🔍

Article

Qutlov. Qadamidan gul ungan inson.

By Bektosh Rahimov. • in 1993

Sermazmun va ma’noli kechgan umrning har bir soati, kuni hisob­siz voqealarga boy bo‘ladi. Shunday yashayotgan kishilar bilan ishlayotganlar uchun yillar tez oq­qan suv kabi o‘tib ketganini ba’zan sezmay ham qolasan. Ham kasbdosh, do‘stimiz va ustozimiz [Najim Hamroev] ana shunday mazmundor umr egasidir. Biz uning do‘stlari u kishini hamon yosh yigitdek his qilamiz.

Shu kunlarda Suv muammolari institutining direktori, $$O‘zbekiston Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi$$ va $$O‘zbekiston Respublikasi Xalq akademiyasi$$ning akademigi, texnika fanlari doktori, professor [Najim Rahimovich Hamroev] tavalludining oltmish yili, ilmiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatining o‘ttiz besh yilligi nishonlanmoqda. Bu yillar Vatan, el, odamlar uchun jon fidoiylik, sadoqat, mehr-oqibat, yoshlarga ustozlik bilan o‘tkazilgan yillardir. O‘sha yillar eslanganda duch kelingan muammolar, yechilgan masalalar, qurilgan kanal va to‘g‘onlar, o‘zlashtirilgan yerlar, sug‘orish uchun chiqarilgan suvlar, obod qilingan shahar va qishloqlar, bahra olgan odamlar ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi.
[Najim Rahimovich] ilk mehnat faoliyatini 1958 yilda $$«O‘zbekgidroenergostroy» tresti$$ texnika ishlab chiqarish bo‘limining muhandisi vazifasidan boshladi. Bir yildan so‘ng katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassis shu trest bosh muhandisi, keyin Xishrau GES qurilishi boshlig‘i vazifasiga ko‘tarildi. Bu qurilish [Najim Hamroev] hayotida burilish nuqtasi bo‘ldi. Shu yerda o‘zining yetuk mutaxassis, uzoqni ko‘ra oladigan, yaxshi fikrlovchi va bilimdon ekanligini ko‘rsatdi. Xishrau GESi 1960 yilda muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Shundan so‘ng [Najim Rahimovich] $$O‘zbekiston Ministrlar Soveti$$ning qurilish bo‘limiga katta referent vazifasiga taklif qilindi.
TiniB-tinchimas [Najim Hamroev] o‘zining boy tajribasini erishilgan yutuqlardan mag‘rurlanmasdan sarflashga qaratdi.
1962 yil iyundan boshlab 29 yoshli [N. Hamroev] $$Buxoro ijrokomi$$ muovini lavozimiga saylandi. Shu davrda $$Amu-Buxoro$$ kanali qurilishi boshlandi va u mazkur qurilishga boshchilik qila boshladi. 1965 yilda $$Amu-Buxoro kanali$$ foydalanishga topshirildi. Shundan keyin $$O‘zbekiston Suv xo‘jaligi$$ qurilishi Bosh boshqarmasiga boshliq qilib tayinlandi. [Najim Rahimovich] boshchiligidagi tashkilot yirik va betakror irrigatsiya qurilishlaridan $$Katta Andijon kanali$$, $$Tosh-Soqa kanali$$ bosh inshooti, $$Sherobod kanali$$ nasos stansiyasi bilan, $$Pachkamar, Karkidon, Janubiy Surxon suv omborlari$$ qurildi va $$Tuyamo‘yin hamda Andijon suv omborlari$$ qurilishi boshlandi.

1971 yil dekabrdan to 1985 yilgacha [N. Hamroev] $$O‘rta Osiyo irrigatsiya sovxoz qurilishi$$ bosh boshqarmasi («Glavsredazisovxozstroy») boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Bu boshqarmada ishlagan davrida [Najim Rahimovich]ning ishlab chiqarishdagi faoliyati yuqori darajasiga yetdi. Muhimi shundaki, hayotiy tajribalar ilmiy ishlarda o‘z aksini topdi. Shu yillar ichida u doktorlik dissertatsiyasini ham himoya qildi, 170 ga yaqin ilmiy maqolalar, 9 ta monografiya, 30 ga yaqin ixtirolar yaratdi. Qator fan nomzodlari va doktorlarini tarbiyalab yetishtirdi. U $$Rossiya Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi$$ning muxbir a’zosi.

Hayot shunday jozibali va sehrliki, har birimizning taqdirimiz qandaydir boshqa bir inson hayotiga, qolaversa taqdiriga bog‘liq ekan. Sovuq esgan shamol bu kishini ham chetlab o‘tmadi. Davlat ishini, ilmiy faoliyatini jon fidoiylik bilan bajarayotgan insonning birdan hamma vazifadan chetlashtirilishi barchani dovdiratib qo‘yishi tabiiy. [Sharof Rashidovich]ning borida bo‘lish gunoh hisoblangan yillar [Najim Rahimovich] egallab turgan lavozimlaridan boshqa ishlarga yo‘naltirildi. Biroq tom ma’nodagi irodali inson o‘zining qat’iyligini namoyon etdi. Uni «sindirisha olmadi». U o‘zi sochgan ezgulik urug‘larining bir kun meva berishini bilar edi. Haqiqat qaror topdi. To‘qsoninchi yillar [N. Hamroev] yana mehnat faoliyatini boshladi. Kuch-quvvatga to‘la, g‘ayrat-shijoatli, halol, o‘ziga va atrofdagilarga o‘ta talabchan olim respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida xormay mehnat qilayotir.

Total words

488

Unique words

358

Annotated anthroponyms

13

Toponyms

15

TTR

0.734

Hapax

296

Distribution

Top frequency chart

Dataset