🔍

Article

Jamoalarda nima gaplar?

By Erkin Xolbobo • in 2008

Ayni kunlarda futbol bo‘yicha mamlakatimiz oliy liga jamoalari yangi mavsumga hozirlik ishlarini boshlab yuborishgan. Qaysidir jamoa a’zolari o‘z futbol klubi bazasida, boshqasi esa xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

O‘zbekiston XI milliy chempionati oltin medali sovrindori va mamlakat kubogi sohibi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi hozirda Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketgan. Ma’lumki, paxtakorchilar shu oyning oxirgi o‘n kunligida Sankt-Peterburg (Rossiya)da o‘tkaziladigan an’anaviy MDH kubogi xalqaro turnirida ishtirok etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni sanalgan hamyurtlarimiz bu gal ham muxlislarni quvontirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Shu bois, klub rahbariyati jamoa tarkibini bir qator mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirishga harakat qilishmoqda. Ayni paytda «Paxtakor» klubi Rustam A’zamov («Nasaf» Qarshi), Shavkat Mullajonov («Kizilkum-Oltin» Zarafshon) hamda Nodir Qo‘ziboyev («Neftchi» Farg‘ona), Haydar Pirnazarov («Metallurg» Bekobod)lar bilan shartnoma imzolagan. Shuningdek, «Neftchi» jamoasining o‘tgan yilgi sardori, tojikistonlik legioner Akmal Xolmatov ham toshkentliklar safida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotir.

Total words

136

Unique words

125

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.919

Hapax

114

Distribution

Top frequency chart

Dataset