🔍

Article

OʻZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

By Islom KARIMOV Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. • in 2008

Qadrli vatandoshlar!
Azizlarim!
Avvalambor, barchangizni, butun $$O‘zbekiston xalqi$$ni kirib kelayotgan yangi — 2008-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mana shu daqiqalarda yakuniga yetib borayotgan 2007-yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan quvonchli va tashvishli kunlarni, el-yurtimiz hayotidagi muhim va unutilmas voqealarni beixtiyor eslashimiz tabiiydir. Bu haqda gapirganda, o‘tayotgan yilda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga mamlakatimizning taraqqiyotini yuksaltirish, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va obro‘-e’tiborini mustahkamlash yo‘lida qo‘lga kiritgan yutuq va marralarimiz, bunyodkorlik ishlarimiz Vatanimizning kuch-qudratini oshirish, yurtimizni yanada obod etish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yaxshilash borasida katta qadam bo‘ldi, desak, hech qanday xato bo‘yamaydi.
Buning tasdig‘ini 2007-yilda respublikamizda yalpi ichki mahsulot hajmi 9,5 foizga, sanoat 1 2 ,1, qishloq xo‘jaligi 6,1 foizga o‘sgani, eksport salohiyati 1,4 barobardan, oltin-valyuta zaxiralarimiz 50 foizdan ziyod ko‘paygani, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning real miqdori esa 40 foizga ortgani misolida ko‘rish mumkin. Ayni shu paytda inflyatsiya, ya’ni narx-navo darajasi 6 ,8 foizdan oshmagani e’tiborga sazovordir.
Hayotimizning barcha soha va jabhalarini demokratlash tirish va liberallashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samarasini oshirish maqsadida katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina qonun va qonunchilik normalarini qabul qilganimizni, ular bugungi kunda muvaffaqiyat bilan joriy etilayotganini qayd etish zarur, albatta.
“Ijtimoiy himoya yili" deb nom olgan 2007-yilda yordamga muhtoj bo‘lgan insonlar va oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha insonparvarlik ruhida amalga oshirgan savobli ishlarimiz butun mamlakatimizni qamrab olgan umummilliy harakatga aylandi.
Biz buni xalqimizning ongu tafakkuri, ma’naviy olami tobora yuksalib borayotgani, diyorimizda mehr-oqibat, saxovat va muruvvat tuyg‘ulari hukm surayotganining yana bir tasdig‘i deb qabul qilamiz.
Bugun yakuniga yetib borayotgan yilga xolisona baho berar ekanmiz, haqiqatan ham, bosib o‘tgan yo‘limiz va qo‘lga kiritgan marralarimiz barchamizga ertangi kunga ko‘tarinki ruh va katta ishonch bilan qarash uchun zamin tug‘diradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlar, Vatanimizning yanada ravnaq topishida barchamiz, shu mo‘tabar zaminda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har qaysi inson bu yutuqlarda mening ham munosib hissam bor, deb boshini baland ko‘tarib yashashga haqlidir.

Muhtaram do‘stlar!
Yurtimizda kuni kecha bo‘lib o‘tgan, hammamiz uchun katta siyosiy sinov bo‘lgan Prezident saylovi $$O‘zbekiston$$da erkin demokratik davlat, inson manfaati va huquqlarini ustun qo‘yadigan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida katta maktab va yangi bosqich bo‘ldi.
Hech shubhasiz, xolislik, ochiqlik va haqqoniylik ruhida o‘tgan bu saylov xalqim izni yanada jipslashtirib, uning siyosiy va huquqiy bilimi, madaniyati tobora oshib borayotganini, erkin ovoz bergan har qaysi fuqaroning orzu-umidlari va kelajakka ishonch bilan qarashini yaqqol namoyon etdi va hayotim izda chindan ham tarixiy bir voqeaga aylandi.
Shu fursatdan foydalanib, saylovchilarimiz tomonidan menga ko‘rsatilgan yuksak ishonch uchun chin qalbimdan, yuragimdan samimiy minnatdorchilik bildiraman va xalqimga chuqur ta’zim qilaman.
Men uchun siz, azizlarga, butun $$O‘zbekiston xalqi$$ga umrbod sadoqat bilan xizmat qilishdan boshqa maqsad ham, hayot ham yo‘q, desam, ko‘nglimdagi, dilimdagi gapni aytgan bo‘laman. Qadrli do‘stlarim, birodarlarim!
Go‘zal diyorimizga yangi — 2008-yil kirib kelish iga sanoqli damlar qolgan mana shu unutilmas va hayajonli daqiqalarda har qaysi inson o‘z qalbining turida asrab kelayotgan eng ezgu istaklar ro‘yob ga chiqishini, o‘ziga, oilasi va farzandlariga eson-om onlik, elu yurtiga tinchlik, to‘kinlik ato etishini, omad yor bo‘lishini niyat qiladi.
Men ham siz, aziz hamyurtlarimning ana shunday olijanob orzu-umidlariga tilakdosh bo‘lib, ularning ijobat bo‘lishini Yaratganimizdan so‘rayman. Kelgusi yilda olib borayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va samarasini oshirish, respublikamizga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni olib kirish hisobidan davlatimizning kuch-qudrati va iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, xalqimizning farovonligini oshirish, uning tinch va osuda hayotini asrash, taraqqiyotimizning tayanchi bo‘lmish kichik biznes, fermerlik va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun zarur imkoniyat va imtiyozlar yaratish, odamlarning o‘z mehnati natijasidan ko‘proq bahramand bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan vazifalar e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
O‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga yetish da bizning ishonchimiz va suyanchimiz bo‘lgan jondan aziz farzandlarimizga yanada kengroq yo‘l ochib berish har tomonlama muhim ahamiyat kasb etayotganini bugungi kunda barchamiz chuqur his etmoqdamiz.
Ayni shu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida, ya’ni yoshlarimizni haqiqatan ham bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchiga aylantirish, ularning jamiyatimizda munosib va mustahkam o‘rin olishiga poydevor yaratish uchun yangi — 2008-yilni Yoshlar yili deb e’lon qilganimizni, buning ahamiyati va mohiyatini, o‘ylaymanki, xalqimiz, jamoatchiligimiz yaxshi anglab olmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, yangi yildagi barcha maqsad va rejalarimiz xalqimizning turmush darajasini yuksaltirish, yurtimizni go‘zal va farovon, hayotimizni yanada fayzu barakali etishga xizmat qiladi, inshoollo.
Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim!Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Yangi yil har bir yurtdoshimizga sog‘liq-salomatlik, baxtu saodat, har bir oilaga yaxshilik va qut-baraka olib kelsin. Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin.
Parvardigor el-yurtimizni o‘z panohida saqlasin.
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Total words

721

Unique words

502

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

3

TTR

0.696

Hapax

396

Distribution

Top frequency chart

Dataset