🔍

Article

Militsionerlarga nega hujum qilinmoqda?

By A.Ibodinov, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri • in 1993

Jinoyatchilikning o‘sib borishi militsiya xodimlariga nisbatan qarshilik ko‘rsatishning ko‘payishiga olib kelmoqda. $$[Furqat] tumani$$ning $$Navbahor qo‘rg‘oni$$da o‘z xizmat vazifalarini ado etib turgan militsiya xodimlari [F.Turonov], [E.Ergashev]lar yarim tunda halta ko‘tarib kelayotgan ikki shubhali kimsani to‘xtatishdi. Ular negadir militsiya xodimlari buyrug‘iga quloq solmay ikki tomonga qochib ketishdi. [F.Turonov] quvib borib, ulardan biriga yaqinlashganda, notanish kimsa cho‘ntagidan gaz ballonini olib, militsionerga o‘qtaldi va unga tomon hushsizlantiruvchi oqimni yo‘naltirdi. Militsiya xodimi chaqqonlik bilan mavjud qoidalarga binoan ogohlantiruvchi o‘q uzdi. So‘ng o‘q bilan jinoyatchining qurolini qo‘lidan urib tushirdi.
Boshqa respublikalardan kelgan bu ikki jinoyatchi haltasidan ikki kilogramm ko‘knori va qurollar chiqdi.
Beshariq tumani markazida noma'lum kimsa davlat xo‘jaligi haydovchisi [M. Mamatqulov]ning uyiga bostirib kirib, qirqma miltiq bilan tahdid qilgan holda uning uyidagi "Gaz–53" yuk mashinasini o‘g‘irlab qochdi. Mashinani to‘xtatish maqsadida yo‘lga yugurib chiqqan militsiya xodimi [S.Daminov]ga miltiqdan ikki marta o‘q uzdi. Chaqqon militsiya xodimi ham bo‘sh kelmadi. U mavjud qoidalarga binoan qurol ishlatib, mashinani to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi.
Xuddi shunday hodisa $$Farg‘ona – Quvasoy yo‘li$$da ham sodir bo‘ldi. Katta tezlikda kelayotgan "Jiguli" yengil mashinasi davlat avtomobil nazorati xodimi serjant [T.Murodov]ning ustiga yo‘l solib yubordi. Mashina to‘xtamagach, g‘ildiragiga o‘q uzib to‘xtatildi.
Ammo ba'zan haddan oshgan bezorilarning jinoyiy harakatlari tufayli militsiya xodimlari orasida qurbonlar ham uchramoqda. Yaqinda Farg‘ona shahridagi Bahor ko‘chasida noma'lum avtomashina haydovchisi Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limi qoshidagi markazlashtirilgan qo‘riqchilar bo‘limining xodimi serjant [A.Mamatovni] urib ketdi. [Mamatov] kasalxonada vafot etdi.
Lekin viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining boshlig‘i [Viktor Liga] tashlangan jinoyatchilar adablarini yeyishdi. $$Farg‘ona shahri$$ning [Al-Fargoniy] ko‘chasidagi $$"Uyt" kafesi$$ oldiga kechasi o‘z mashinasida kelgan [Lidan] notanish odamlar gugurt so‘rashdi. Mayor gugurt yo‘q, deya javob berishi bilan haligi uch odamdan biri to‘satdan mashina eshigini yulqib ochib, militsiya mayorining peshonasiga qirqma miltiqni to‘g‘riladi. Ikkinchisi esa yuziga musht tushirdi. Ana shunda jismoniy va jangovar tayyorgarlikda o‘zini ko‘rsatgan [Viktor Li]ning kasb mahorati qo‘l keldi. U chaqqonlik bilan to‘pponchasini chiqarib, ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu kor qilmagach, miltiq o‘qtalgan shaxsga qarata o‘q otadi. Noma'lum kimsaning sheriklari qochib ketishdi. Qurolli jinoyatchi esa halok bo‘ldi.
— To‘g‘ri, keyingi paytlarda ayrim MDH mamlakatlaridan jinoyatchi kimsalar orqali viloyatimizda ham turli qurollar kirib kelmoqda. Natijada militsiya xodimlariga qasddan tan jarohati yetkazish, hujum qilish holatlari ko‘payib qoldi, — deydi Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tizim tarbiya, ijtimoiy va huquqiy himoya bo‘linmasining boshlig‘i, militsiya mayori [M. Kimsanboyev]. — Viloyatning $$Oxunboboyev, Quva tumanlari$$da, $$Quvasoy shahri$$da ana shunday favqulodda hodisalar ro‘y berdi. Biz albatta, shaxsiy tizimning jismoniy va jangovar tayyorgarligini kuchaytirishga alohida e'tibor beryapmiz. Zero, militsiya xodimiga hujum qilgan odam o‘zidan kuchli, chaqqon va jasur kishi bilan to‘qnashganligini sezib yetsin.

Total words

416

Unique words

314

Annotated anthroponyms

14

Toponyms

7

TTR

0.755

Hapax

252

Distribution

Top frequency chart

Dataset