🔍

Article

Trolleybus, vaqt, yo‘lovchi

By V. Mixailov • in 1993

Trolleybus ekologik jihatdan toza, shovqin-suronsiz harakat qiladigan va ancha qulaylikka ega shahar transporti turlaridan biridir. Trolleybus harakati respublika poytaxti $$Toshkent$$dan tashqari $$Olmaliq, Andijon, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand va Fargʻona$$da yo‘lga qoʻyilgan. Mazkur shaharlarda oʻtgan yili qariyb 70 million yoʻlovchi trolleybuslarda tashilgan.Barcha yirik shaharlar trolleybuslar harakatini yoʻlga qoʻyishdan manfaatdordir.
$$Qarshi shahri$$da trolleybus deposi qurilishi boshlab yuborildi. $$Urganch$$, $$Qoʻqon shaharlari$$da trolleybus xoʻjaligini loyihalashtirish olib borilyapti. $$Jizzax va Navoiy shaharlari$$da ularni loyihalashtirish koʻzda tutilgan. Mablagʻlarning yetishmasligi hozirda bu ishlarni avj olishiga toʻsqinlik qilmoqda. Asosan, shu sababga koʻra $$Fargʻona, Andijon va Olmaliq shaharlari$$da trolleybus liniyalarini yanada koʻpaytirish ishlari toʻxtatib qoʻyildi.
Ayni paytda shahar elektr transporti iqtisodiyoti juda koʻp yillardan beri zarar koʻrmoqda. Elektr transporti korxonalarida rentabellik va fondlar samaradorligi pasayib bormoqda. Yoʻlovchilarni tashish narxlari oshgandan oshmoqda. Chunki, moddiy texnikaviy va energetika resurslarining narxi keskin oʻsmoqda. Shu sababdan shahar elektr transportining barcha korxonalari zarar keltirib respublika byudjetidan dotansit oladi. Shahar elektr transportida bir nafar yoʻlovchi tashish ($$Toshkent shahri$$niki hisoblanmaganda 1992-yil noyabrda oʻrtacha 10 soʻm 70 tiyinni tashkil qildi. Yoʻlovchilar esa 2 soʻm toʻlashadi, holos. Xullas, trolleybuslarni saqlash va ulardan foydalanishning asosiy ogʻirligi byudjetga tushmoqda.
Trolleybus xoʻjaliklari ish faoliyatini tahlil qilish shuni koʻrsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida ularning moliyaviy ahvoli yanada ogʻirlashadi. Chunki, harakat sostavi, elektr energiyasi, ehtiyot qismlari, yonilgʻi-moylash materiallarining narxi bir necha martta koʻtariladi. Masalan, bitta trolleybusning narxi 400, bir kilovatt soat energiyasining narxi 20, avtomobil shinalarining bitta komplekti 410 barobar oshdi.
Harakat sostavining kuchlanish podstantsalari shuningdek, trolleybus parklarining texnologiya jihozlari va tamirlash asbob-uskunalari bilan qurollanishi texnik talablarga javob bermaydi. Bunga moddiy texnika resurslarini sotib olish hamda asosiy vositalarni tubdan taʼmirlash va rekonstruksiyalash uchun kerakli mablagʻlar yoʻqligi sabablidir. Gap shundaki, trolleybus xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash odatda qilingan sarf-xarajatlarning oshishiga qarab boʻlishi kerak.
Trolleybus hojaligi korxonalari,hokimliklar $$O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy, komunal xo‘jaligi vazirligi$$ ho‘jalik faoliyatini yaxshilash uchun ichki rezervlardan foydalanishga intilmoqdalar. $$Samarqand$$ va $$Buxoro$$da trolleybuslardan foydalanishning ijara usullari joriy qilinmoqda. Moddiy manfaatdorlikni oshirish va iqtisodiy tahlillar asodida yanada samaraliroq ishlash yo‘llari qidirilmoqda. Shahar transportida chipta olmay yurishga intilayotgan “quyonlar”ga nisbatan jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish uchun bir qator tadbirlar ko‘rilyabdi.
Shubhasiz, moddiy texnikaviy va moliyaviy vositalar taqchilligidek murakkab sharoitlarda ham biz yo‘lovchilarga hizmat ko‘rsatish malakasini oshirish, transport harakati grafigiga qat’iy rioya etishni ta’minlash, trolleybus salonlarini ko‘ngildagidek saqlash, yo‘lovchilar bilan hushmuomilada bo‘lish uchun barcha chora tadbirlarni ko’rishimiz kerak. Vazirlik, hokimliklar, korxonalarning rahbarlari haydovchilarga kerakli mehnat va maishiy turmush sharoitlarini yaratib berish zarur. Negaki, aholining kayfiyati ularning qanday ishlashlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Yana bir muammo bor. Biz trolleybuslarni, ularning ehtiyot qismlarini Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidagi shaharlardan sotib olamiz va mashinalarni shu yerlarda capital remontdan chiqaramiz. Shu maqsadlarga ketadigan sarf harajatlar keying davrda o‘nlab, yuzlab marta oshdi. Bu sarf harajatlar, tabiiyki, yo‘lovchilar tashish tan narxiga salbiy ta’sir o‘tkazyabdi. Ularning kamaytirishning bir yo‘li hozir Toshkent shahrida qurilish boshlab yuborilgan trolleybus remonti zavodini tezroq ishga tushirishdan iboratdir. Biroq, yana mablag‘lar yetishmasligi sababli qurilish juda sekinlik bilan davom etmoqda. Yo‘lovchilarni trolleybuslarda tashish istiqboli esa ularning kapital remont qilish sifatini tubdan oshirishning zarur bazani vujudga keltirish va keyinchalik o’z mashinalarimizni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni talab qilyabti.
1993-yil 5-yanvardan boshlab metro, tramvay, trolleybus va avtobuslarda yo‘l haqi 3 so‘m qilib belgilandi. Bunda hozirgi paytda yo‘lovchi transportida aholining muayyan toifalari uchun belgilangan imtiyozlar saqlanib qoladi.
Biroq, narx-navoning keskin oshib borayotgani oqibatida shahar elektr transportida yo‘lovchi tashish tan narxi bir kishi hisobiga shu yilning birinchi kvartalidayoq 14-15 so‘mni tashkil etadi. Demak, hozirgidan ko‘ra ko‘proq bir necha million so‘mdan iborat zarur bo‘lib qoladi. Tabiiyki, bu narsa cheksiz-xadsiz bo‘lishi mumkin emas.
$$O’zbekiston Respublikasi$$ Prezidenti, hukumat bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholining ijtimoiy himoyalash yuzasidan ketma-ket zarur tadbirlarni amalga oshiroqda. Prezidentning 1993-yil 1-yanvardan boshlab eng kam maoshlarni, nafaqalar va stipendiyalarni oshirish haqida Yangi yil arafasida chiqargan Farmoni shundan dalolat beradi. Bu aholining ta’tiflari oshirishi bilan bog‘liq sarf harajatlari o‘rnini ancha qoplaydi.

Total words

610

Unique words

440

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

12

TTR

0.721

Hapax

351

Distribution

Top frequency chart

Dataset