🔍

Article

HOMIYLIK FALSAFASI

By Saida SAYXUN, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2006

Yurtdoshlarimiz «Homiylar va shifokorlar yili»ni yorug‘ yuz bilan kutib oldi.
Qadimdan xalqimizda homiylik an’analari chuqur ildiz otgan, falsafiy mazmun-mohiyat kasb etgan.

Zero, homiylik teran tushuncha. Uning qanday moddiy va ma’naviy qirralari, jihatlari bor? Kimlar homiylik qila oladi? $$O‘zbekiston Fanlar akademiyasi$$ $$[Ibrohim Mo‘minov] nomidagi «Falsafa va huquq» instituti$$ning direktori, yuridik fanlari doktori [Rustam RO‘ZIYEV] bilan suhbatimiz ana shu haqda.

– [Rustam Jabborovich], homiylikning falsafiy va huquqiy asoslari, tarixi haqida so‘zlab bersangiz.

– Har qanday jamiyatda xalqning sihat-salomatligi mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Binobarin, bizning jamiyatimizda elning salomatligi, kelajak avlodni jismonan baquvvat, ma’nan barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.

Ma’lumki, 1997-yil mamlakatimizda «Inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingan bo‘lsa, keyin $$«Oila yili»$$, $$«Ayollar yili»$$, $$Sog‘lom avlod yili»,$$ $$«Onalar va bolalar yili»,$$ $$«Qariyalarni qadrlash yili»,$$ $$«Obod mahalla yili»,$$ $$«Mehr va muruvvat yili»,$$ $$«Sihat-salomatlik yili»$$ Davlat dasturi doirasida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Zero, yillarning bunday atalishi falsafiy mazmun-mohiyatga egadir.

Homiylik xalqimizga xos u milliy qadriyatlarimizdan biridir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Homiy deganda, yon-atrofdagi beva-bechoralarga, yetim-yesir, muhtoj kishilarga ko‘mak va yordam berishga, odamlarning dardiga hamdard bo‘lishga, qadrdon qishlog‘i yoki shahrini obod qilishga intiladigan, bir so‘z bilan aytganda, savob ish qilib yashaydigan insonlarni tasavvur qilamiz».

Homiylikning falsafiy, huquqiy jihatlari ham mavjud. Bugungi kunda amalda bo‘lgan fuqarolik kodeksimizda hadya munosabatlariga alohida bob ajratilganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Xayr-ehson, hadya homiylik munosabatlarining bir ko‘rinishi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Biz milliy qadriyatlarga, boy madaniy merosga ega xalqmiz. Homiylik milliy qadriyatlari- mizdan biridir, Xayr-sadaqa, hadya, muruvvat ko‘rsatish, ehson qilishni olaylik, bunda kimgadir biror narsa tekinga beriladi, ammo bu jarayon davomiylik kasb etmaydi. Homiylik zamirida xalqimizga xos birodarlikning uzviylik falsafasi yotadi.

Homiylik ma’lum bir davrda yoki uzviy davom etadigan aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon. Yana bir muhim jihati, u homiy tomonidan amalga oshirilgan tadbirning pirovard-natijasi nazorat ostiga olib boriladigan ijtimoiy harakat ko‘rinishga ega hodisadir.

Yurtboshimiz homiylik to‘g‘risida huquqiy me’yoriy hujjat qabul qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdilar. Rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, $$Yevropa,$$ $$AQSH$$da ham shunday yo‘nalishlar borki, ba’zi tadbirlari xayr-ehson deb atalsa-da, uning huquqiy asosida homiylik xatti-harakati o‘z ifodasini topadi. Misol uchun, homiy 2 ta tibbiyot maskaniga bir xil loyihani moliyalashtirishga yordam beradi va albatta uning pirovard natija ko‘rsatkichi qaysi birida yuqori bo‘lsa, kelgusida hamkorlikni uzviy ravishda davom ettiradi. Agar ko‘rsatkichda o‘sishga erishmasa, homiylikni to‘xtatadi, ya’ni uzviy homiylik uchun ijobiy o‘zgarishgina asos bo‘ladi va davomiylik ko‘rinishini oladi.

Zero, homiylik me’yoriy hujjat yoki Nizom shaklida qonuniy tus berishni taqozo etadi. Homiylik faoliyati qanday amalga oshiriladi, kim homiy bo‘la oladi, u qachon qay holatda to‘xtatiladi, qachon uzviy davom etadi, bular hammasi me’yoriy hujjatda o‘z ifodasini topadi.

Homiylik jamiyatda o‘zaro birodarlik, totuvlik, ahillik, bag‘rikenglik, ezgu maqsadlar sari intilishda hamjihatlik, pirovard natijada genofondimiz sofligi g‘oyasini ilgari suradi.

-Ma’naviy homiylik-chi? O‘zingiz ham homiylik qilganmisiz?

Muhtojga homiylik ko‘rsatish qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin, avvalo, uning ma’naviy jihati ustun turadi. «Homiylar va shifokorlar yili» avvalo jamiyatimiz taraqqiyotiga turtki bo‘ladi, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ma’naviy ehtiyojlari, ijtimoiy ahvoli muhofazalanadi. Endi homiylikning moddiy jihatlari bilan cheklanib qolmasdan, uning ma’naviy jihatlari ham sayqallanadi.

Xalqimiz orasida azaldan ustoz va shogirdlik an’anasining teran ildizlari mavjud, Ustoz shogirdiga ma’naviy g‘amxo‘rlik, beg‘araz madad ko‘rsatadi, demakki, u ma’naviy homiylik qiladi.

Ma’naviy homiylik esa jamiyatda tibbiyot, fan, ta’lim, iqtisod, agrar xo‘jalik, barcha sohalarda ilmiy izlanish, yangiliklar yaratish, kashfiyotchilik, tadqiqotlar zamirida iqtisodiy yuksalish, farovonlikka olib keladi.

Ustoz va shogirdlik an’anasi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-tarbiyaviy, axloqiy sohada turli ko‘rinishda ammo mazmun-mohiyat jihatdan ma’naviy homiylik tarzida uzviy davom etadi, kelgusi avlodlarga yetkaziladi.

Bizning institutimiz ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri kadrlar tayyorlashdan iborat. Jamoamizda 90 nafar ilmiy xodim ishlaydi. Ularning aksariyati akademik [Xojakbar Rahmonqulov], falsafa fanlari doktori, professor [Omonulla Fayzullayev] kabi atoqli olimlarimizning shogirdlari, ularning maktabini o‘tagan yosh kadrlardir. Hozirgi kunda institutimizda 7 ta doktorlik, 23 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoyaga tayyorlanyapti.

O‘zimning ham bir necha shogirdlarim bor, ularga ilmiy rahbarlik, ma’naviy homiylik qilaman.
Ko‘hna tarix guvoh, homiylik qadriyati zamirida jamiyat taraqqiyoti, xalq baxt-saodati, millat kelajagi, shajaralar boqiyligi falsafasi mujassam. Zotan, «Homiylar va shifokorlar yili» falsafasining mazmun-mohiyati ham aynan shundan iboratdir.

Total words

636

Unique words

459

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

12

TTR

0.722

Hapax

377

Distribution

Top frequency chart

Dataset