$$O‘zXDP a’zosi$$ [Do‘stmurod Qodirqulov] $$Do‘stlik tumani$$dagi $$«Usta Safar ota» fermer xo‘jaligi$$ rahbari. Jamoada har yili paxta va g‘alla yetishtirish shartnomaviy rejalari oshig‘i bilan bajarilayapti, Daromad va foyda ham shunga yarasha.
2006-yilda u mamlakatimiz poytaxtida o‘tkazilgan agrominitexnika ko‘rgazmasida qatnashib, sutni qayta ishlaydigan minizavod qurish niyatida MARAV TECHNOLOGIES FOOD Ltd- Isroil firmasi bilan shartnoma imzoladi. So‘ngra o‘zi istiqomat qilayotgan Mevazor qishlog‘idagi eski chorvachilik fermasi binosini sotib olib, bir kecha-kunduzda 1000 litr sutni qayta ishlash quvvatiga ega kichik zavod qurishga kirishdi. Bu ishda unga AT «Paxtabank»ning Do‘stlik tuman bo‘limi ko‘makka kelib, 70 ming yevro miqdorida kredit ajratdi.
Ayni paytda mazkur korxonada uning 30 nafar hamqishlog‘i ishlab turibdi. Chiroyli va ixcham qadoqlangan hamda korxona tamg‘asi bilan sotuvga chiqarilayotgan sut, qaymoq, kefir, pishloq, sariyog‘ singari yetti xil mahsulotga talab tobora oshib borayotir.
– Bir paytlari chekka bir qishloqda shunday ajoyib zavod qurilishi va biz kabi yoshlar unda ishlashini faqat orzu qilish mumkin edi, - deydi operator ^^Bibisora Sherbekova^^. - Bugun bu orzu haqiqatga aylandi. Har kuni shundoqqina uyimiz yaqinidagi korxonaga borib, ishlab kelayapmiz. Ro‘zg‘orlarimiz but, turmushimiz fayzli.
Muhim jihati - qishloqda korxona foydasi hisobidan ko‘chalar, yo‘llar tekislanib, tosh, asfalt yotqizilmoqda, bog‘-rog‘lar barpo etilayapti, Bu yerdagi maktabning a’lochi va jamoatchi o‘quvchilariga ko‘mak berish, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash singari ishlarga ham korxonamiz munosib hissa qo‘shayotir.
– Yurtboshimiz takliflari bilan 2009-yilni mamlakatimizda Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili deb e’lon qilinishida juda katta hikmat bor, - deydi [Do‘stmurod aka]. - Chunki, har bir ongli inson yurtimizning qaysi chekkasida yashamasin, albatta, o‘z oilasi, hayoti, qishloq zamini bilan, nasibasi dalalarimizda yetishtirilayotgan noz-ne’matlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq ekanligini sezishi tabiiy.
Hayot har qaysimiz uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bugun yo‘qni bor qilaman, quraman, yarataman, o‘zimdagi bor iste’dod va qobiliyatlarni namoyish etaman, ko‘p va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib, ham oilam, ham yurtimning farovonligini ta’minlayman, deya niyat qilayotgan yurtdoshlarimizga hamma yo‘llar ochiq. Buni partiyadoshimiz [Do‘stmurod Qodirqulov]ning ish faoliyati ham tasdiqlab turibdi.