tiboriga havola.
Total words
1,361
Unique words
1023
Annotated anthroponyms
6
Toponyms
11
TTR
0.752
Hapax
849
Distribution
Top frequency chart
Dataset