Main text Oldimizda yangi -1994 yil turibdi. Koʻnglimizda bir oz ravshanlik, bir oz hayajon, bir oz xavotir bor. Yangi yilimiz qanday kelarkin, bizga nimalar hadya qilarkin? Ammo, uning -yangi yilimizning qanday boʻlishi oʻzimizga ham bogʻliqligini bilamiz.
Yangi yil ostonasida turar ekanmiz, bu ostonani xatlashdan oldin ortimizga qayrilib, oʻtgan yilimizga, bosib oʻtgan yoʻlimizga nazar tashlash imkoni bor.
Xoʻsh, 1993 yilni qanday kechirdik? U bizga nimalar berdiyu biz uni nimalar bilan boyitdik?
1993 yil, eng avvalo, mustaqilligimizning ikkinchi yili sifatida tarixga kirdi. Mustaqillikning ikki yili ishidayoq respublikamiz, xalqimiz hayotida yuz bergan olamshumul voqelarning katta qismi oʻtgan yil zimmasiga tushgani barchamizga ma’lum.
1992 yildagi eng muhim voqea Birlashgan Millatlar Tashkiloti peshtoqida respublikamiz bayrogʻi xilpiray boshlagani boʻlsa, 1993 yildagi eng muhim voqea -Prezidentimizning ana shu nufuzli tashkilot minbaridan turib nutq soʻzlaganidir. Bu ikki voqea bir -biri bilan bevosita bogʻliq boʻlib, respublikamizning jahon maydonidagi oʻrni belgilanishida mislsiz ahamiyat kasb etadi.
1993 yil -mustaqilligimizning tantanali bayrami, shu bayram munosabati bilan Buyuk sohibqiron [Amir Temur] bobomizning yurtiga qaytib kelishi, qadriyatlarimizni tiklash yoʻlidagi barcha ishlar izchillik bilan davom ettirilgani, xususan, [Muhammad Taragʻay], [Ulugʻbek], [Zahiriddin Muhammad Bobur] singari faxrimiz boʻlgan bobokalonlarimizning ulkan haykallari qad koʻtargani, [Nodirabegim]dek nodir san’atkorimizning toʻyi oʻtgani, Toshkentda <<Turkiston >>dek muhtasham saroyning qad koʻtargani … singari, sanab adogʻiga etish qiyin ulkan, quvonchli voqealar yili sifatida ham tariximizni bezaydi.
1993 yildagi unitilmas voqealardan yana biri – Bosh Qonunimiz – respublikamiz Konstitutsiyasining bir yilligidir. Jahondagi eng demokratik , eng insonparvar aqidalari mujassam etgan, ayni paytda boshqa biron davlatnikiga oʻxshamaydigan Konstitutsiyamiz bayrami respublikamiz demokratiyaning ham, taraqqiyotning ham toʻgʻri yoʻldan borayotganini namoyish qildi.
1993 yilda mustaqil Oʻzbekiston tarixiga tagʻin bir sahifa bitildi, ya’ni -mustaqillikning eng muhim omillaridan biri boʻlgan milliy pulimiz muomalaga chiqarildi.
Nihoyat, qoʻlimizni koʻksimizga qoʻyib, xudoga shukrlar bilan qayd etishimiz lozim boʻlgan narsa -yurtimizda tinchlik, osoyishtalikning barqarorligidir.
Yangi -1994 yilga qadam qoʻyar ekanmiz, unga eski yilimizdan nimalarni olib oʻtishni ham oʻylashimiz kerak. Menimcha, olib oʻtishimiz lozim narsalardan eng muhimi – mana shu tinchlik, osoyishtalik boʻlishi kerak. Chunki, barcha yutuqlarimiz shu omil bilan bogʻliqligi hammaga ma’lum.
YUNESKO 1994 yilni OILA yili deb e’lon qilgan.<<Vatan -ostonadan boshlanadi>>degan aqidani krngroq tahlil qiladigan boʻlsak, har birimizning shaxsiy xonadonimizdan tashqari, Oʻzbekiston degan aziz yurt barchamizning ulkan xonadonomiz ekaniga imon keltiramiz.
Xalqimizda <<Bir kun janjal boʻlgan uydan qirq kun baraka koʻtariladi>> degan gap bor. Barchamizning xonadonimizda, ulkan xonadonimiz -jonajon Oʻzbekistonimizda tinchlik , osoyishtalik barqaror boʻlsin -1994 tilga bogʻlagan asosiy umidimiz ana shu. Xonadonimiz -yurtimizda xotirjamlik boʻlib turar ekan, inshoolloh, koʻnglimizdagi niyatlar amalga oshaveradi.
1994 yilda amalga oshirishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlash yoʻlida qilishimiz lizim boʻlgan ishlar koʻp, albatta. Ulardan eng muhimi -asl pulimizning kirib kelishi boʻladi. Xalq xoʻjaligi, iqtisodiy taraqqiyotda muhim burilish yasaydigan bu voqea turmushimizni yaxshilash yoʻlida qilinayotgan ishlarga ham ijobiy ta’sir koʻrsatishiga umid bor. Buning uchun ham barchamiz tinchlik va osoyishtalik, totuvlik vaziyatini asrab -avaylamogʻimiz lozim.
…Yangi -1994 yil ostonasida mana shu fikrlar xayoldan kichadi. Tinchlik, osoyishtalik, xotirjamlik -barcha omillarning omili ekanini respublikamiz misolida ham, boshqa mamlakatlar misolida ham koʻrdik. YUNESKO 1994 yilni butun dunyoda OILA yili deb e’lon qilgani ham buni isbotlab turibdi. Chunki, insoniyatning barcha ezgu niyati amalga oshish -oshmasligi mana shu omilga bogʻliq.
Shunday ekan, yangi yilda barchamizning xonadonimizga, katta xonadonimiz -Oʻzbekistonimizga tinchlik, omonlik, xotirjamlik tilaylik.
Ana shunda oilaparvar oʻzbekning xonadoni yanada but, yanada mustahkam boʻlaveradi.
Ana shunda <<tillarida duo keksalar>>imiz bizni duo qilib yuraveradi.
Ana shunda ayollarimiz Shirin -shirin farzandlar ato etaveradi.
Ana shunda bagʻrimizdagi, bagʻrimizdan yiroqda boʻlgan farzandlarimiz sogʻ-omon kamolga etaveradi.
Ana shunda yurtimizning porloq kelajagi sari yana biro dim otgan boʻlamiz.
Shu niyatlarimiz roʻyobga chiqsin!
Total words
561
Unique words
387
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
0
TTR
0.690
Hapax
309
Distribution
Top frequency chart
Dataset