🔍

Article

Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Xalqiga Yangi yil Tabrigi

By Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov. • in 1994

Aziz Vatandoshlar! va mehribon onaxonu -otaxonlar, opa -singillar, aka -ukalar! Hurmatli doʻstlar!
1993 yil bilan xayrlashib, 1994 yilga qadam qoʻymoqdamiz. Bizga koʻplab tashvishu sinovlar bilan birga quvonchu shodliklar keltirgan yilimiz hademay tarix boʻlib qoladi. Eski yilni kuzatar ekanmiz, oramizda boʻlgan tushunmovchilik, xafagaechilik, gina -kudrat nizolarni kechirib, unitib, sof niyat bilan oilamiz, farzandlarimiz, doʻstu birodarlar davrasida el -yurt istiqboliga, ertangi kunga atab umidli rejalar tuzamiz.
Bizning yana bir yilini sarhisob qilsak -esda yorqin iz qoldirgan koʻplab voqealarning guvohi boʻldik, sinovlardan qatli toʻfonlarni engdik. Yurtimning, yosh mustaqil davlatimizning, obroʻyini, hurmatini, salohiyatini yuksaltiradigan, bugun har qansha gʻururlansak arziydigan olijanob ishlarimiz tufayli bir -birimizni tanidik, tajriba ortirdik, mustahkam boʻldik, ertangi kunimizga poydevor qoʻydik.
Qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni tiklashga, ulugʻ bobokalonlarimizning pok ruhlari ozod tuprogʻimiz uzra magʻrur parvoz etishiga, ularning siymolari hayotimizda qaytadan munosib oʻrin topishiga zamin yaratdik.
Hayotimizni yangilashda, zamon talabiga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga oʻtishda, xalqimiz uchun munosib farovon kelajak, adolatli jamiyat andozalarini yaratishda sezilarli qadamlar qoʻydik.
Xalqimizning aql -zakovati, mashaqqatli mehnati bilan amalga oshirilgan xayrli ishlarimiz, erishgan natijalarimizning poydevori -yurtimizdagi tinchlik va beqarorlik, Oʻzbekistonda yashayotgan millatlarning oʻzaro ahilligi, fuqarolar totuvligidir.
Bu bizning bebaho boyligimiz, koʻz qorachigʻiday asraydigan durdonamizdir.
Azia yurtdoshlar!
Ezgu maqsadu murodlarimizga erishish yoʻlida hali koʻp sinovlar bor Ularni sabot bilan engib oʻtishimizga shak -shubha yoʻq. Negaki biz -ahil va totuv xalqmiz. Negaki, bizning niyatlarimiz ona sutidek oq va hololdir. Qiyinchiliklarni engib oʻtishda hayot bizdan gʻayratni, shijoatli mehnatni, sabru qanoat va fidoyilikni talab etadi. Xalqimizga, vatanimizga muhabbatimiz va sadoqatimiz ana shu fazilatlar bilan oʻlchanadi!
Qadrli doʻstlar!
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman. Shu yurt iqboli uchun jonini tikkan har bir insonni bagʻrimga bosib, tinchlik -omonlik, oilaviy baxt -saodat tilayman. Ruhingiz ozod, roʻzgʻoringiz obod boʻlsin, nasibangiz but boʻlsin, xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Yaxshi niyatlar yoʻldoshingiz boʻlsin, aziz vatandoshlarim!

Total words

286

Unique words

250

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.874

Hapax

226

Distribution

Top frequency chart

Dataset