🔍

Article

Plenium boʻlib oʻtdi.

By Abdujalil Umarov • in 1993

$$Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ $$Sirdaryo viloyat$$ kengashining navbatdagi plenumi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat kengashining ta’sis konferensiyasidan keyingi davr mobaynida qilingan ishlar yakuni hamda navbatdagi vazifalar haqidagi masala muhokama etildi. Viloyat partiya kengashining birinchi kotibi [S. Usmonov] ma’ruza qildi.
Plenumda partiya hayotidagi ba’zi kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. XDP $$[Sharof Rashidov] tumani$$ kengashining birinchi kotibi [D. Eshmonov]ning fikricha, partiya faoliyatida tanqid va oʻz-oʻzini tanqid yetarli emas. Yangiyer shahar urush va mehnat faxriylari kengashi raisi [S. Zajitskiy] partiya a’zolarining uchdan bir qismi a’zolik badallarini vaqtida toʻlamayotganliklarini ta’kidlab oʻtdi.
Bunday nuqsonlarning ildizini jiddiy oʻrganish va tegishli choralar koʻrish lozim.
Plenumda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Total words

104

Unique words

85

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

3

TTR

0.817

Hapax

72

Distribution

Top frequency chart

Dataset