🔍

Article

Title: SUD-HUQUQ ISLOHOTLARIDA MUHIM QADAM

By Adham XUDAYQULOV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti … • in 2009

2008-yil 10-dekabr kuni $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ Senatining XVI yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ Protokolga (Nyu-York, 1989-yil 15-dekabr) qo‘shilishi haqida»gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ ma’qullandi.

Mamlakatimizda islohotlarning dastlabki bosqichidayoq inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash tamoyiliga tayanib, milliy huquqiy tizim barpo etildi va inson manfaatlari islohotlar strategiyasining asosi sifatida belgilandi. Respublikamizda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Xususan, mamlakatimiz Konstitutsiyasining 13-moddasiga ko‘ra, «inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». O‘z navbatida, Konstitutsiyaning 24-, 25- va 26 moddalarining mazmun-mohiyati yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligini, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligini konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlashga qaratilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli qisqa vaqt ichida fu- qarolik jamiyatining asoslarini qurishga, inson huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Odil sudlov sohasida amalga oshirilgan ushbu o‘zgarishlar o‘lim jazosini bekor qilish uchun ham zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

Mustaqillikka erishilgach, 1994-yil sentyabrda qabul qilingan va 1995-yil aprelda kuchga kirgan Jinoyat kodeksida asosan bir qator jinoyatlar uchun o‘lim jazosi bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan amaldagi Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilib, yana 5 ta jinoyat bo‘yicha moddalar sanksiyasidan o‘lim jazosi chiqarildi.

$$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ning 2001-yil 29-30-avgustda bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida Prezidentimiz [I.Karimov] ma’ruzasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining bosh maqsadi Jinoyat, Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari va jinoiy jazo tizimini izchillik bilan bosqichma-bosqich liberallashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Mazkur sessiyada qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan $$O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodekslari$$ hamda Ma’muriy javobgar- lik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ bilan amaldagi Jinoyat kodeksida yana 4 ta jinoyat bo‘yicha moddalar sanksiyasidan o‘lim jazosi chiqarildi.

$$O‘zbekiston Respublikasi$$ning 2003-yil 12-dekabrdagi $$Qonuni bilan Jinoyat kodeksi$$dagi yana ikkita jinoyat bo‘yicha modda sanksiyasidan o‘lim jazosi chiqarildi. 2005-yil 1-avgustda $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Farmoni e’lon qilindi. Mazkur hujjat mamlakatimizda yashash huquqi oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilganligining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Nihoyat, o‘lim jazosini butunlay bekor qilishni qonunchilik yo‘li bilan ta’minlash, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashni jadallashtirish maqsadida 2006-yil 29-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoyishi e’lon qilindi. «Ulim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi $$O‘zbekiston Respublikasi qonuni$$ Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda ma’qullanib, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirdi.

Mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida, 2008-yilning 10-dekabr kuni $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ Senatining XVI yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o‘lim jazosini bekor qilishga qara- tilgan Ikkinchi fakultativ Protokolga (Nyu-York, 1989-yil 15-dekabr) qo‘shilishi haqida»gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ ma’qullandi.

Ushbu fakultativ Protokol «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning (1948-yil 10-dekabr) 3-moddasida ko‘rsatilgan «har bir inson yashash, erkin bo‘lish hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega» hamda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt»ning (1966-yil 19-dekabr) 6-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan «yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashashdan mahrum qila olmaydi» deb belgilangan tamoyillarga asoslangan holda qabul qilingan bo‘lib, asosiy maqsad va vazifasi o‘lim jazosini bekor qilishning xalqaro huquqiy mexanizmini shakllantirishdir.

Fakultativ Protokolning 1-moddasida ko‘rsatilishicha, «fakultativ Protokolga a’zo davlat yurisdidiksiyasiga asoslangan holda o‘lim jazosini bekor qilish borasida barcha muhim choralarni ko‘rishi lozim».

Xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunga qadar dunyo mamlakatlarining 92 tasi o‘lim jazosini qo‘llashdan butunlay voz kechgan. Yana 10 ta davlatda esa o‘lim jazosi faqatgina ayrim o‘ta og‘ir jinoyatlarga nisbatan qo‘llaniladi va aksariyat jinoyatlarga o‘lim jazosi qo‘llanilishidan voz kechilgan. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash kerakki, ayrim istisnolarni hisobga olgan holda dunyo mamlakatlarining 115 tasida haligacha o‘lim jazosi qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, dunyoning eng yirik davlatlari hisoblangan $$AQSH,$$ $$Rossiya,$$ $$Hindiston$$ hamda $$Xitoy$$ davlatlarida o‘lim jazosi hozirgi kunga qadar qo‘llanib kelinadi. Bundan tashqari, $$Yaponiya,$$ $$Janubiy Koreya,$$ $$Malayziya,$$ $$Indoneziya$$ va $$Singapur $$kabi liberal demokratiya yo‘lini tanlagan rivojlangan davlatlarda ham bu sohadagi huquqiy tizim liberallashmagan va o‘lim jazosi hamon qo‘llanib kelinadi. Braziliya va Isroil kabi rivojlangan davlatlarda ham o‘lim jazosidan butunlay voz kechilmagan.

Misol tariqasida o‘lim jazosi eng ko‘p qo‘llaniladigan mamlakatlar sirasiga $$AQSH$$ va $$Xitoy$$ davlatlarini kiritish mumkin. Xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2007-yilning o‘zida birgina $$AQSH$$da 1252 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan.

O‘lim jazosi qo‘llanilishi 92 ta davlatda butunlay bekor qilingan bo‘lsa-da, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yilning 15-dekabrida qabul qilingan «Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o‘lim jazosini bekor qilishga qaratil- gan Ikkinchi fakultativ Protokol»ni dunyoning 60 ga yaqin davlatigina imzolagan. Mamlakatimizda ushbu xalqaro hujjatning ratifikatsiya qilinishi inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida hurmat qilinishining yorqin dalili, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

«O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ Protokolga qo‘shilishi haqida»gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ning qabul qilinishi yurtimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimi islohotlarining navbatdagi bosqichi hamda mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlar, mamlakatimizdagi demokratik jarayonlar evolyutsion yo‘l bilan bosqichma-bosqich yuksalib borayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham haqli ravishda e’tirof etilmoqda.

Total words

844

Unique words

452

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

24

TTR

0.536

Hapax

305

Distribution

Top frequency chart

Dataset