🔍

Article

Orqaga qaytish yo‘q. Tarixning yo‘li olg‘a borishdir.

By L. Levin, A. Karimov • in 1993

$$O‘zbekiston Respublikasi$$ning Prezidenti [Islom Karimov]ning taklifiga binoan $$Toshkent$$ga uchrashuvga kelgan $$O‘rta Osiyo$$ va $$Qozog‘iston davlat$$lari boshliqlari eshiklarini berkitib olib, uch soatdan ko‘proq majlis qildilar. Bu keng doiradagi muzokaralar Yangi yilning birinchi ish kunida o‘tganligi jurnalistlarning e’tiboridan chetda qolmadi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, bir soatni ham qo‘ldan bermaslik kerak. Hamdo‘stlik mamlakatlarida vujudga kelayotgan vaziyat shoshilinch choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Bu taxminni $$O‘zbekiston Prezidenti$$ [Islom Karimov], $$Qozog‘iston Prezidenti$$ [Nursulton Nazarboyev], $$Turkmaniston Prezidenti$$ [Asqar Akayev] va $$Tojikiston Oliy Kengashi$$ning Raisi [Imomali Rahmonov] ishtirok etgan va ancha davom etgan jurnalistlar bilan uchrashuv to‘la tasdiqladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ommaviy axborot vositalarining qiyin savollariga asosan [Islom Karimov] bilan [Nursulton Nazarboyev] javob qaytardilar. Ularning birinchi javobiyoq shov-shuvga sabab bo‘ldi. $$Toshkent$$da $$Markaziy Osiyo davlatlari$$ning yangi hamdo‘stligini barpo etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ammo bu $$O‘rta Osiyo$$dagi sobiq respublikalar va $$Qozog‘iston$$ $$MDH$$ bilan aloqalarini butunlay uzmoqchi degan gap emas. Ular imzolagan hujjatlarga amal qilishga,teng huquqli o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyordirlar. Ammo birinchi navbatda bu davlatlar o’z manfaatlarini hisobga oladilar. Prezidentlar bu gaplarni dalillar bilan yetarli darajada asoslab berdilar.
Mutaxassislarning fikricha, 55 milliondan ortiq odam yashaydigan $$Markaziy Osiyo$$ mintaqasi o‘zining iqtisodiy salohiyati bilan eng ravnaq topgan mamlakatlar bilan baxslasha oladi. Boy homashyo resurslarining mavjudligi, xalqlarning mehnatsevarligi, iqlim sharoitining qulayligi ana shunday salohiyatdir.
Xullas, beshta mustaqil davlat hududida sifat jihatidan yangi mintaa bozori vujudga kela boshladi. Bu bozorda yagona boj qoidalari, soliq tizimi, yagona mudofaa doirasi, o‘zaro kelishilgan narxlar mavjud bo‘ladi… Bundan tashqari taqchil xomashyo va materiallarni yetkazib berishda eng yaqin qo‘shnilarga afzallik beriladi. Masalan, $$Qozog‘iston$$ endilikda hom neftning ancha qismini $$O‘zbekiston$$ va $$Turkmaniston$$dagi zavodlarda qayta ishlaydi, don, energetika quvvatlari, jahon narxlarida sotiladigan boshqa molar xususida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Biroq, mustaqil davlatlarning rahbarlari bir necha bor takidlaganlaridek, bu jahondagi boshqa davlatlardan ajralib qolish degan gap emas. Mustaqil mamlakatlarni qatiy e’tirof etadilar, Hamdo‘stlikdagi boshqa davlatlar, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan bundan buyon ham mustahkam hamkorlik qilishga tayyordirlar.
Prezidentlarning javoblarida rubl zonasiga kata e’tibor berildi. Jurnalistlar bilan uchrashuvda takidlanganidek so’ngi vaqtda Rossiya moliya siyosatida monopoliyachi sifatida ish tutib, boshqa davlatlarning manfaatlarini e’tiborga olmayapti. Bu esa mustaqil davlatlarning iqtisodiyotiga salbiy tasir qilmoqda. Shu sababli davlat boshliqlari bilan birgalikda $$Toshkent$$ uchrashuviga kelgan mutaxassislar o‘z valyutasiga o‘tishning ehtimol tutilgan variantlarini muhokama qildilar. Biroq, bu ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mazkur savolga Hamdo‘stlik davlatlari boshliqlarining 22 yanvarda Minskda bo‘ladigan uchrashuvi aniq javob beradi. Lekin hozir shuni aytish mumkinki, Toshkent uchrashuvining qatnashchilari bu masala hususida o‘z takliflarini kiritdilar. Bu sohada tomonlarning o’zaro yon bosishi zarur bo‘ladi.
Toshkentda ana shu masalalardan tashqari $$Orol dengizi$$ tegrasidagi ekologik barqarorlik muammolari muhokama qilindi. Buning uchun beshta davlatning qo‘shma jamg‘armasini tashkil etishga qaror qilindi. Jamg‘arma falokat zonasida joylashgan uchta shaharda navbati bilan ish olib boradi. $$Kaspiy dengizi$$ xususida manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar olib borishga ham ahd qilindi. Bu muzokaralarda Rossiya va Eron vakillari ham qatnashmog‘i lozim.
Davlat boshliqlari mintaqa yagona axborot doirasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Televideniya markazi $$Toshkent$$da, respublikalararo gazeta tahririyatiga esa $$Olmaota$$da joylashadi. Ayni bir paytda $$Markaziy Osiyo davlatlari$$ning $$Fors ko‘rfazi$$ va tinch okeaniga chiqishi masalasi ham o‘rganildi. Buning uchun kata mablag‘ talab qilinishi tushunarlidir. Lekin, prezidientlarning fikricha, taklif etilgan bir necha loihani amalga oshirish mumkin.
Tabiiyki, $$Tojikiston$$ muammolariga juda jiddiy e’tibor beriladi. Davlat boshliqlari yakdillik bilan Tojikiston chegaralari dahlsizligini aytdilar. Qo‘shni respublikadagi ahvolni tezroq barqarorlashtirish uchun u yerga odamiylik yordami: kiyim-kechak, dori-darmonlar, oziq-ovqat, yonilg‘i-moylash materiallari yuboriladi. $$O‘zbekiston$$ bilan $$Tojikiston$$ o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro yordam haqida uchrashuv chog‘ida imzolangan Shartnoma bunday odamiylik yordami berish uchun asos bo‘ldi. 11-yanvar kuni huddi shunday hujjatni imzolash uchun [I.Rahmatov] $$Olmaota$$ga jo‘nab ketadi.
¬Ittifoqni tiklashga shu masala yuzasidan matbuotda paydo bo‘lgan bir qancha maqolalarga qanday qaraysiz?
Bu savolga barcha davlat boshliqlari bir hil javob qaytardilar. Orqaga qaytishga yo‘l yo‘q, mumkin ham emas. Ulkan mintaqa hech qachon boshqa biror davlatning homashyo yetishtiriladigan o‘lkasiga aylanmaydi.
Tarix g‘ildiragini orqaga burib bo‘lmaydi, – dedi [Islom Karimov] bu fikrni rivojlantirib. – Lekin Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga shu qadar shoshilib, janoza o‘qilmasligi kerak. Minskdagi uchrashuv ko‘p jihatdan burilish boshlab beradigan uchrashuv bo‘lishi lozim. Chunki o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun hamma imkoniyatlar foydalanilganligi yo‘q. $$Markaziy Osiyo davlatlari$$ an’anaviy qo‘shni davlatlar bo‘lib, madaniyati, an’analari va tilining o‘xshashligi ularni jipslashtiradi, bu davlatlar o‘z yo‘lidan boradilar, - bunga shak-shubha yo‘q.
$$Toshkent$$ uchrashuvi yakunlari yuzasidan qo‘shma axborot qabul qilindi. Davlat boshliqlari navbatdagi majlisni $$Ashgabad$$da o‘tkazishga qaror qildilar.
Uchrashuv qatnashchilari – mustaqil davlatlarning rahbarlari shu kuni $$Toshkent$$dan jo‘nab ketdilar.

Total words

702

Unique words

474

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

32

TTR

0.675

Hapax

362

Distribution

Top frequency chart

Dataset