🔍

Article

Yangi ish o‘rinlari ko‘paymoqda

By Shohaydar MIRHABIBOV, Mirbaxtiyor MIRFAYZIYEV, «O‘zbekiston … • in 2008

$$Xo‘jayli - Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$dagi eng yirik tumanlardan biri. Shundoqqina Nukusga yaqin. Aholisi ham ko‘p. Lekin shunday katta tumanda yaqin-yaqinlargacha birorta issiqxona yo‘q edi. $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi jamoasi ushbu muammoni hal qilishga kirishdi. Buning uchun ikkita yirik loyiha moliyalashtirilib, 220 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Zarip Fayzullayev rahbarligidagi «Saidbek - Xo‘jayli» fermer xo‘jaligi bankdan olingan 200 million so‘m kredit evaziga issiqxona qurib, uni ishga tushirdi. O‘ttizta yangi ishchi o‘rni yaratildi. Hozir issiqxonada ekilgan ko‘chatlar barq urib o‘smoqda. [Qutlimurot Xo‘janazarov] yetakchiligidagi $$«Planeta-sprut» fermer xo‘jaligi$$ esa bankdan 20 mln. so‘m qarz olib issiqxona bunyod etdi. O‘n to‘rt kishi ish bilan ta’minlandi. $$To‘rtko‘l tumani$$dagi [Odilbek Avezov] boshliq $$«Niyozmat xo‘ja» va Ravshanbek O‘rinov boshliq «To‘rtko‘llik Sobir ota» fermer xo‘jaliklari$$ ham bankdan 20 mln. so‘mdan kredit olib issiqxona qurdilar va tegishli ravishda 6 hamda 8 nafar ishchi o‘rni yaratishdi. Beruniy tumanida Karimboy Abdullayev boshliq «Abdulla Sari» xususiy firmasi va Aqshagul Yusupova rahbarligidagi «Jumadurdi Turimov» fermer xo‘jaligi bankdan issiqxona qurish uchun 5 mln. so‘mdan kredit olishdi. Hatto Shumanayda ham issiqxona qurildi. Bu ishni bankdan 10 mln. so‘m kredit olgan fermer xo‘jaligi rahbari Sarsen Berdiyev amalga oshirdi.

Bugungi kunda Milliy bankning $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$ boshqarmasi tomonidan ana shunday xayrli ishlar aniq maromda olib borilyapti. Aytish kerakki, boshqarmaning uzoq muddatli yirik korporativ mijozlari ham ko‘payib bormoqda. 6380 yuridik, 89580 jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatilayotganligi fikrimiz dalilidir. Mijozlar soni yil boshiga nisbatan 115 foiz o‘sdi. To‘rtta filial, 14 ta minibank, respublikaning aholi zich hududlarida yettita maxsus kassa ishlab turibdi.

Bank boshqarmasi doimiy ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bank kredit quyilmasi 11 milliard so‘mdan oshib ketdi. Kichik biznesga esa qariyb uning yarmi ajratilgan.

Respublikamiz Prezidentining 2006-yil 23-martdagi «Shaxsiy yor- damchi, dehqon va fermerlar xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarorini bajarish yo‘lida 172,3 mln. so‘m kredit berilganligi bu sohadagi ishni ancha jonlantirib yubordi. Nasldor sigirlarni olib kelish uchun esa 72,0 mln, so‘m, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash uchun esa 437 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

Toshkentda o‘tkazilgan «Agrominitex Ekspo - 2006», «Agrominitex Ekspo - 2007» ko‘rgazmalaridan so‘ng minitexnologiyalar sotib olish yuzasidan 250 ta loyiha ma’qullanib, 887,7 mln. so‘m mablag‘ ajratib berildi. Jumladan O‘ringul Bariboyeva boshliq Taxiatosh shahrida joylashgan «Sarsenbayeva Rayxon» xususiy korxonasiga 14 mln. so‘mlik kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asbob uskunalar olishga ko‘maklashildi. Amudaryo tumanidagi «Qurbonboy-Vaysoq» fermer xo‘jaligiga «Niva-effekt» kombayni sotib olish uchun 71 mln. so‘m, Xo‘jayli tumanidagi «Keyki mergen», «Qiyot» fermer xo‘jaliklariga har biri 20 mln. so‘mlik MTZ-80» traktori olib berildi. Bank yordamida To‘rtko‘ldagi «Qurbonoy sart» fermer xo‘jaligi 66,5 mln. so‘mlik «Dominator - 2004» rusumdagi kombaynga, Chimboydagi Sari oltin» fermer xo‘jaligi 26,7 mln. so‘mlik «MTZ-80» traktoriga ega bo‘ldi.

Boshqarmaning boshqa mintaqaviy banklardan farki shundaki, bu yerda mijozlarga sifatliroq xizmat ko‘rsatiladi, hisob-kitoblar aniq bajariladi, yuridik va jismoniy shaxslarga muddatli omonatlar uchun qulay foiz stavkalari belgilangan. So‘m plastik kartochkalari orqali xizmat ko‘rsatish, «Bank-mijoz» tizimi orqali operatsiyalar o‘tkazish, so‘mni erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga almashtirish, «WESTERN UNION» tizimida pul o‘tkazmalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha ro‘yobga chiqarilayotgan tadbirlar majmuasi keng qo‘llanilayotgani sababli respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi kengayib borayotir. Endi Milliy bank boshqarmasi plastik kartochkalar bozorida harakat qilayotgan boshqa moliya-kredit muassasalari orasida yetakchilik qilmoqda. Plastik kartochkalar orqali xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi kengayib, optimallashgani tufayli 2007-yil boshidan buyon qo‘shimcha 6,5 mingta plastik kartochka tarqatilib, uning umumiy soni 53 mingtadan oshib ketdi. Natijada qariyb 1,5 mlrd, so‘mlik savdo aylanmasiga erishildi. Yuzdan ziyod savdo-servis korxonalariga terminallar o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali 756 mln. so‘mlik savdo aylanmasiga erishildi. Bu 2006-yilning shu davriga nisbatan 25 baravar ko‘pdir.

Hozir bank filiallari va korxonalarda oltita bankomat bank bo‘limining o‘zida xalqaro «VISA» plastik kartochkalari bo‘yicha naqd pul tarqatish uchun terminal o‘rnatilgan.

2007-yil boshidan yangi bank xizmati - jismoniy shaxslarning so‘m plastik kartochkalari bo‘yicha overdraft taklif etish borasida ish olib borilyapti. Ish haqi doirasidagi loyihalarni kreditlashtirish uchun 200 mln. so‘m ajratildi. «Nukus Mobayl» xususiy firmasi, «Sardor - 2000», «Dinur», «COSCOM» qo‘shma korxonalari bilan bank o‘rtasida xodimlarning ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazishga shartnoma tuzilgan bo‘lib, endi ular o‘z plastik kartochkalari orqali overdraftdan ham foydalanishlari mumkin.

Savdo-servis korxonalariga o‘rnatilgan terminallar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha izlanishlar olib borilyapti, So‘m plastik kartochkalari egalari tovarlar va xizmatlar uchun ko‘plab savdo-servis korxonalarida, jumladan Nukus aeroporti, «Nukus» mehmonxonasi «Dinur» farmatsevtika kompaniyasining «Marjon», «Toshkent», «Sardor - 2000» do‘konlarida, «Press Info Nukus» avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida, «Darbent» avtokempingida, «Shohrux», «Guloyim» gaz to‘ldirish stansiyalarida bemalol hisob-kitob qilishlari mumkin.

Xullas, bank jamoasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni astoydil bajarmoqda.

Total words

705

Unique words

478

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

6

TTR

0.678

Hapax

375

Distribution

Top frequency chart

Dataset