🔍

Article

ISLOMXOʻJA MINORASI NECHA METR?

By Komiljon Nurjonov, oʻlkashunos • in 2007

$$Xorazm$$da bo‘lgan har bir kishi ko‘hna Xiva shahrini ziyorat qilmasdan ketmaydi. $$Xiva$$ bugun o‘zining boy madaniy-tarixiy merosi, me’moriy yodgorliklari bilan butun dunyoda mashhur. Ushbu betakror go‘sha $$«YUNESKO»$$ning butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, hozirgi paytda butun yurtimizning gavhar shahri sifatida ko‘z qorachig‘idek saqlanadi.

Shahar-qal’ada hammasi bo‘lib 140 ta tarixiy-me’moriy obida mavjud. So‘nggi 15-yilda ularni tiklash, ta’mirlash va asl holiga keltirish maqsadida bu yerda juda katta ishlar qilindi.

Shu o‘rinda bir mulohaza. Xivadagi o‘z davrining me’moriy mo‘jizasi hisoblangan Islomxo‘ja minorasi haqida turli manbalarda har xil ma’lumotlarga ko‘zingiz tushadi. Aslida bu minora 1908-1910-yillarda Xivada bosh vazir Islomxo‘janing shaxsiy mablag‘i hisobiga qurilgan. U nafaqat Xorazm vohasida, balki Markaziy Osiyoda ham tengi yo‘q go‘zal minora hisoblanadi. Yuqoriga qarab ingichkalashib ketgan minora ko‘k va oq parchinlar, koshinlar bilan jimjamador qilib bezatilib, 12 ta sarg‘ish-qizg‘ish g‘isht belbog‘ bilan almashib keladi. Minoraga 117 ta aylanma zina orqali chiqiladi.

Total words

141

Unique words

126

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

3

TTR

0.894

Hapax

114

Distribution

Top frequency chart

Dataset