🔍

Article

YOʻL-TRANSPORT HODISASI YUZ BERGANDA

By Behzod Shukurov • in 2009

2008-yilning oktyabr oyidan mamlakatimizda «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi. Majburiy sug‘urta mamlakatimiz sug‘urta bozorida yangi yo‘nalish. Shuning uchun ham transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash chog‘ida ko‘pchilikda turli savollar tug‘ilayapti. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi [Mahmudjon MAHKAMOV] muxbirimiz bilan suhbatda ushbu savollarga javob berdi.

– Ma’lumki, qonun kuchga kirguncha ham transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash amaliyoti mavjud edi, - deydi [M.Mahkamov,] Bu faoliyat Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi $$«O‘zbekiston Respublikasi$$da transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori asosida tartibga solib kelingan. Ammo transport vositalaridan foydalanish chog‘ida ziyon yetkazilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimi bo‘lmagan. Chunki sug‘urta to‘lovi miqdori kam, sug‘urta tariflarining qulay tizimi mavjud emas, majburiy va fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik uchun javobgarlik yo‘q edi.

Shuni inobatga olib, mamlakatimiz Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2007-2010-yillarda sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonun ishlab chiqildi va amalga kiritildi.

Ammo transport vositalari egalarida ushbu Qonunning hayotga tatbiq etilishi bilan bog‘lik ayrim e’tirozlar yo‘q emas. Chunki sug‘urtalash avvalo sarf-xarajatni talab etadi…

Qonunning asosiy g‘oyasi, mazmuni, maqsadini tushungan kishida hech qanday e’tiroz tug‘ilmaydi. Chunki bu harakat zamirida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini ishonchli himoyalash maqsadi mujassam.

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi qaroriga ko‘ra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta puli 3 ming $$AQSH$$ dollari qiymatiga teng qilib belgilandi. Sug‘urta mukofoti sug‘urta tariflariga asosan ishlab chiqiladi. Albatta, bunda transport vositasi turi, transport vositasidan ko‘p foydalaniladigan hudud, foydalanish davri, sug‘urta polisida ko‘rsatilgan shaxsning haydovchilik staji, yoshi, sug‘urta qilish muddatlari e’tiborga olinadi.

Qonunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi manfaatlari ham e’tiborga olingan. 1941-1945-yillardagi urush qatnashchisi yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, front ortida mehnat qilganlar, $$Chernobil$4 halokati oqibatida jabrlanganlar, pensionerlar va nogironlarga ushbu majburiy sug‘urta bo‘yicha 50 foiz miqdorida yengillik berilgan. Ya’ni, ular sug‘urtalash uchun tegishli tarif bo‘yicha belgilangan summaning yarmini to‘lab sug‘urta polisini oladilar.

– Transport egasi o‘z mulkidan foydalanish uchun bir necha odamga ishonchnoma berishi mumkin. Bunday xolda kimning javobgarligi sug‘urtalanadi?

– Mazkur Qonun shaxs yoki predmetni emas, balki majburiyatni, ya’ni transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashga qaratilgan. Sug‘urtalashda sug‘urta polisiga transport vositasini boshqarishga ishonchnoma berilgan shaxslarning familiyalarini ham ko‘rsatish mumkin. Bunday holatda ularning fuqarolik javobgarligi ham sug‘urtalanadi. Bu hech qanday qo‘shimcha mablag‘ yoki xarajat talab etmaydi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta pulining 35 foizigacha, hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilganda, shuningdek, o‘lim holati sodir bo‘lganda sug‘urta pulining 65 foizigacha mablag‘ to‘lanadi.

Haqiqatda ko‘rilgan zarar sug‘urta puli miqdoridan oshib ketsa, jabr ko‘rgan shaxs sug‘urta bilan qoplanmaydigan zararni hodisa sababchisidan talab qilish huquqiga ega.

– Transport vositalari bilan sodir etilgan baxtsiz hodisalar va ular natijasida yuridik, jismoniy shaxslarga yetgan zarar haqida ma’lumot va tahlillar bormi?

– Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsiz- ligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2007-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 1 195 638 ta, yuridik shaxslarga tegishlisi 206 025 ta bo‘lgan. Respublika bo‘yicha 2004 va 2005-yillar davomida jami 21617 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan, 23315 kishi jarohat olgan, 4157 fuqaro halok bo‘lgan, 2006-yil va 2007-yilning sakkiz oyi davomida 10164 nafar shaxs jarohat olgan, 1768 kishi halok bo‘lgan…

Ana shularni hisobga oladigan bo‘lsak, yuqoridagi qonun va u asosida yaratilayotgan imkoniyatlar naqadar ahamiyatli ekani yana bir bor oydinlashadi. Hech kim yomon niyatda yo‘lga chiqmaydi. Shuning bilan birga, baxtsiz hodisa qachon ro‘y berishini ham hech kim bilmaydi. Har holda, ehtiyot bo‘lgan ma’qul.

– Ushbu qonun qabul qilinganligi munosabati bilan amaldagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu yangilik nimalardan iborat?

– «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun, Fuqarolik va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga yuqoridagi qonun mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 135-modda bilan to‘ldirildi. Unga asosan, sug‘urta polisida nazarda tutilmagan davrda transport vositasini boshqarganlik, sug‘urta polisida nazarda tutilgan shartlarni buzganlik uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solinadi.

Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatning bajarilmasligi, sug‘urta qilinmagan holda transport vositasini boshqarish fuqarolarga eng kam ish xakining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bu me’yorlar 2009-yil 23-yanvardan kuchga kirishi nazarda tutilgan. Demak, shu muddatdan boshlab transport vositasi egasi o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilmagan holda transport vositasini boshqarsa, tegishli ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Umuman olganda, Qonun avvalo yo‘l-transport hodisa- si ro‘y berganda fuqarolar manfaatlarini himoyalashga xizmat qiladi. Majburiy sug‘urta tizimini shakllantirish orqali yo‘l-transport hodisasi oqibatida zarar ko‘rganlarning ijtimoiy himoyalanishini, aybdor va jabrlanuvchilar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarning katta qismini sud aralashuvisiz hal etishni, majburiy sug‘urta xizmatining zamonaviy va xalqaro talab- lar darajasiga ko‘tarilishini, mamlakatimizda sug‘urta bozorining yanada rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot: bugungi kunda Davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasi tomonidan respublikamizning 9 ta sug‘urta kompaniyasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha litsenziya berilgan. Ular $$«O‘zbekinvest», «O‘zagrosugurta», «Kafolat», «Alskom», «Ishonch», «Alfa Invest», «Aziya Inshurens», «Universal Sug‘urta», «Kapital Sug‘urta» sug‘urta kompaniyalari$$dir.

Total words

816

Unique words

490

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

3

TTR

0.600

Hapax

367

Distribution

Top frequency chart

Dataset