🔍

Article

Andijon: Jinoyatchilik jumboqlarini yechishga dadil kirishdi.

By Rustam Rahmonov. • in 1993

($$"Oʻzbekiston ovozi"$$ning muxbirlaridan telefon orqali olindi). Sirtidan qaraganda $$Andijon viloyati$$da ishlar yaxshi ketayotgandek, xalq xoʻjaligining koʻpgina sohasida oʻsish boradiy tuyuladi. Lekin, oʻtgan yili viloyatda sodir etilgan jinoyatlar 1991 yildagiga nisbatan bir muncha oʻsganligi kuzatilmoqda.
Yuqori idoralarga $$Andijon viloyati$$dan ariza, shikoyatlar kelib turgani ham bejiz emas. Viloyatdagi jinoyatchi guruhlar ochiq, oshkora ish yuritayotganliklari, huquq-tartibot organlari ularga qarshi kurashda sustkashlik qilayotganliklari yaqqol sezilib qoldi.
— $$Andijon viloyati$$da jinoyatchilikka qarshi kurashda jamoatchilikni haqqi-halol ravishda tashkillantirmoqda. Shu maqsadda bilan respublikaning tajribali mutasaddilari vakillaridan iborat guruh bu yerga etib keldi, — deydi respublika bosh prokurori [B. Mustafoev] biz bilan suhbatda.

$$Andijonda huquq-tartibot organlari$$ faollari bilan uchrashuv boʻldi. Yigʻilish viloyat hokimi [K. Xolmirzayev] ochdi. Soʻng viloyat prokurori $$[U. Inoyatjonov], viloyat milliy xavfsizlik xizmati$$ning raisi [A. Raximberdiyev], viloyat sudining raisi [S. O. Xaydarova] va boshqalar amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdilar.
Shu oʻrinda jinoyatchilikka qarshi kurash bilan bogʻliq boʻlgan qator savollarga viloyat hokimiyati va uning huquqiy himoya qiluvchi organlaridan javoblar talab qilindi.
Huquq-tartibot organlari faollari bilan boʻlgan suhbatni $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ Prezidentining davlat maslahatchisi [M. B. Umurzoqov] olib bordi.

Total words

169

Unique words

141

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

7

TTR

0.834

Hapax

123

Distribution

Top frequency chart

Dataset