🔍

Article

Qoʻshiq yangrab tursin…

By Husan Ermatov • in 1993

Bu kishini jumhuriyatimizda tanimaydigan, betakror ashulalarini tinglab, oshufta koʻngli huzurga toʻlmagan inson boʻlmasa kerak. 46 yoshida $$Oʻzbekiston xalq artisti$$, milliy qoʻshiqchiligimizda oʻziga xos maktab yarata olgan ijodkor. Marhum ustoz [Komiljon Otaniyozov]dan bir umr minnatdor. Uning bir gapini hamisha aytib yuradi:
«Yaxshiyam $$Toshkent$$ga kelding, – degan edi unga ustoz – $$Xorazm$$da bir tomchi eding, endi ummonga qoʻshilding. Bu yogʻiga bardam boʻl!»
Mana, 1968 yildan buyon filarmoniyada yakka xonanda boʻlib, ulkan san’at ummoni ichra suzib yuribdi. Necha oʻnlab shogirdlarga peshqadam, izidan nevaralari [Alisher]jon va [Mardonbek]kacha ergasha boshladilar.
— Ortiq aka, ismingizni eshitsa, oynayi jahon qarshisidan minglab muxlislaringiz bor. Asli oʻzi ismingiz nima, Ortiqmi?
— Sahnalarda konsert berib koʻp bora ushbu savolni eshitganman. Chunki muxlislar ham ismimdan boshqa ma’no qidirganday boʻladilar. Men aytaman: «Ogʻaynilar, men ham sizlar kabi oddiy odam. Hech joyim ortiq emas, faqat otim Ortiq xolos. Xalqim oldida hamisha ta’zimdaman. San’at ahli – xalqni doimo boshiga koʻtaradi».
— Yaratgan qoʻshiqlaringiz ichida «Umr oʻtar»ni muxlislaringiz doimo sevib tinglashadi. Shu ashulaning yaralish tarixini gapirib bersangiz.
— Toʻgʻri gap. Mana, oʻn ikki yil boʻlayapti, shu qoʻshiq har qachon konsertda «hat»ga tushadi. [Omon Matjon] aslida bu she’rni qoʻshiq boʻladi, deb yozmagan. Dastlab [Otajon Xudoyshukurov] «Umr o;tar»ni kuyga soldi. Mening ham koʻnglimda bir yangi ohang paydo boʻlgandi. Omon akaga bordim, she’rni olib, oʻsha musiqaga solib kuyladik. Qoʻshiqning yaralishi shunday kechgan.
— Oʻzingiz ham she’r yozasizmi, yo hayotda ham jiddiy odammisiz?
– Bir paytlar oralab turardim. Darvoqe,” Ustozni eslab” qoʻshigʻining muallifi oʻzimman.
– Oynayi jahonda chiqishlaringizdan sizni judayam vazmin, jiddiy odam degam xulosa chiqadi.Bu sizning sahna madaniyatingizmi yoki hayotda ham shundaymisiz?
— Sahnada oʻzini tutib olish ham bir san’at. Qolaversa, bu saviya deb bilaman. Hayotda esa kuniga bir marta kulishim kerak, oʻzimni askiya qilib boʻlsa ham.
— Respublikamiz boʻylab koʻplab ijodiy safarlarda boʻlasiz. Ana shunday uchrashuvlardan qandaydir ma’naviy manfaat koʻrasizmi?
— Nafaqat ma’nan, balki iqtisodiy foyda bilan qaytgan paytlarim ham boʻlgan. Bir yili Gʻuzorga safarga chiqdik. Lekin oʻsha yili sahro qurgʻoqchilik boʻlib, gʻuzorlik dehqon-chavandozlarning kayfiyati noxush ekan. Dalalarda mollariga oʻt, yem yoʻq. Bir choʻponnikida mehmon boʻldik. Kechasi anchagacha oʻtirib, men «Mana, biz keldik, endi yomgʻir ham boʻladi, oʻt ham, ishlaringiz yurishib ketadi», deb koʻngillarini koʻtardim. Oʻsha kuni kechasi yomgʻir boshlandi deng, koʻrsangiz, chelaklab quyilgandek.Ertalab shahar bozorida konsertimiz bor edi. $$Qarshi$$dan $$Gʻuzor$$gacha mashinada xuddi suzganday yetib bordim. Ukam [Qoʻzivoy] konsertni boshlab yuborgan ekan. Uch-toʻrt soyabon tutib turishdi, uch soatdan koʻproq ashula aytdik. Tumonat odam, hammasi xursand. Yomgʻir quyishiga qaramay hech kim joyidan jilmay qoldi. Konsertni yakunladik ,shunda bir kishi sahnaga chiqib, «Bu sizlarga choʻponlarimizdan sovgʻa», deya ikkita qoʻzi tutqazdi. Kayfiyatimiz zoʻr, askiya qilibman: «Qoʻzini [Qoʻzivoy]ga beringlar, bizga agar boʻlsa qoʻchqor olib keling», dedim. Chapak, kulgi, ishqilib, qoʻchqorli ham boʻlib qaytganmiz. Oʻshanda yurtdoshlarimiz naqadar oqkoʻngil va mard ekan, deb koʻnglimiz hamisha togʻ boʻldi. Toʻgʻri, ukam bilan bir hafta gaplashmay yurdik, (hazil).
— Ortiq aka, eshitishimcha, Suriya televideniyesida likopchada ashula aytib chiqqan ekansiz?
— Kelinoyingiz bilan sayyoh boʻlib Suriyada yurganman. Shaharlarni aylanish paytida mehmonxonada xonani ichkaridan qulflab hirgoya qilishga tushaman, qoʻlda likopcha. Bir kuni eshik taqillab qoldi. Ochsam, tasvirga tushiruvchi apparatlar bilan uch kishi turibdi. Arabchadan nimanidir deyishadi. Soʻng tilmoch topib kelishdi, xullas, oʻsha yili mamlakat rahbarining yubileyi boʻlib unga atab koʻrsatuv tayyorlashayotgan ekan. Mening ashulamni eshitib kelishibdi. Hamrohlarim tanishtirib ketdilar. Bu odam Oʻzbekistonning eng zoʻr ashulachisi. Unda ashula berasiz, yozib olamiz, deb turib olishdi. Rozi boʻldik. Ertasi kuni mehmonxona foyesiga odam toʻplandi va qoʻlda likopcha bilan arabcha bir koʻshiqni kuylab berdim. Oradan bir kun oʻtib, tele videniyada koʻrsatishdi. Ham ham xursand, roʻhlarimna Siz bahona televizorgayam chikdin, deb.
–Yaqinda Xalqlar Doʻligi saroyidagi kontsertingizda nabirangiz [Alisherning] raqsga tushishi koʻpchilikni lol qoldirdi.....

–Oʻgʻlim [Zokir] garchi bu sohada oʻqimasa ham doimo yonimda. [Ulugʻbek]ning esa qadami yaxshi, koʻz tegmasin. Konservatoriyaning Sharq klassikasi boʻlimida, [Oʻlmas Rasulov] qoʻlida. oʻqiyapti. Nevaralarimiz [Alisherjon] bilan [Mardonbek] esa bizning quvonchimiz. «Men [Navoiy] boʻlaman, deydi olti yoshli [Alisherimiz]. Ahir, menga atab tor yasatgansizku, bobo». Ishqilib kim boʻlmasin, omon boʻlsin, deb kelinoyingiz bilan duo qilib oʻtiramiz.

–Yangi yilda rejalaringiz?
–Xudo hohlasa Yangi Yildan umidimiz katta. Televideniya hodimlari bilan hamkorlikda film-konsеrt yaratishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, studiyadan ham katta kontsert bilan chiqishimiz. moʻljallangan. Bosh San’atkor uchun reja- faqat ijod. Muxlislarimizning koʻnglidagi qoʻshiqlarini yaratish doimiy orzuimiz.
–Tilagingiz?
–Shoir aytganidek, «Qoʻshiq yangrab tursin zamin ustida».
— Yangi yilingiz omadli kelsin.
– Raxmat.
Suhbatdosh

Total words

672

Unique words

528

Annotated anthroponyms

15

Toponyms

5

TTR

0.786

Hapax

458

Distribution

Top frequency chart

Dataset