🔍

Article

ENG DOLZARB MASALALARDAN BIRI YOKI AHOLINI QISH MAVSUMIDA GAZ BILAN TAʼMINLASHNING bugungi ahvoli haqida mulohazalar

By Nomoz SA’DULLAYEV, «O‘zbekiston ovozi» maxsus … • in 2006

$$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ V qurultoyi partiyaning yangi Dasturi g‘oyalarini bayon qilib, muhim vazifalaridan biri - muxolifatdagi so‘l siyosiy partiya sifatida odamlar farovonligining yagona o‘lchovi - islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish uchun o‘zining aniq takliflari- ni jamiyatga ochiq bildirdi.

Ulardan birini - «Qishloqda zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani… yaratish, uni tabiiy gaz… bilan ta’minlanish darajasini shahar aholisi darajasiga yetkazish» deb ta’rifladi…

2002-yilda $$«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi jurnali$$ $$«O‘zbekiston neft va gaz sanoati»$$ sahifalaridan birida shunday yozilgandi:

$$«O‘zbekiston Respublikasi$$ rivojlangan va yetarli quvvatga ega gaz quvurlari tarmog‘iga ega. Ular yordamida tabiiy gazni nafaqat respublika iste’molchilariga, balki eksportga yetkazib berish imkoniyati mavjud…

$$O‘zbekiston$$ va uning gaz uzatish tizimiga yondosh boshqa qo‘shni dav- latlar bo‘yicha gaz iste’molining istiqbolli hajmlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, xomashyo bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda $$O‘zbekiston gaz uzatish tizimi$$ orqali tovar gaz uzatish hajmi 2010-yilga qadar 70 milliard kub metrga yetadi…

O‘h-xo‘o‘! E’tibor bering, yana 5-yildan so‘ng mamlakat gaz uzatish hajmi 70 milliard kub metrga yetadi, deyilayapti. 70 milliard kub metr?! Tasavvur etib ko‘ring, bu - respublikamiz gaz sanoati majmualari va zaxiralari nechog‘li ulkan salohiyatga ega ekanligini ifodalovchi ko‘rsatkich!

Xo‘sh, nega endi, shuncha salohiyatimiz bo‘la turib, O‘zXDP o‘zining yangi Dasturida aholini tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasini shahar aholisi darajasiga yetkazish borasida taklif kiritayapti?

Ammo, erkin bozor to‘g‘risidagi liberal g‘oyaga qarshi - ijtimoiy bozor iqtisodiyoti, ijtimoiy adolat, ijtimoiy birdam- lik, g‘oyalarini ilgari surayotgan XDPning kuyunganicha bor…

Nega yil sayin kish-qirovli kunlar boshlanar-boshlanmas, mutasaddi muassasalar, tashkilotlar, idoralar va tahririyatlarga fuqarolardan gaz bosimi pasayib ketayotganligi yoki umuman uzib qo‘yilayotganligi haqida shikoyatlar arznomalar, e’tirozlar tusha boshlaydi?

Birgina o‘tgan yil qish oldidan va to qish chiqquncha $$«O‘zbekiston ovozi»$$ gazetasi tahririyati mazkur mavzuda 40 dan ziyod shikoyatlar oldi. Ularning eng xarakterli topilganlari gazeta sahifalarida bosildi ham. Ammo javoblarning ko‘pida katta-katta korxona va tashkilotlar gaz ta’minoti idorasidan debitorlik qarzlarini ko‘payib ketayotgani yoki aholining ma’lum bir qismi gaz haqqini o‘z vaqtida to‘lamayotgani sabab qilib ko‘rsatiladi.

…Mana, nihoyat bu yilgi qish ham boshlanganiga bir oydan oshayapti. Xo‘sh, aholini gaz bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha bugungacha Respublika $$«O‘zkommunxizmat» agentligi$$ning aholi va korxonalar gaz ta’minoti Bosh boshqarmasi qanday chora-tadbirlar ko‘rdi va ko‘rayapti? Nima yangiliklar bor?

[Zafar MIRSAIDOV,] Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari:

- Respublikadagi jami 4 mln. 833 ming aholi xonadonlarining deyarli 4 mln. 65 mingtasi tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan. Aholi xonadonlarini gazlashtirish mustaqillik davrida jadal sur’atlarda amalga oshirildi. 1991-yilda respublikadagi aholi xonadonlari 44,6% gazlashgan bo‘lsa, 2005-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 85% bo‘ldi. Ushbu raqamni boshqa mamlakatlar bilan solishtirsak, aholi xonadonlarini gazlashtirish darajasi Rossiyada 53%, Kozog‘istonda 52%ni tashkil etadi.

Shuningdek, aholiga sotilayotgan tabiiy gazning narxi O‘zbekistonda eng arzon bo‘lib, 1000 m hajmdagi gaz bahosi 9,5 $$AQSH$$ dollariga teng (yoki 1 m3 11 so‘mni tashkil etadi). Qiyoslash uchun, masalan, aholi ehtiyoji uchun ishlatiladigan 1000 m3 hajmdagi tabiiy gazning narxi Italiyada 500, $$Germaniya$$da 405, $$Qozog‘iston$$da 83, $$Ukrainada (2006-yil 1-yanvarga qadar) 56,4, Rossiyada 27,7 $$AQSH$$ dollarini tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil etish maqsadida hukumatimiz tashabbusi bilan 2001-yildan boshlab, aholi xona- donlariga gaz o‘lchash asboblarini o‘rnatish boshlandi. Bugungi kunga kelib respublikadagi jami gazlashgan aholi xonadonlarining 98%iga gaz hisoblagichlar o‘rnatildi.

Aholi xonadonlariga gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi natijasida tabiiy gaz sarfini hisoblab borish takomillashtirilgani bilan birga, undan tejamkorlik bilan foydalanishga ham erishildi. Jumladan, 2003-yilda 2 mln. xonadonga (50%) gaz o‘lchash asboblari o‘rnatilganda 17,5 mlrd. m3 tabiiy gaz iste’mol qilingan bo‘lsa, 2005-yilda 3,9 mln. xonadonga (98%) o‘rnatilishi gaz sarfini 15,8 mlrd. m3 (2003-yilga nisbatan 1,7 mlrd, m3) gacha kamayishiga erishildi.

Shuningdek, markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimidan yakka yoki lokal tizimga o‘tish uchun katta quvvatga ega bo‘lgan isitish qozonxonalarini bosqichma-bosqich kichik qozonxonalarga almashtirish masalasini hal etish zarur. Ushbu masala hal etilsa, issiqlik uzatish quvurlarini qisqartirish va chetdan keltiriladigan metall quvurlar hajmini kamaytirish hamda aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatining sifatini yaxshilash, tannarxini arzonlashtirish va sarflanayotgan tabiiy gaz hajmini katta miqdorda iqtisod qilish imkoniyati tug‘iladi.

Respublika bo‘yicha jami 114,679 ming km. tabiiy gaz quvurlari mavjud bo‘lib, ulardan 3 ming km. - 50-yil oldin, 7 ming km. - 40-yil oldin, 23 ming km. - 30-yil oldin qurilgan. Shu kunga kelib 33 ming kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari o‘z foydalanish muddatlarini o‘tab bo‘lgan. Har yili respublikada ushbu gaz quvurlaridan ma’lum qismi reja asosida mukammal ta’mirlanadi. Jumladan, 2003-yilda 310 km., 2004-yilda 500 km., 2005-yilda esa deyarli 600 km. gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, foydalanishda 61 mingdan ziyodroq gaz jihozlari mavjud. Ular davriy ravishda ta’mirlanib, takomillashtirilib va yangilab borilmoqda.

Shu bilan birga ushbu masalada amalga oshirilayotgan ishlar hali yetarli emas. Gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va gaz jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazib borish ishlarini jadallashtirish uchun katta miqdordagi mablag‘lar talab etiladi. Biroq, aholi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilmasligi yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etishda gaz ta’minoti korxonalari oldida katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shu kungacha aholining jami qarzdorligi 51889 mln. so‘mni tashkil etadi.

Aholining kommunal to‘lovlar bo‘yicha debitor qarzdorligini qisqartirish ishlariga hozirgi kunda barcha kuch va imkoniyatlar jalb qilingan. Jumladan, joylarda mahalliy fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, hokimliklar vakillari, kommunal korxonalar xodimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, bank va pochta xizmatlari bilan birgalikda mahallalarda aholidan ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar haqlarini undirish borasida tegishli ishlar tashkil etilgan. Hozir Toshkent shahrida gaz tanqisligi bo‘yicha muammolar deyarli hal etilgan.

Ayni kezda - qishning sovuq kunlarida Toshkent shahrining gaz iste’moliga bo‘lgan ehtiyoji 23-25 mln. m ni tashkil etadi. Magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimining kamayishi sababli shahar gaz tarmoq- lariga berilayotgan bosim shartnomaviy 8 atmosfera bosimdan amalda 3-4 atmosferaga tushib ketganda, shaharning ayrim hududlarida birozgina gaz taqchilligi sezilgan- dek bo‘ladi. Xususan, Uchtepa tumanidagi «O‘rikzor» dahasining ayrim ko‘chalari, Shayxontohur tumanidagi Samarqand Darboza dahasi, Hamza tumanidagi Yangiobod dahasi shular jumlasidandir. Holbuki, hozir juda katta miqyosdagi ishlar qatori bu «sezilish»ning ham oldini olish tadbirlari ko‘rilmoqda.

Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida kuz-qish davrida gaz berish kafolatlanmagan tashkilotlarga o‘zaro tuzilgan shartnomalarga ko‘ra ko‘mir va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tishlari to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilgan. Bu kabi iste’molchilarni gaz tarmog‘idan o‘chirish tadbirlari joriy yilning 15-noyabridan boshlab olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati hududida joylashgan «Shimoliy So‘x» va Andijon viloyatidagi «Xo‘jaobod» gaz omborlari aholini qish mavsumida gaz bilan ta’minlashni yaxshilash imkonini beradi. Ushbu gaz omborlaridan vodiy aholisiga qo‘shimcha bir kecha-kunduzda 19 mln m gaz Qashqadaryo viloyatining magistral gaz quvurlari orqali yetkazib beriladi.

«O‘zkommunxizmat» agentligi tomonidan 2005-yilning mart oyida gaz tarmoqlarini 2005-2006-yillar kuz-qish ma mavsumiga tayyorlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra tarmoqlarni mukammal va joriy ta’mirlash, gaz taqsimlash punktlarini taftishdan o‘tkazish, tarmoqlarni rekonstruksiya qilish va halqalash, shuningdek boshqa zarur ishlar to‘liq bajarildi. Qish mavsumida respublika- ning 1500 tadan ortiq gaz yetib bormaydigan aholi yashash joylari ro‘yxatga olinib, ularning muqobil yoqilg‘i turlari (ko‘mir, o‘tin, suyul- tirilgan gaz)ga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlandi hamda tegishli viloyat hokimliklari va hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan birgalikda ular mazkur yoqilg‘i turlari bilan ta’minlanmoqda…

…Yuqorida «O‘zbekiston neft va gaz sanoati» jurnalini tilga oluvdik. Undan yana bir iqtibos keltiramiz «Respublikadagi magistral gaz-quvurlari tarmog‘ining umumiy uzunligi bir yo‘nalishda 12,66 ming kilometrni tashkil etadi. Magistral gaz tarmoqlari asosan ishchi bosimi 5,5 Mpa bo‘lgan diametri 1000, 800, 700 mm.li quvurlardan iborat. Ishchi bosimi 7,5 Mpa bo‘lgan diametri 1200 va 1400 mm. quvurlar Urta Osiyo - Markaz gaz tarmog‘iga kiradi. Gaz tarmog‘i tizimining faoliyati - 25 tadan ziyod kompressor shoxobchalari, turli tipdagi 300 ta agregatlar bilan jihozlangan 43 ta sexlar orqali ta’minlanadi…»

Qarang, hayratli salohiyat, hayratli imkoniyatlar… Lekin aholini gaz bilan ta’minlashga kelganda, go‘yo bizda u chindan ham tanqisdek… «O‘zkommunxizmat» agentligi boshqarmasi ro‘yxatga olgan (gaz yetib bormagan) 1500 dan ortiq aholi manzillariga hamon o‘tin, ko‘mir yetkazib berishda otarli choralar ko‘rilmayapti. Buning ustiga narxini aytmaysizmi? Yil sayin, choraklik sayin, ba’zan oy sayin – ko‘tarilsa ko‘tariladiki, tushmaydi.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbidan gazni tranzit asosida yetkazib berishga mo‘ljallangan O‘rta Osiyo - Markaz va Buxoro-Ural gaz tarmog‘i o‘tgan. Va yana Respublikamizda gaz uzatish tizimining o‘ziga xos xususiyati - u davlatlararo ahamiyatga ega, Qo‘shni davlatlar Qozog‘iston (janubiy qismi), Qirg‘iziston, Tojikiston o‘zbek gazi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari Turkmaniston o‘z gazini xorijga eksport qilish uchun O‘zbekistonning gaz uzatish ti- zimlaridan foydalanadi…

Endi bir mulohaza qiling: Shunday katta imkoniyatlarga ega bo‘lsak u «O‘ztransgaz» AK gaz tarmoqlarida bosimni xohlagan paytda pasaytirsa, xohlagan paytda narxini oshirsa, ta’minotda nomutanosiblikni vujudga keltirsa, xizmat sifatini pasaytirsa - bu, monopolistlarcha ish uslubi emasmi? Bu hol, tabiiyki, XDP himoya qilishga bel bog‘lagan o‘zining ijtimoiy tayanchi aholining ijtimoiy zaif qismi ahvoliga va uning manfaatlariga salbiy ta’sir qilayapti.

Hozir respublika bo‘yicha gazlashtirish darajasi o‘rtacha 75,1 foiz deb olinayotgan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkichga ko‘ra viloyatlarda gazlashtirish darajasi eng yaxshi sanalgan tumanlar, shaharlar va hatto ayrim mahallalarda ham mazkur ko‘rsatkich tasdiqlanmayapti. Masalan, Ohangarondek (Toshkent viloyati) sanoatlashgan tumanning Susam, Telov qishloqlarida bu ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etmoqda. Viloyatning Yangiyo‘l tumanidagi Abdulla Ortiqov, Musayev Niyozbosh qishloqlarida, Navbahor qishlog‘ining Kesken mahallasida aholiga gaz uzatish sifati qish fasli oylarida ko‘ngildagidek bo‘lmayotganidan e’tirozlar bildirilayotgan bo‘lsa, Ohangarondagi Qo‘rg‘on, Yangiobod mahallalarida o‘tgan yil qish bo‘yi gaz bo‘lmadi. Xonobod, Navbahor, Bo‘ston mahallalarida bosim o‘ta past bo‘ldi. Odamlarning turli idoralarga qilgan murojaatlari ham natija bermadi.

Surxondaryodagi Sariosiyo tumani- da gazlashtirish ko‘rsatkichi 62, Sirdaryodagi Boyovut tumani, «Boyovut-1» xo‘jaligida 72 foizga yetgan. Samarqanddagi Qo‘shrabot tumanida Zarmitan oltin qazib olish korxonasi atrofidagi 2-3 ta qishloqlarni hisobga olmaganda butunlay gazlashtirilmagan. Yoki Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Dexibaland qishlog‘i qoq o‘rtasidan kesib o‘tgan gaz quvuri bor-u, katta bir aholi manzili (atrofdagi Chashma, Ajrim singari qishloqlarni qo‘ya turing) hanuz gazlashtirilmagan, Bunday misollarni mamlakatning boshqa tumanlaridan ham keltirish mumkin.

Ustiga-ustak, ijtimoiy mushkullik omillaridan biri - gaz yetkazib berish xizmati sifatining mutlaqo past darajada ekanligi bo‘lmoqda. Joylarda kunning ayrim soatlari- dagina gaz berib, qolgan soatlarda o‘chirib qo‘yilayotgan grafik tashkil etilgan. Hatto shunday qishloqlar, ovullar borki, gaz tarmog‘i mavjud bo‘lsa-da, o‘tgan yil butun qish bo‘yi gaz bilan ta’minlanmadi.

Tizimda yana bir og‘riq nuqta - gazlashtirilgan xonadonlarga schetchiklar o‘rnatish ishlari hamon poyoniga yetmadi. Holbuki, bu yumush 2005-yilning 1-sentyabriga kadar to‘la nihoyasiga yetkazish haqida hukumat qarori bor edi. Hatto eng ilg‘or hisoblangan hududlarda ham bu ko‘rsatkich kutilgan darajada bo‘lmadi. Topib olingan sabab (bahona deyish ham mumkin!) ta’minotchilar schetchiklar yetkazib berisholmayotgan emish…

Holbuki, davlatimiz rahbari hali 1993-yildayoq (9-oktyabr, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi sessiyasida) «Aholining ahvolini hisobga olsak, bugungi eng dolzarb masalalardan biri - xalqni ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlashdir», - degan edilar. Oradan shuncha yillar o‘tibdi hamki, bu masalalar hamon dolzarb- ligicha qolmoqda. Gazlashtirilmagan va gaz uzatish sifati yomon ahvolga tashlab qo‘yilgan joylarda, tabiiyki, maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalarda bu yil ham qishki mavsumi yengil kechmaydi.

Bunday ijtimoiy muammolarning yechimida O‘zXDPning V qurultoyi minglab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha partiyadoshlariga «…Qachon bizni kimdir chaqiradi, kimdir so‘raydi, kimdir taklif qiladi, deb kutmasligimiz kerak» - deya murojaat qilishi ham ayni muddao, Zero, tumanlarning hokimlari orasida faollarimizni chaqirib; «XDP tuman kengashi bizga nimani taklif qiladi?» - deb so‘raydiganlari kamdan kam bo‘lsa kerak. Shu jihatdan olganda qurultoy minbaridan aytilganidek, biz o‘zimiz tashabbus ko‘rsatishimiz, hokimliklar oldiga faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi - aholining ijtimoiy himoyasi borasida takliflar bilan chiqishimiz, tegishli ijtimoiy masalalarni qo‘yishni o‘rganishimiz. bulargina emas, ayni shu masalalarning yechimi yo‘llarini ham ko‘rsata olishimiz lozim bo‘lib turibdi.

Shu bois, partiya, so‘zsiz, bu ishlar- da (xususan, bandlik muammosini yechish, aholining nochor qatlamini muhofaza qilish, gaz va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, tabiiy ekologik muhitni saqlash va hokazo masalalarda) faqat davlat hokimiyati mahalliy organlari hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi vakillarigagina emas, o‘zining g‘oyaviy sheriklari - kasaba uyushmalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari, nogironlar, pensionerlar, xotin-qizlar tashkilotlari va yana ko‘pdan ko‘p idoralar-u muassasalarga ham tayanamiz, demoqda.

Chunki, joylardagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tegishli masalalarni qo‘yish va ijro etilishini ta’minlashga erishish uchun hozir bizda katta imkoniyatlar bor… Ayni paytda zarurat ham!

TAHRIRIYATDAN:
Xalq farovonligini ta’minlaydigan eng muhim tarmoqlar rivojiga alohida e’tibor berishni endilikda turmushning o‘zi talab qilmoqda. Jumladan, gaz ta’minoti ham hayotiy ehtiyojdir. Hukumatimiz bu yo‘lda keng miqyosli ishlarni amalga oshirdi. Ko‘plab konlar ochildi. «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi 2004- 2020-yillarga mo‘ljallangan qidiruv, burg‘ulash, parametrli burg‘ulash, istiqbolli gaz mintaqalarida seysmik razvedka ishlarini olib borish, uglevodorod xomashyosi zaxiralari o‘sishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.

Biroq, bu yo‘lda hali ishlar qilinishi, ko‘p sa’y-harakatlar bo‘lishi lozimligi ham yuqorida e’lon qilingan maqola va unda ko‘tarilgan masalalar asnosida yaqqol ko‘rinib turibdi. Shu bois, tahririyatimiz mazkur mavzuni gazetamizning kelgusi sonlarida ham izchil yoritib borishga qaror qildi.

Shu munosabat bilan mutaxassislar va viloyatlardagi hamkasblarimiz, gazetxonlarimizdan fikrlar, takliflar va mulohazalar bitilgan xatlar hamda maqolalar kutib qolamiz.

Total words

1,942

Unique words

1191

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

12

TTR

0.613

Hapax

885

Distribution

Top frequency chart

Dataset