$$Xiva rayoni$$ning $$Sayot qishlogʻi$$da tugʻilib voyaga yetgan [Ibodulla] aka yoshlikdan hisob-kitobga usta edi. Shu qishloqdagi xoʻjaliklardan biriga hisobchilikka taklif etishdi. U 1944 yilgacha shu xoʻjalikda, 1944 yildan $$Turkmaniston$$ning $$Kushon, Toshovuz suv idorasi$$da, 1950–1954 yillarda $$Urganch rayoni$$ga qarashli $$[Jaloliddin Manguberdi] (sobiq Kalinin nomli), (sobiq [Chapaev] nomli) jamoa xoʻjaliklari$$ va $$«Oq oltin» xoʻjaliklari$$da hisobchi, katta hisobchi boʻlib ishladi.1954 yildan 1960 yilgacha Xiva nohiyasining qishloq xoʻjalik texnikasi inshooti idorasiga rahbarlik qildi. 1961 yildan buyon esa $$Urganch rayoni$$ning boʻrdoqchilik bazasi mutasaddilaridan biri —Qiziljar mollarni oʻstirish, boʻrdoqiga boqish punkti direktori.U tarmoq vazirligining koʻpgina mukofotlari sohibi. [Ibodulla Safoev] $$Oʻzbekiston$$imiz mustaqilligining bir yilligi munosabati bilan jumhuriyat Faxriy yorligʻiga ham sazovor boʻldi.U sakkiz nafar farzand, 40 ga yaqin nevara-chevaraning otaxoni. Oʻgʻil-qizlarining hammasi ardoqli, oliy ma’lumotli, turli kasb mutaxassislaridir.
[Ibodulla] aka rahbarlik qilayotgan punkt boʻrdoqiboqarlar tarmoq peshqadamlardan hisoblanadi. Ular 2002 yilda yaylovdagi «Kidjara» va «Doʻstlik» sovxozlaridan 1500 bosh mol boqib semirtirish uchun qabul qilib, davlatga 900 tonna oʻrniga ming tonna goʻsht yetkazib berdilar. Semirtirish hisobiga olingan goʻshtning oʻzi 320 tonnali tosh bosdi. Shu bilan birga aholidan ham 260 tonna goʻsht xarid qilinib, el dasturxoniga tortiq etildi. Umuman, punkt jamoasi har bosh qoramolni 260–270 kilogramm ogʻirlikda qabul qilib, oʻrtacha 350 kilogramm tosh bosadigan vaznga yetkazilgandan keyingina soʻqimga topshirmoqda. Samarali mehnat jamoa gʻaznasiga har yili katta miqdorda iqtisodiy foyda keltirmoqda.
Punkt chorvadorlari ayni kunlarda 1200 bosh qoramolni boʻrdogʻiga boqib semirtirishmoqda. Ularning qishlovi uchun barvaqt tayyorgarlik koʻrilgan, molxonalar sifatli ta’mirlanib, ikki ming tonnadan ortiq yem-xashak, 600 tonnadan ortiq chigit poʻchogʻi, 1500 tonnadan ortiq sheluxa, 200 tonnadan ziyod kunjara tayyorlab qoʻyilgan edi. Boʻrdoqiboqarlar ixtiyoriga tunov kuni tagʻin ancha miqdorda kunjara va sheluxa junatildi.Erishilayotgan muvaffaqiyatlarda [Umrzoq Iskandarov], [Bekboʻsin Qoʻshmurodov], [Shamki Tauboeva], [Ahmad Savoev] singari molboqarlarning munosib ulushi bor.
Punkt boʻrdoqiboqarlaridan, [Ibodulla Safoev]ning yuzlab el-birodarlari tunov kuni uning yetmish yilligini shod-xurramlik bilan muborakbod etishdi. Bu qutlugʻ sana nishonlangan oqshomda vohaning taniqli xonanda va gujandalaridan birga Tojikistondan ataylab tashrif buyurgan mashhur san’atkor [Jurabek Murodov] ishtirok etib, oʻzining dilrabo qoʻshiqlari bilan davraga fayz kiritdi.Yubiley sohibini $$Xorazm viloyati$$ hokimi oʻrinbosari [Q. Safoev] samimiy tabrikladi.
Total words
330
Unique words
267
Annotated anthroponyms
12
Toponyms
10
TTR
0.809
Hapax
220
Distribution
Top frequency chart
Dataset