$$Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi$$ qaror qiladi:
1. “Prokuratura toʻgʻrisida”gi $$Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni$$ e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Ushbu Qonunning prokuratura va sud idoralarining oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlari prokuratura idoralari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga dahl qilmaydi.
3. Uqtirib oʻtilsin:
$$Oliy Majlis$$ning $$“Oʻzbekiston Respublikasi$$ning “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan vakolatlarini tegishli tarzda saylanmaguncha $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning $$Oliy Kengashi$$ amalga oshiradi:
Ushbu Qonun 6-moddasining uchinchi qismi, 10-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida , 24-moddasining ikkinchi qismida, 30-moddasida, 32-moddasining ikkinchi qismida, 35, 36-moddalarida 45-moddasida ( toʻrtinchi xatboshisidan tashqari), 46-47moddalarida 47-moddalarida, 48-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlari, 50-moddasining birinchi, ikkinchi qismlardai, 51-moddasining birinchi qismida “prokuror" atamasi ishlatilganda; $$Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori$$ oʻzining huquq vakolatlari doirasida faoliyat koʻrsatuvchi quyi pogʻonadagi barcha prokurorlar ularning oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlari,prokurorning katta yordamchilari boshqarma va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari tushuniladi..
Qonun kuchga kiritilgunga qadarida $$Oʻzbekiston SSR Bosh prokurori$$, uning oʻrinbosarlari, $$Oʻzbekiston SSR Bosh prokurori$$ning prokuror-tekshiruv xodimlari uchun belgilangan maxsus unvonlari tasdiqlangan tartibda saqlanib qolinadi.
4.Qonunda belgilangan tartibda lavozimga tayinlangunga qadar $$Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori$$, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari tegishli $$Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori$$ning birinchi oʻrinbosarlari va $$Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori$$ning oʻrinbosarlari deb hisoblansin.
5. Prokuratura idoralari prokuror-tergov hodimlarining qasamyodi matni quyidagi tahrirda tasdiqlansin.
“Men, $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning fuqarosi, prokuratura xodimlari safiga kirar ekanman:
$$Oʻzbekiston xalqi$$ga sodiq boʻlishga;
$$Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ va qonunlariga qat’iy rioya etishga;
qonun kim tomonidan buzilishidan qat’i nazar, qonunning har qanday tarzda buzilishlariga qarshi murosasiz kurashishim, prokuror hokimiyati sha’nini mustahkam saqlashim, oshkoralik, huquq-tartibotni mustahkamlashga;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishim, ularning taklif talab, ariza va shikoyatlariga jiddiy e’tibor bilan holis va adolatli ravishda koʻrib chiqishga;
davlat va xizmat sirini, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oshkor qilmaslikka;
mahalliychilik va mahkamachilik tasirini keskin yengishga
kasb mahoratimni mutassil oshirib borishga, prokuratura shanini ulugʻlashga, vijdonan pok boʻlishga, prokuraturaning eng yaxshi an’analarini asrab avaylashga va yanada boyitishga
qonunchilikni, xizmat intizomini har qanday tarzda buzishim, noloyiq hulq-atvorim prokuratura obroyiga putur yetkazishi, $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ manfaatlariga zarar keltirishi mumkinligini unutmaslikka qasamyod qilaman.
Ushbu qasamyodni buzgan taqdirimda prokuratura hodimi degan yuksak nomga oʻzimni noloyiq deb bilaman.
( Familiyasi,ismi,otasini ismi)
Imzo ___ Sana ___Manzil __
$$Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi$$ning Raisi