🔍

Article

FIDOYI KASB EGALARI

By Jamaliddin MUSAYEV, O‘zbekiston Respublikasi DBQ … • in 2020

$$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ga binoan 26 yanvarda endilikda har yili shu sana $$O‘zbekiston bojxonachilari kuni$$ sifatida keng nishonlanadigan bo‘ldi.

Bojxona xizmati xodimi kim? Bu kasb qanday kasb, davlat uchun qanday ahamiyatga ega?

Bojxona xodimi davlat xizmatchisi hisoblanib, uning vazifalariga bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish kabi yumushlar kiradi.

Bugungi kunda butun dunyo ahli xalqaro terrorizmga qarshi kurashayotgan bir paytda, bojxona xodimlarining ishi o‘ta dolzarb kasbga aylandi. Chunki, qurol, giyohvand vositalar, o‘q-dorilar va boshqa qonun bilan taqiqlangan narsalarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishining oldini olishdek ishda har bir bojxona xodimiga yuksak mas’uliyatlar yuklatilgan.

Bojxona xodimlariga mamlakat bojxona chegaralarida turib uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdek vazifa yuklatilgani bejiz emas. Bu ishda ularga ham bilimdonlik, ham tezkorlik va shu bilan birga ularga xato qilmaslik mas’uliyati ham yuklatilgan. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga ham eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda faol ko‘makchi rolini ham bajarib kelishmoqda.

Bu jarayonda tezkorlik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruv jarayonlariga yangi innovatsion texnologiyalar muntazam joriy etilayotgani xodimlarning yanada chuqur bilimga va mahoratga ega bo‘lishga undamoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi va AQSH Energetika vazirligi o‘rtasida yadro va boshqa radioaktiv materiallarining noqonuniy aylanuvining oldini olish bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari uchun 4 dona mobil radiatsiya nazorati qurilmalari ajratilgani ishimizni ancha yengillashtirmoqda.

Ushbu qurilmalar chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar yoki avtotransport vositalarida noqonuniy radiaktiv moddalar mavjudligini aniqlashda keng qo‘llanilmoqda.

Shuningdek, mazkur qurilmalarga qo‘shimcha ravishda radiatsion peydjer va radiaktiv moddalarni analiz qiluvchi vositalar bilan ham ta’minlangani radiaktiv moddalar tarkibi va fon darajasini aniqlashda juda qo‘l kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 18 dekabrdagi qarori ijrosi doirasida Milliy kinologiya markazi uchun maxsus jihozlangan 5 dona “Damas” avtotransport vositasi ajratildi. Ushbu transport vositasi bir paytning o‘zida 4 nafar kinologlarni xizmat itlari bilan birgalikda tashishga mo‘ljallangan. Xizmat itlari uchun mashinada maxsus volyerlar o‘rnatilgan. Bojxona xodimlarining mehnati davlatimiz tomonidan hamisha munosib taqdirlanib kelinadi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Davlat bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti boshlig‘i [Murodali Choriyev] “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan, Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona to‘lovlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari [Farrux Fayzullaev] esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Bojxonachilarning ziyrakligi tufayli Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan ayol 2 yoshli nevarasining yo‘rg‘agi tagligi orasiga tilladan ishlangan 6 dona zanjir, 4 dona bilakuzuk va 1 dona uzukni yashirgan holda noqonuniy harakatni amalga oshirmadi.

Bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovda va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan mazkur zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 1 kg 115 grammni, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami qiymati esa 334 million 500 ming so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi.

Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar kontrabandasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketish chog‘ida “Yashil” yo‘lak orqali harakatlangan [B.T.] ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi taqiqlangan 1 dona 5,45 mm kalibrli patron borligi aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona postida o‘zining qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro [X.A] boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida avtomobilning orqa o‘rindig‘i tagiga 1 dona gazli pnevmatik to‘pponcha xufiyona tarzda yashirib qo‘yilgani fosh bo‘ldi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro [A.F.] esa uyida saqlangan ov qurolini o‘z xohishi bilan bojxona organlariga taqdim qildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu kasb bayrami respublikamizning barcha bojxonachilarini yanada yaxshiroq ishlashga, ziyrak bo‘lishga undaydi.

Total words

604

Unique words

405

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

2

TTR

0.671

Hapax

315

Distribution

Top frequency chart

Dataset