🔍

Article

XAYRLI ISHLAR – HAYOTIMIZNING UZVIY BIR QISMI O‘ZBEKISTON QAHRAMONI AG‘ITOY ADILOV TAASSUROTLARIDAN LAVHALAR

By Nomoz SA’DULLAYEV, Reyimboy YESHIMBETOV, «O‘zbekiston … • in 2006

2005-YIL, 25-AVGUST. $$Mamlakatimiz Prezidenti Farmoni $$bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruxida, xar tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun [Ag‘itoy Adilov] $$O‘zbekiston Qahramoni unvonig$$a sazovor bo‘lib, ko‘ksiga oliy nishon $$Oltin yulduz» medali $$taqildi…

«AG‘ITOY OFA». Esingizda bo‘lsa, «Bugunning qahramonlari» rukni bilan gazetamizning 2005-yil 13-noyabr sonida shu nomli ocherk chop etilgandi. Unda aytilgandi: «Taxtako‘pir - O‘zbekistonning shimoliy tumanlaridan biri. Bu yerda ayni shu nom bilan yuritiladigan - $$«Taxtako‘pir» shirkat xo‘jaligi $$bor. Qoraqalpog‘istonliklar mazkur xo‘jalikni tilga olsalar, Ag‘itoy Adilov degan insonni, og‘aning o‘zi xakida gap ketganda esa - $$«Taxtako‘pir» shirkat xo‘jaligi$$ni tushunishadi…… Axir u mazkur jamoada salkam 30-yildan buyon rahbar - xo‘jalik boshqaruvi raisi. Oliy ma’lumotli, tajribali iqtisodchi… $$«Qoraqalpog‘iston Respublikasid$$a xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi», $$«O‘zbekiston Respublikasi$$da xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» unvonlariga ega. Ko‘ksini Vatanning yuksak mukofotlari $$«El-yurt hurmati» ordeni$$ va $$«Shuhrat» medali$$ bezab turibdi. Sakkiz farzandning otasi. $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ faoli…
Bugun u mamlakat Oliy Majlisining yuqori Palatasi - Senat a’zosi. $$O‘zbekiston Qahramoni…$$

2005-YIL, 7 DEKABR. Davlatimiz rahbari an’anaga ko‘ra, $$Oqsaroy qarorgohi$$da $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Konstitutsiyasining 13-yilligi tantanalari oldidan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz - Mustaqillikning 14-yilligi arafasida ulkan xizmatlari uchun taqdirlangan bir guruh eldoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

- Barchangizga yarashib turgan, el-yurtimizning hurmat va e’tibori ramzi bo‘lgan mana shu unvon, orden va medallar sizlarga buyursin, yangi va yuksak marralar sari ruhlantirsin, - dedi Yurtboshimiz ularni tabriklayotib. Hammangizga tinchlik-omonlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman…

O‘shanda taqdirlanganlar nomidan Ag‘itoy og‘a ham so‘z olgan lahza bo‘ldi…

O‘SHA LAHZAGA OID SAVOL: Og‘a, Prezidentimiz ko‘ksingizga «Oltin yulduz» qadab qo‘yayotgan onlarda xayolingizdan nimalar o‘tdi?

- Buni so‘z bilan tushuntirish qiyin. Xalqimizning hamkorli- gi, tinch-totuvlik… Mehnatimiz qadri va bahosini olayotgani… Bu mukofot yanada katta mas’uliyat yuklashi…

Ehtimol so‘rarsiz, o‘sha mas’uliyat nimadan iborat? - deb. Shundaki, bu oliy mukofot bundan buyon yanada fidokorona ishlashga da’vat etadi. Kecha men oddiy xo‘jalik rahbari edim. Endi qahramonman, Mas’uliyat ham shunga yarasha bo‘ladi.

TANTANADAN SO‘NGGI SAVOL: Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali marosimi chog‘i «Turkiston» san’at saroyida Yurtboshimiz ma’ruzasini tinglab qanday fikrga keldingiz?

Avvalo, xayolimda barcha ezgu-maqsadlarimiz qay tariqa amalga oshayotgani haqida aniq tasavvurlar jonlandi. Oldingi yillarga qanday nom berilgani va ularning har birida qanday ishlar bajarilganini birma-bir ko‘z oldimga keltirdim. «Inson manfaatlari yili»dan boshlangan edi bu tashabbus. 2005-yil - «Sihat-salomatlik yili», bo‘ldi, mana endi 2006-yil «Homiylar va shifokorlar yili»…

Hammasi bir-biriga uzviy bog‘liq va chuqur insonparvarlik ma’no-mazmunga ega nomlar. Hammasida muruvvatli, savobli ishlarga da’vat, mehr-oqibatli bo‘lish… Men ham qo‘limdan kelganicha, shu ezgu ishlarga hissa qo‘shishimni o‘yladim.

Buning uchun imkoniyatlarimiz yetarli. 2005-yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridan olgan daromadimiz 1 milliard so‘mdan oshdi. Sof foydamiz - 200 million so‘m Ana shunday mablag‘lar evaziga yil sayin xo‘jalik moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan birga aholining ijtimoiy muhofazasiga, ayniqsa, nochor va ishsiz qatlamlarga alohida e’tibor berayapmiz.

Bu borada aytish kerak, $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ ibratli ishlarni qilmoqda. Siyosiy maydonga «Ish va farovonlik - barcha uchun!» shiori bilan chiqqan ayni shu partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari va faol a’zolari tashabbusi bilan hozir hududimizdagi 1046 nafar o‘quvchi o‘qiyotgan o‘rta ta’lim maktabiga, bolalar bog‘chasi va qishloq vrachlik punktiga homiylik qilayapmiz. Ularning binolarini har yili galma-gal kapital va joriy ta’mirdan chiqarayapmiz Ko‘p bolali, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga yil sayin 2 million so‘m miqdorida yordam ajratilmoqda. Nogironlarga 500 ming so‘mlik aravachalar xarid qilish uchun mablag‘ o‘tkazdik…

REJA VA XULOSA. «2006-yilda ham o‘z rejalarimiz bor. - so‘zini yakunladi u, - Nasib etsa, 700 gektar maydonga paxta va yana shuncha maydonga bug‘doy ekib, olinadigan mo‘l hosil daromadidan ijtimoiy muhofaza yo‘nalishiga yanayam ko‘proq ko‘mak berish niyatidamiz, Chunki, Prezidentimiz aytganidek, «Homiylar bunday xayrli ishlarni o‘z hayotining uzviy bir qismi deb his qilish»lari kerak… Ma’ruzani tinglab o‘tirib, ko‘nglimdan shu fikrlar o‘tdi. Ishonchim komil, har yilgidek bu yil ham nazarda tutilgan barcha savobli, xayrli va saxovatli yumushlarimiz albatta amalga oshadi…
- Aytganingiz kelsin, yoshulli, - niyat qildik biz.

Total words

623

Unique words

481

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

14

TTR

0.772

Hapax

401

Distribution

Top frequency chart

Dataset