🔍

Article

Vakolatxona ish boshladi.

By Hasan Ikromov. • in 1993

Hurmatli $$«Oʻzbekiston ovozi» gazetasi$$ muharririyati va uning aziz mushtariylari! Ushbu satrlarni ulugʻ $$Hindiston$$ning poytaxti $$Dehli$$da yaqinda ochilgan $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ vakolatxonasining qarorgohida yozmoqdaman. Gazetangiz orqali barcha mushtariylarim — serquyosh diyorim mehnatkashlariga Yangi yil salomini yoʻllayman.

Ushbu satrlarni yozishga da’vat etgan kuch — bu $$Oʻzbekiston$$ mustaqillikka erishganligi va uning jahon davlatlari doirasida tanilib, xalqaro obroʻsi oshib borayotganligi hamda tariximizda birinchi marta xalqimizning xohish-irodasi bilan oʻtkazilgan Prezident saylovi bir yilning oʻzidayoq salmoqli samara berganligidir. Chindan ham bu bir yil tarix nuqtai nazaridan juda oz vaqt boʻlsa ham, xalqimiz baxt-saodati yoʻlida katta odimlar qoʻyilganligi bilan keng mazmunlidir.
$$Oʻzbekiston$$ingiz jahondagi yuzdan ortiq davlatlar tomonidan suveren, demokratik davlat sifatida tan olindi. Davlatimiz $$Birlashgan Millatlar Tashkiloti$$ va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlarga a’zo boʻlib kirdi. $$Oʻzbekiston$$imiz Prezidenti [Islom Karimov]ning olib borayotgan oqilona siyosati tufayli $$Osiyo$$, $$Yevropa$$, $$Afrika$$ va $$Lotin Amerika$$si qit’alaridagi davlatlar mustaqil mamlakatimizga hurmat va qiziqish bilan qaramoqdalar. Yurtboshimizning $$Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Eron, Avstriya, Finlyandiya va Misr mamlakatlari$$ga qilgan safarlarining yorqin natijalari har bir fuqaro qalbida katta qiziqish uygʻotmoqda. Chunki $$Oʻzbekiston hukumati$$ xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, oʻzaro hurmat, ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday nizolarni tinchlik va muzokaralar yoʻli bilan bartaraf etish, inson huquqlarining ustunligi, demokratik prinsiplariga asoslangan mustaqil tashqi siyosat olib borishni oʻzining bosh vazifasi deb belgilagan va ana shunga ogʻishmay amal qilmoqda.
$$Oʻzbekistonning mustaqilligi$$ bir yilligi bayrami kuni — 1-sentyabrda $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning $$Hindiston$$dagi konsullik agentligi, ya’ni vakolatxonasi ochilishi ham ana shu katta dono siyosat borasida olib borilayotgan xalqaro aloqalarning bir namunasidir.

Total words

239

Unique words

199

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

17

TTR

0.833

Hapax

178

Distribution

Top frequency chart

Dataset