$$O‘zXDP Surxondaryo viloyat kengashi$$ raisi [Hamro ERMATOV] bilan muxbirimizning suhbati ichki partiyaviy ishlar va partiya nufuzini oshirish nimalarga bog‘liqligi haqida bo‘ldi.
– [Hamro Egamovich], ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizda partiyamiz a’zolari qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu ishlar viloyatda qanday amalga oshirildi? Uning natijalari haqida to‘xtalsangiz?
– Ushbu tashkiliy-siyosiy tadbir davomida har bir partiya a’zosi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdik, Ularga XDPning yangi Dasturi, uning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlari obdon tushuntirildi.
Chunki, biz son ketidan quvmasdan e’tiqodli a’zolarga ega bo‘lishga qaror qilgan edik. To‘g‘risi, e’tiqodsiz ming a’zodan ko‘ra e’tiqodli yuz nafar a’zo bo‘lgani ma’qul, Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida biz hech kimni iltimos bilan yoki amallab safimizda qoldirishga harakat qilganimiz yo‘q, Har kim o‘z qalbiga quloq tutishiga imkoniyat yaratib berdik.
Qayta ro‘yxatga olish ishlarida partiyaning $$Sherobod$$. $$Qiziriq$$, $$Denov tuman$$ kengashlari faollik ko‘rsatdi. Qayta ro‘yxatga olish jarayoni partiyaning tashkiliy va kadrlar bilan ishlashda to‘planib qolgan muammolarni aniqlash imkonini berdi. Tashkiliy-siyosiy tadbir davomida partiya saflariga ko‘proq yoshlarni qabul qilishga e’tibor qaratildi. Chunki, ular kelajagimiz. Ularni partiya saflariga jalb qilishimizning yana bir sababi shundaki, ular partiyaning dasturiy g‘oyalarini elektorat orasida keng targ‘ib qilish va uni hayotga tatbiq etish, odamlar bilan ishlashda yangicha usul va vositalarni ko‘llashda tashabbuskorlik ko‘rsatadilar.
Partiya saflariga yoshlar kelib qo‘shilishi hisobiga bugungi kunda a’zolarimiz soni 32 ming kishidan oshdi. Ularning aksariyatiga yangi shakldagi partiya guvohnomalari topshirildi.
– Har qanday siyosiy kuch, u partiya bo‘ladimi, boshqa jamoat birlashmasi bo‘ladimi, jamiyatga, aholiga nafi tegsagina odamlar shu tashkilotga biror masalada murojaat qiladi, unga ishonadi. Bu o‘rinda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyatiga ko‘p narsa bog‘liq. Mahalliy Kengashlar deputatlari odamlar ishonchini qay darajada oqlashyapti?
– Deputatlik guruhlarimiz fuqarolardan tushgan ariza va shikoyatlarni umumlashtirib, muammolarni yechish uchun ijroiya organlari oldiga mavjud muammoni qo‘yishmoqda. Masalan, XDPdan saylangan deputatlar guruhi tashabbusi bilan 2006-yilning avgust oyida «Viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ahvoli va uni yanada yaxshilash to‘g‘risida»gi masala xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga qo‘yildi. Sessiyada ushbu masala yuzasidan tadbirlar belgilab olindi. XDP faollarining aralashuvi bilan tadbirlar ijrosi nazoratga olindi. Shundan so‘ng Termiz shahridagi ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 4 ta artezan qudug‘i qazish ishlari boshlandi. Ayni paytda shahardagi «Do‘stlik» mahallasi hududidagi suv chiqmayotgan ko‘p qavatli uylarga suv chiqarish masalasini ijobiy hal etish choralari ko‘rilayapti.
Bugungi kunda partiyamizning viloyat, tuman va shahar kengashlari qoshida 15 ta Jamoatchilik qabulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili ularga 700 ga yaqin arizalar tushdi, Ularning 169 tasi kommunal xizmatlarga doir, 147 tasi yer masalasiga oid. 103 tasi moddiy yordam haqida, 63 tasi ishga joylashtirish xususida, 31 tasi sog‘liqni saqlash tizimi, qolgani xalq ta’limi sohasiga taalluqli bo‘lib, murojaatlarning barchasi e’tiborimizdan chetda qolmadi.
– Ammo, tan olishimiz kerak, kamchiliklarimiz ham oz emas. Biz Yangi – «Ijtimoiy himoya yili»da bu boradagi ishlarimizni keskin kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘ramiz. Hayotning o‘zi bizdan shuni talab etmoqda. Huquq va vakolatlarimiz esa tobora oshmoqda, Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan Davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli- ni kuchaytirish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun va Konstitutsiyaning ayrim moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini o‘qib, o‘rganib, o‘z kuchimizga ishonchimiz yanada oshdi. Zimmamizdagi mas’uliyat yukini ham his etib turibmiz.
– Siyosiy partiya obro‘sini oshirish uchun nimalar qilmoq kerak deb o‘ylaysiz?
– Obro‘ birdaniga kelmaydi, misqollab yig‘iladi. Buning uchun gap bilan ish bir bo‘lishi lozim. Tashabbuskorlik, fidoyilik, burchga sadoqat kerak.