🔍

Article

Turkiyaga oid tadqiqot

By R. Qodirov • in 1993

Uning muallifi sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professr, $$Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti$$ kafedrasi mudiri $$Osiyo va Afrika$$ning qator davlatlarida, jumladan $$Turkiya$$da diplomatik ishlarida uzoq yillar xizmat qilgan va kitobda yozilgan aksar voqealarning shohidi [Anvar Qosimov Mahmud] o‘g‘lidir.
Mazkur qo‘llanma bir tomondan [Usmon]lilar imperiyasi zamonlarga xos belgilarini ikkinchi tomondan siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, milliy iqtisodiyot asoslarini yartish bosqichidan allaqachonlar o‘tgan va endilikda sanoatlashtirish yo‘liga kirayotgan hamda fan-texnika inqilobiga qo‘shilishga intilayotgan $$Turkiya$$ning qiyosiy taraqqiyoti bosqichlarini qamrab olgan.
Uzoq muddatli strategiya Turkiya iqtisodiyotiga erkin bozor qoidalarini joriy etishni, xo‘jalikni yuksaltirishning eng ta’sirchan omillari bo‘lmish eksport tarmoqlarini ustun darajada rivojlantirishni, iqtisodiyotga davlat yo’li bilan aralashishning bir qancha shakillarini to‘xtatib qo‘yishni, xususiy kapitalistik ishbilarmonlikni jadal rivojlantirishni, milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jalik tizimiga kuchliroq jalb etishni nazarda tutadi. $$Turkiya$$ bir qancha xalqaro moliyaviy tashkilotlarga azo. Hozir mamlakatda 60 dan ko‘proq tavar birjasi bor. $$Turkiya$$ning iqtisodiy taraqqiyoti uchun tashqi savdoning ahamiyati katta, hukumatning iqtisodiy dasturiga binoan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish chet ellarga mol chiqarib sotishni jadallashtirishni, mamlakatga xususiy xorijiy sarmoyani ko‘proq jalb etishni, xorijdan olingan qarzlardan foydalanishni, xorijdan mol keltirilishiga erk berishni o‘z ichiga oladi.
Mamlakat maorif tizimi maktablarni, litseylar, kasb-kor institutlarini, unversitetlar, oliy maktablarni o‘z ichiga oladi.
Litseylarda o‘qish bepul, oliy ta’lim esa pulli bo‘lib, davlat dorilfununlarida va oliy maktablarda amalga oshiriladi. Hozrirgi zamon fani va texnologiyasining eng muhim sohalaridagi mavzular yuzasidan tadqiqot olib borayotgan ilmiy-tadqiqod markazlari asosan Anqara, Istanbul, Izmir unversitetlarida tashkil etilgan. Kitobda shuningdek Turkiyaning maorif, madaniyati, muzika hayoti, musavvirlik, me’morchiligi, muzeylari, sog‘liqni saqlash tizimi, sport ijtimoiy hayotnoing boshqa turli sohalari bo’yicha batafsil ma’lumot olish mumkin.
Kun sayin rivojlanib borayotgan $$O’zbekiston va Turkiya aloqalari$$ mustahkamdir. Mazkur kitob olim-u talaba, sayyoh-u ishbilarmonlar uchun qardosh mamlakatni yaqindan bilishni istaganlar uchun muhim dastur bo’lib qiladi, degan umiddamiz.

Total words

278

Unique words

234

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

7

TTR

0.842

Hapax

202

Distribution

Top frequency chart

Dataset