Xalq oʻzining bilimdon, mehnatkash, uddaburon farzandlari bilan hamisha faxrlanib yurgan. Aslida ham xalqni el-yurtga tanitadigan, uni mashhur etadigan alohida iste’dodli kishilari boʻladi. Ular — xoh chavandoz, xoh olim, xoh shoir, xoh rahbar boʻlsin — baribir el koʻz oʻngida faoliyat koʻrsatadi. Chavandoz marraga birinchi boʻlib borsa, sovrin berishdan oldin “Qaysi yurt oʻgloni?” deb soʻraladi. Olim kashfiyoti, shoʻirning she’ri, rahbarning elparvarligi haqida ham shunday mulohazalar aytish mumkin.
Buyuk deb maqtanib yurganimiz Ittifoq tarqab ketgach, $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Rostini aytganda, oʻshanda yoshi ulugʻ kishilar quvongan, koʻziga yosh olganini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Bu kishilar mustamlaka zulmini koʻrgan insonlar edi. Respublikamizning birinchi Prezidenti saylanganda ham oʻshalar dastlab ovoz berganlariga ishonaman.
Mana, oshkoralik qoidalariga qat’iy amal qilingan tartibda umumxalq saylovi oʻtkazilganiga ham bir yil boʻldi. Tarix uchun bir yil hech gap emas. $$Oʻzbekiston$$da prezidentlik boshqaruvi hamda viloyat, shahar, tumanlarda hokimlik tizimi qaror topganidan buyon oʻtgan qisqa fursatda jumhuriyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida asrlarga teng ishlar qilindi, bunga koʻz yumib bo Bunga misolmi? Mustaqillikka erishganimizning oʻzi bir gʻurur. Prezidentlik boshqaruvi tufayli tinch, osoyishta yashayotganimiz — katta gʻurur. Mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik chet el sarmoyadorlarining $$Oʻzbekiston$$da koʻproq faoliyat yuritishiga turtki boʻlmoqda. Jahondagi eng nufuzli firmalar, korporatsiyalar $$Oʻzbekiston$$da qoʻshma korxonalar ochib, oʻzaro manfaatdorlikka asoslangan aloqalarni kengaytirishga intilmoqda.
Bularning barchasi uchun Prezidentimiz [Islom Karimov]ga ming bor minnatdorchilik bildiramiz. Chunki Prezidentimiz ichki va tashqi siyosatni oqilona yoʻlga qoʻyib, respublikamizni yorugʻ istiqbol sari etaklab borayotgan jafokash yurtboshi boʻlib turibdi. Boshingiz omon boʻlsin, [Islom Karimov]!
Total words
231
Unique words
200
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
4
TTR
0.866
Hapax
176
Distribution
Top frequency chart
Dataset