🔍

Article

TABIATI BETAKROR SAHRO

By Saida SAYXUN, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri. • in 2009

$$Qizilqum sahrosi$$ mamlakatimiz umumiy maydonining salmoqli qismini tashkil etadi. Sahro o‘ziga xos betakror bioxilma-xilligiga ega. Biroq, yer osti va yer usti tabiiy boyliklar, hayvonot hamda o‘simliklar olami qancha rang-barang bo‘lmasin, muhofazaga muhtojdir.

$$Buxoro viloyati$$ tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi [Anvar Niyozov] bilan shu haqda suhbatlashdik.

– [Anvar Bobonazarovich], avvalo, vohaning o‘ziga xos landshafti to‘g‘risida gapirib o‘tsangiz.

Qizilqum sahrosining landshafti o‘ziga xos. Buxoro viloyatining tuprog‘i asosan o‘tloq, sur-ko‘ng‘ir, bo‘z va cho‘lli-qumli zonalardan tashkil topgan. Iqlimi kontinental, yiliga yog‘ingarchilik 114-125 mm. ni tashkil etadi, yozi quruq va issiq.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, viloyatimizning tabiati betakror, go‘zal, fauna florasi va landshafti o‘ziga xos manzara kasb etadi. Masalan, uning faunasini oladigan bo‘lsak, sut emizuvchilarning 108 xili, 432 xil qushlar, 77 xil baliqlar, florasida esa 4 mingdan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Kezi kelganda shuni ham aytib o‘tish kerakki, tabiatimizdagi 24 xil sut emizuvchilar, 48 xil qush, 18 xil baliq va 305 xil yovvoyi o‘simlik turlari «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Shuningdek, hududimizda tabiiy boyliklar ko‘p. Chunonchi, gips, marmar, uran, tabiiy metan gazi, neft, osh tuzi va qurilish xomashyo konlari mavjud. Tabiiy boyliklardan foydalanishda atrof-muhit muhofazasi qonunlariga rioya qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinyapti. Joriy yilda 300 gektardan ortiq maydonlarda rekultivatsiya o‘tkazildi.

Qizilqum cho‘lidagi tabiat yodgorliklarini asrash hamda fauna, florasini boyitish borasida qanday loyihalar amalga oshirilyapti?

- Qizilqumda bir nechta tarixiy va tabiiy yodgorliklar mavjud. «Xo‘jaibon» va «Xo‘ja zafaron» tarixiy yodgorliklari, Olot tumanida tabiiy tuz konlari, Romitan va Qorako‘lda tabiiy issiq suv manbalari bor.

Viloyatda keyingi yillarda alohida qo‘riqlanadigan hududlar ko‘paytirilyapti. «Jayron» ekomarkazining maydoni 5145 gektardan 186 000 gektarga kengaytirilyapti. Ayni paytda ekomarkazda jayron, qulon, Prejevalskiy otlari ko‘paytirilmoqda

Ma’lumki, bugungi kunda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi tabiatni muhofazalashda ham xalqaro hamkorlikka ahamiyat berilyapti, qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti. Zero, 2007-yilda Birlashgan Arab Amirliklari davlatining «Braydes breyding» kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 4 milliard so‘mlik Qizilqum sahrosi- da «Buxoro Xonguli» loyihasi bajarildi. Shuningdek, loyiha doirasida Peshku tumanidagi «Jongeldi» jamoa xo‘jaligida 400 gektar maydon ajratilib, yo‘rg‘a tuvaloq uchun inkubatsiya sexi va volerlar qurib ishga tushirildi. Zero, «Qizil kitob»ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqning soni kelgusida oshadi.

– Ma’lumki, hududimizning ertangi ekologiyasi, iqlimi ko‘p jihatdan daryo, ko‘llar, suv havzalarimizning bugungi ahvoliga bog‘liq. Qizilqum suv basseynlarida, atrof-muhit ekologiyasini sof saqlash borasida qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti?

– Hududimizning asosiy suv manbai - $$Amu-Buxoro magistral kanali$$ va $$Zarafshon daryosi$$ hisoblanadi. Viloyatimiz yerlari geografik jihatdan nisbatan chuqurlikda joylashgan. Shu bois qo‘shni $$Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari$$dan so‘nggi 30-yil davomida yiliga 2-2, 2 milliard kubometr miqdorida oqava va sizot suvlar oqib kelaverdi. Natijada, umumiy maydoni 120 ming gektardan ortiq $$«Oyoq og‘itma», «Qora qir», «Sho‘rko‘l», «Tuzkon», «Dengiz ko‘l», «Devxona», «Zikri» kabi sun’iy ko‘llar$4 paydo bo‘ldi.

Ma’lumki, dunyo tajribasiga ko‘ra, sun’iy ko‘llardan oqilona foydalanish iqtisodiy foyda keltiradi, aholi uchun ishchi o‘rinlari ochiladi. Binobarin, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining 2007-yil 5-fevraldagi 115-sonli qarori asosida 101 ming gektar suvli maydonlar 15 ta ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun ajratib berildi. Ayni paytda mavjud suv havzalarida tegishli biotexnik tadbirlar o‘tkazilyapti.

Bioxilma-xillik rizqi-ro‘zimiz, hayot-mamotimiz shu tuproq bilan. Hech kimga sir emas, bugungi kunda yerlarimiz ekologik murakkab hududlar sirasiga kiradi. Orol dengizining qurishi natijasida keyingi 40 yil davomida viloyat hududiga esadigan shamolning doimiyligi 40 foizga oshdi, tushayotgan yog‘ingarchiliklar tarkibidagi zararli tuzlar miqdori keskin ko‘payishi tufayli yaylovlarning hosildorligi 10 baravar kamaydi.

2001-yildan boshlab shamol ta’sirini kamaytirish uchun viloyatning shimoliy qismida kengligi 10 kilometr, uzunligi 84 kilometr «yashil qalqon» barpo etilyapti. Hozirgacha 152 million so‘m mablag‘ sarflanib, 41,6 ming gektar maydonga saksovul ko‘chati ekildi. To‘g‘risi, bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 5 foizni tashkil qiladi, xolos. Bu rejani bajarish uchun 30-yil vaqt kerak. Demak, bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar bor…

Kezi kelganda shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishni istardikki, hududimiz bioxilma-xilligini muhofazalash ko‘p tomondan cho‘llanishga qarshi kurashishning samaradorligini oshirishga bog‘liq, Mutaxassislarning aytishicha, cho‘l sharoitida yashovchi aholi sog‘lig‘ining 80 foizi atrof-muhit, ekologiya, iqlim o‘zgarishiga bog‘liq ekan.

Yoshlar ertamizning egalari, shu zaminning vorislari. Zero, bugungi yoshlarning ekologik saviyasi kelajakda iqtisodiy salohiyatimizga xizmat qiladi. Ayting-chi, yoshlarning ekologik bilimi qay darajada?

Viloyat bioxilma-xilligini saqlash, kelajak avlodlarimizga meros qoldirish maqsadida maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida ekologik ta’limning 2005-2014-yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasi asosida ta’lim olib borilyapti.

Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan Konsepsiya asosida tumanlarimizdagi 18 ta tayanch maktablari tanlab olindi hamda ekologiyaga oid kitoblar bilan ta’minlab borilmoqda. Shuningdek, $$Olot tumani$$dagi 8-, $$Qorako‘l$$dagi 43-o‘rta ta’lim maktablarida ekologiya muzeylari tashkil qilingan. Yana bir xayrli ish, $$Yoshlar yili$$ munosabati bilan $$Romitan tumani$$da ekologiya yo‘nalishidagi 210 o‘rinli akademik litsey qurib ishga tushirildi. Davlat dasturi doirasida 500 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi, 240 million so‘mlik jihozlar bilan ta’minlandi. 2009-yilda o‘quvchilar yotoqxonasi hamda boshqa qo‘shimcha binolar quriladi.

Azaldan buxoroliklar $$Zarafshon daryosi$$dan suv ichgan, dehqonchilik qilib kun ko‘rgan. Hozir ham daryo suvi bilan 2 foiz maydonlarimiz sug‘oriladi, $$Shofirkon, G‘ijduvon, Peshku tuman$$ aholisi shu suvdan foydalanadi. Afsuski, $$Zarafshon daryosi$$ $$Samarqand,$$ $$Navoiy shahar korxonalari$$dan tushayotgan tashlanma suvlar bilan ifloslanib, sifati buzilib hududimizga oqib keladi. Gidrometeorologiya institutining ilmiy tahlillari natijasiga qaraganda, suv sho‘rlanib, fenol va nitratlar bilan ifloslanib, iste’molga yaroqsiz holatga kelib qolyapti. Masalan, daryo suvida XPK-2 marta, suvning qattiqligi 5 barobar, ifloslanish indeksi normadagi 0,4 o‘rniga 1,7 foizni tashkil qiladi.

Agar ana shu oqava suvlarni oqizish uchun $$Navoiy shahri$$dan «Toshrabod» gidrouzeligacha 40-45 kilometr masofada alohida zovur qazilsa, daryodan yana sof, zilol suv oqardi.

Total words

832

Unique words

609

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

13

TTR

0.732

Hapax

481

Distribution

Top frequency chart

Dataset