🔍

Article

TALABANING SHARTNOMA - TO‘LOV PULI uning qancha miqdori oliy o‘quv yurtiga, qanchasi esa stipendiya sifatida o‘ziga qaytarilayotgani haqida

By Temur A’ZAM, Mirzo Ulug‘bek nomidagi … • in 2009

Metroda universitetga ketayotgan edim. Yonimda o‘tirgan ikki ayolning suhbati beixtiyor e’tiborimni tortdi. Ular oliy o‘quv yurtlarida shartnoma to‘lov puli oshib ketgani haqida gapirishardi. Haqiqatan ham, 2008-2009 o‘quv yilida shartnoma - to‘lov puli birmuncha oshdi. Biroq, talabalarga to‘lanadigan stipendiya miqdori ham shunga yarasha ko‘tarilganiga ayrimlar e’tibor bermayotgan yoki bu haqda eshitmagan bo‘lishi mumkin.

O‘zim tahsil olayotgan $$[Mirzo Ulug‘bek] nomidagi Milliy universitet$4ning jurnalistika fakultetida 2007-2008 o‘quv yilida shartnoma - to‘lov puli 638 000 so‘m edi. Buni eshitgan odam, beixtiyor, «nahotki, muncha qimmat», deyishi mumkin. Ammo «a’lo» bahoga o‘qigan talabalarga yil davomida ushbu summadan ancha ziyod, 91 ming so‘m qo‘shimchasi bilan, ya’ni 729 ming so‘m stipendiya to‘langan. Ko‘rinib turibdiki, talabalarning to‘lagan pullari o‘zlariga ortig‘i bilan qaytgan.

Shartnoma - to‘lov puli bu yil bizning fakultetimizda 1 mln. 50 ming so‘m qilib belgilandi. «A’loga o‘qiydigan talabalar yil davomida 1065,2 ming so‘m stipendiya olishlari mumkin. Demak, «a’lo»chi talaba to‘lagan pulini 15 000 so‘m ko‘proq qilib qaytarib oladi.

Respublikamizda eng ko‘p shartnoma pulining miqdori 1550 ming so‘mgacha belgilangan. Eng kami esa 920 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rtacha hisobda esa talabalarga yil davomida 798 ming so‘m stipendiya to‘lanadi. Natijada oliy ta’lim muassasasi ixtiyorida 275 ming so‘m qoladi.

Endi bir talaba o‘qib, qo‘liga diplom olguncha ketadigan sarf-xarajatlarni ko‘z oldimizga bir keltirib ko‘raylik. Talabalar o‘qiyotgan binoni yoritish va sovuq kunlarda isitish, domlalarning oylik maoshlari, har yili bo‘ladigan joriy, ba’zida kapital ta’mirlash, obodonchilik ishlari va ularga ketadigan sarf-xarajatlarga shartnoma - to‘lov pulidan qoladigan mablag‘ urvoq ham bo‘lmasligi barchamizga kunday ravshan.

Shu o‘rinda yana bir masalaga e’tibor qaratish lozim, deb o‘ylaymiz. Axir, shartnoma-to‘lov puli bir yilda bir marta oshsa, stipendiya ikki-uch martalab oshyapti-ku. Ijtimoiy muhofaza bo‘yicha qilinayotgan boshqa ishlar-chi?

Ko‘pchilik talabalar dars tugashi bilan uylariga, ayrimlari esa uchrashuvga, mehmondorchilikka shoshadilar. To‘g‘ri, vaqtimizning ma’lum bir qismini dars tayyorlashga bag‘ishlaymiz, qolganini rejasiz o‘tkazamiz. Vaqtni bekor o‘tkazish o‘rniga mashg‘ulotlardan keyin biror joyda ishlab, shartnoma pulini to‘lashda ota-onalarimizga biroz yordam berishni ko‘pchiligimiz o‘ylab ham ko‘rmaymiz

Ko‘pgina chet davlatlarda, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham talabalar asosan shartnoma-to‘lov asosida ta’lim olishadi. Nafaqat AQSHning, balki dunyoning eng mashhur oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadigan $$Garvard universiteti$$ barcha fakultetlarda bir yil o‘qish uchun 42 ming dollar shartnoma-to‘lov puli to‘lanadi. Muhimi, xorijda talabalarning aksariyati kontrakt pulini o‘zi ishlab topishga harakat qiladi.

$$Buyuk Britaniya universitetlari$$da tizim biroz boshqacharoq, $$Kembrij universiteti$4ning barcha fakultetlarida o‘qiydigan talabalar bir yil uchun 9 ming funt sterling to‘lashlari kerak. $$Oksford$4da esa pul talabaning o‘qiydigan yo‘nalishiga qarab belgilanadi. Madaniyat sohasida tahsil olayotganlar 6 ming, tabiiy fan yo‘nalishidagi talabalar 8 ming, tibbiyot sohasini tanlaganlar 15 400 funt sterling to‘laydi. Lekin bu yurtda ham ko‘pchilik talabalar o‘qishdan keyin ishlab, shartnoma - to‘lov uchun pul topishadi.

Yuqoridagi misollarni solishtirish va mulohaza yuritish uchun keltirdik. Xulosa shuki, barchasi o‘zimizga bog‘liq ekan, astoydil harakat qilsak, imkon topamiz.

Total words

436

Unique words

318

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

3

TTR

0.729

Hapax

270

Distribution

Top frequency chart

Dataset