🔍

Article

QADIM SIVILIZATSIYA OʻCHOGʻI

By Muhammadjon Isomiddinov, O‘zRFA arxeologiya instituti … • in 2007

Olimlar insoniyat tarixini o‘rganar ekan, uning eng qadimgi tosh davrlarini yovvoyilik, keyingi davrlarini varvarlik bosqichi, dehqonchilik madaniyati kurtak yozgan davrdan boshlab esa sivilizatsiya bosqichi deb ataydilar. Ular $$O‘rta Osiyo$$ning markaziy hududlarida, ayniqsa, $$Zarafshon daryosi$$ning o‘rta va yuqori oqimlarida shunday sivilizatsiyalar qachon boshlanganligi to‘g‘risida ko‘p vaqtlardan buyon bosh qotirib kelishgan. Aslida Samarqand atroflaridagi $$Omonqo‘ton, Angillak kabi tog‘li hududlar$$dagi g‘orlarda, $$Qo‘tirbuloq va Zirabuloq kabi makonlar$$da ibtidoiy odamlar o‘rta tosh davridan e’tiboran yashay boshlaganliklari ma’lum. $$Samarqand shahri$$ hududida esa yuqori paleolit davri odamlarining turar-joy makonlari topib o‘rganilgan.

Keyingi mezolit va neolit davrlarida ham ibtidoiy odamlar yashagan makonlar $$Samarqand$$ning janubiy taraflaridagi tog‘ etaklarida, ayniqsa, Sazog‘on atroflarida va asosan tog‘ soylari yoqalarida joylashgan yerlardan ko‘plab makonlar topilgan. Bu yodgorliklar $$Samarqand vohasi$$da insoniyat eng qadimgi davrlardan buyon uzluksiz yashab kelishini ko‘rsatadi.

$$O‘rta Osiyo$$ning ko‘plab hududlarida neolit davrida, ya’ni miloddan ilgarigi 6-6 ming yilliklarda ibtidoiy odamlar faqat ovchilik, baliqchilik qilib, ayrim yerlarda chorva mollari boqib kun ko‘rishar edi. Bu davrdagi yagona dehqonchilik bilan kun ko‘radigan ibtidoiy qabilalar Turkmanistonning janubiy qismlaridagi Joytun makonidan hamda Kaspiy bo‘ylaridan va yana boshqa makonlardan topilgan yodgorliklardan ma’lum. Joytun makonida ilk dehqon qabilalarining bir xonali uylari va uning atroflari o‘ralgan hovlilarida o‘choq va xo‘jalikka kerakli inshootlar bo‘lar edi. $$Zarafshon vohasi$$ning $$Turkmaniston janubi-g‘arbiy hududlari$$dan farki shunda ediki, bu yerlardagi neolit davri makonlarida yashaydigan qabilalar hali ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanishar edi.

Miloddan avvalgi IV ming yillikda insoniyat tarixida yangi davr - metallurgiya davri boshlandi. Ya’ni, insoniyat tomonidan dastlabki mis kashf etildi. Mis nisbatan yumshoq metall bo‘lganligi uchun u toshni siqib chiqara olmadi. Bu davrda ko‘p qurollar toshdan yasalar edi va shuning uchun bu davr eneolit lotincha mis-tosh davri deb ataladi. Xuddi shu davrda Turkmanistonning janubiy qismidagi $$Kopetdog‘ etaklari$$ dastlabki ibtidoiy dehqonlar bilan to‘liq egallandi. O‘rta Osiyoning qolgan qismlaridagi aholining kundalik turmush kechirish darajasi to‘liq, tabiat ne’matlariga bog‘liq bo‘lib, ovchilik, baliqchilik qilib kun ko‘rishga moslashgan Kaltaminor madaniyatiga mansub qabilalar yashashar edi. Har holda, yaqin kunlargacha deyarli hamma darsliklarda «Urta Osiyoning markaziy hududlariga dastlabki dehqonchilik madaniyati Turkmanistonning janubiy hududlari, $$Eron va Afg‘oniston$$ tomondan kelgan degan tushuncha keng ayilgan edi.

Agar $$Samarqand shahri$$dan 40 km. sharqda - $$Zarafshon daryosi$4ning shundoqqina bo‘yida, $$Tojikiston$$ bilan chegara postida joylashgan $$Sarazm qishlog‘i$$da qilingan kashfiyot bo‘lmaganda, biz o‘sha eski tasavvur bilan qolgan bo‘lardik.

$$Sarazm qishlog‘i$$dagi [Avazali ota] o‘zining hovlisida yer chopayotib, tashqi tomoni ancha ko‘karib ketgan, lekin ichki tomondan sariq buyumni topib oladi. Buyumni ko‘pchilikka ko‘rsatishiga qaramay uni tushunib yetadigan bironta odamni topa olmaydi. Shundan so‘ng uni arxeolog $$Abdullajon Isaqov]ga ko‘rsatishadi. Arxeolog bu topilma eneolit, ilk bronza davriga oid bolta ekanligini bilib, topilma aniqlangan joyni ko‘zdan kechiradi va tezlik bilan bu yodgorlikni o‘rganish uchun arxeologik ekspeditsiya uyushtiradi.

Bu yodgorlik bo‘yicha bir necha yillar davomida arxeologik izlanishlar olib borgan A.Isaqovning ilmiy natijalariga fransiyalik olimlar ham qiziqib qolishdi. Chunki, eneolit va ilk bronza davriga oid bunday yodgorlik bu atrofda umuman ma’lum emas edi. Shuning uchun ular ham qazishmalarda qatnashishga qaror qilishdi.

Sarazm yodgorligi shu qishloq osti va uning janubi-sharqiy qismlarida 100 gektarga yaqin yerni egallagan yodgorlik ekanligi aniqlandi. Yodgorlikning qatlamlari sinchiklab o‘rganilganda, uning birin-ketin keluvchi 4 ta madaniy qatlamdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi. Birinchi qatlamning paydo bo‘lishini arxeologlar miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi choragi bilan belgilashdi. Bu davrlarda Turkmanistonning janubiy hududlarida ko‘lda tayyorlangan sopollarning ustidan polixrom va monoxrom ranglarda naqsh berish odati keng yoyilgan edi. Sarazm yodgorligi quyi qatlamlaridagi sopollar ham shunga yaqin ekanligi aniqlandi.

Ikkinchi qatlam davrida yashagan qabilalarning iqtisodiy va madaniy aloqalari juda ham keng hududlarni qamrab oladi. Bu Afg‘onistondagi Mundigak, Mergar, Erondagi Shaxri So‘xta, Tepa Yaxyo, Tali Iblis va boshqalar. Bu yerdan tilladan yasalgan ayrim buyumlar ham topilgan bo‘lib, ularga o‘xshash buyumlar Messopotamiyaning Uruk yodgorligidan ham qazib olingan. Shu bilan birga yodgorlikdan topilgan ko‘plab chig‘anoqlarning qoldiqlari Hind okeani va Fors ko‘rfazidagi dengizosti chig‘anoqlariga xos ekanligi aniqlandi.

Yodgorlikning uchinchi qatlamida Sarazmda ko‘p xonali uylar bilan birga jamoatga tegishli ibodatxona va bug‘doy saqlanadigan omborxonalar paydo bo‘lganligini va aynan shu davrdan boshlab arxitektura obyektlarini qurishda monumentalizm kuchayganini ko‘ramiz. Ya’ni, imoratlar devorlari g‘ishtdan juda qalin va pishiq qilib ko‘tarilgan. Uylarning zallari, mehmonxonalar yirik va baland qilib qurilgan.
Sarazmning taraqqiyotidagi to‘rtinchi bosqichda (miloddan avvalgi 3 ming yillikning oxiri - 2 ming yillikning boshi) bu yerlarda shakllangan eng dastlabki sivilizatsiyaning inqirozga yuz tutganini koʻramiz.

Sarazm madaniyatining o‘tgan asr 70-yillarida topilishi va o‘rganilishi mutaxassis-olimlar o‘rtasida katta ilmiy tortishuvlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu tortishuvlarning asosiy mavzusi – Sarazm madaniyati qadimgi Sharq sivilizatsiyalaridan juda uzoq bo‘lgani holda bu yerga qayerdan kelib qolganligini ko‘pchilik tushunmas edi. Aynan Sarazmni aniqlagan arxeolog Abdullajon Isaqov shu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yozdi. Unda olim Sankt-Peterburg va Moskvadagi yirik olimlar bilan kengashgan xolda, Zarafshon vohasiga bu ilk dehqonchilik madaniyati Janubiy Turkmaniston va Shimoliy Eron hududlarida keng tarqalgan Geoksyur madaniyatining bir guruh sohiblari yangi o‘zlashtiriladigan yerlarni qidirib Zarafshon vodiysining yuqori qismlariga kirib kelishi oqibatida vujudga kelgan, degan asosiy g‘oyani beradi. Bu, albatta, o‘z paytida ancha to‘g‘ri, o‘sha davr arxeologiyasi imkoniyatlaridan kelib chiqib aytilgan xulosa edi. Lekin vaqt o‘tib har qanday g‘oya ham yangi ma’lumotlar oldida o‘z kuchini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Biz $$Ko‘ktepa yodgorligi$$ni 90-yillarning boshlarida topganimizdan keyin bu yodgorlikka asos solgan aholi qayerdan kelib qolgani bilan qiziqib, beixtiyor Sarazm madaniyati kelib chiqishi muammosiga yana ro‘para keldik. Hamma gap shundaki, Sarazmda arxeologik qazishmalar olib borgan fransiyalik arxeologlar bu yerda kuyib ko‘mirga aylangan dehqonchilik mahsuloti koldiqlarini o‘rganib, «bu mahsulotlarni yetishtirgan dehqonlar juda ko‘p yillar davomida dehqonchilik qilish asosida shakllangan va faqat sug‘orma dehqonchilik tufayli vujudga kelgan tajriba va an’analarga ega degan xulosani chiqarishdi.

Xuddi shunday xulosa Sarazm yodgorligidan topilgan turli hayvonlarning suyaklarini o‘rganish natijasida bu yerdagi hayvonlarning asosiy qismi xonaki, uyda boqiladigan hayvon turlari ekanligi, ularni boqish va ko‘paytirishda sarazmliklarning tajribasi beqiyos kattaligi aytildi.

90-yillarning boshlarida Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi N.Avanesova tomonidan Samarqand bilan Sarazm o‘rtasida, Zarafshon daryosining qirg‘og‘ida To‘qaytepa nomli deyarli buzilib ketgan tepa topildi. U qazib o‘rganilganda, Qozog‘istonning shimoliy qismlarida va Ural tog‘lari atroflarida yashaydigan chorvador aholining bu yerga kelib Sarazmning dehqonchilik madaniyati aholisi sohiblari bilan birgalikda bronza quyish bilan shug‘ullangani aniqlandi. Ularning metall eritadigan pechlari, shlak, o‘zlari bilan olib kelgan sopol idishlari topildi.

Bu makon, albatta, Sarazmning oxirgi bosqichiga xos bo‘lishi kerak. Bu yerda qadim davrlardan shakllangan metallurgiya bazasi Zarafshon vohasining keyingi davrlardagi taraqqiyotida asosiy iqtisodiy asoslardan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Sarazm aholisining kelib chiqishini aniqlash maqsadida fransiyalik olima, qadimgi kulolchilik buyumlari bo‘yicha yirik mutaxassis Bertil Leonedan «qadimiy qatlamlardan topilgan sopol buyumlar janubiy Turkmanistondagi Geoksyur yodgorligidan ko‘ra ko‘proq Sarazmnikiga o‘xshaydimi?» deb so‘rasam, u «yo‘q, ular ancha boshqacha» degan javobni berdi. Shunday ekan, qanday qilib janubiy Turkmanistondan Zarafshon vohasiga kelgan qabilalar bu yerda boshqa sopol ishlab chiqarishlari kerak?

Shundan keyin fransuz olimi Sarazm sopollariga bag‘ishlangan alohida monografiya chiqarib, bu yerda ishlab chiqilgan kulolchilik buyumlariga o‘ziga xos sayqal berilgani, ko‘proq ular qizil rangli bo‘lib, idishlarni kuydirish paytida yuzasida qora va kul rangdagi dog‘lar paydo bo‘lganligi to‘g‘risida yozdi. Albatta, bular Sarazm madaniyatini belgilaydigan alohida o‘ziga xos belgilar edi.

Sarazm madaniyati va bu yerdagi ilk sivilizatsiya miloddan ilgarigi II ming yillikning boshlarigacha rivojlanib, bizga hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra tanazzulga uchraydi. Lekin, fikrimizcha, kulolchilikning aynan shu Sarazmda boshlangan an’analarini biz keyinroq Farg‘ona vodiysining Chust madaniyatida davom etganligini ko‘ramiz.

Shunday qilib, hozirda Samarqandning 2750-yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, bu shahar bo‘sh joyda o‘z-o‘zidan vujudga kelib qolmaganini, balki u shahar bo‘lib shakllangunga qadar juda qadimgi davrlarga borib taqaladigan shaharsozlik madaniyati an’analariga ega ekanligini ta’kidlashni istardik. Bu yerda vujudga kelgan qadimgi dehqonchilik madaniyati ham mahalliy neolit davri madaniyatlari, Hisor va Farg‘onaning neolit davri madaniyatlarining o‘zaro rivojlanishi va bir-biriga ta’siri natijasida vujudga kelgan, deb qaramoq kerak.

Total words

1,201

Unique words

733

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

18

TTR

0.610

Hapax

535

Distribution

Top frequency chart

Dataset