🔍

Article

Toshkent prezidentlarni kutib oldi.

By L.Levin, A.Azimov. • in 1993

3-yanvar kuni $$O'rta Osiyo mamlakatlari$$ va $$Qozogʻiston davlat$$ hamda hukumat boshliqlari $$Toshkent$$ga keldilar. Uchrashuvda iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor munosabatlariga qiyinchiliksiz o'tish sohasidagi kuch-g'ayratlarni jipslashtirishga oid ko'pgina masalalarni muhokama qilish nazarda tutilmoqda.
Bu uchrashuv $$O'zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Respublika rahbari O‘zA muxbirlariga mazkur anjumanning mohiyati to‘g‘risida bunday dedi: “Xech kim bizning istiqlolimizga daxl qilolmasligi uchun har birimiz oʻz yo‘limizdan, o‘zaro tinch-totuv va hamkorlikda, jipslashib harakat qilishimiz zarur".
– Garchi mustaqil bolsakda, o‘zimiz hal qilolmaydigan ko‘pgina muammolarga duch keldik, – dedi $$Tojikiston Respublikasi Oliy kengashi$$ning Raisi [Imomali Rahmonov]. – Har holda tog‘li o'lkamizdagi turmush asta-sekin oʻz maromiga tushmoqda. Yangi yil bayrami kunlarida respublikada bironta o‘q otilmadi. Nazarimda uchrashuv Toshkentda oʻtkazilganining o'ziga xos ma’nosi bor. Biz xalq osoyishtaligini tiklashimiz, barbod etilgan iqtisodiyotni oyoqqa qo‘yishimiz kerak. Bu borada Toshkent uchrashuvi muhim qarorlar qabul qilishiga ishonchim komil.
$$Turkmaniston Respublikasi$$ning Prezidenti [Safarmurod Niyozov] quyidagi fikrini bildirdi: “Respublikamizning mustaqillikka erishuvi mutlaqo alohida bo'lishni bildirmaydi”.
$$Qozogʻiston Respublikasi$$ning Prezidenti [Nursulton Nazarboyev] $$Toshkent uchrashuvi$$ning ahamiyati haqida gapirib, $$O‘rta Osiyo respublikalari$$ va $$Qozogʻiston$$ o‘rtasidagi azaliy an’anaviy do'stona munosabatlarga jurnalistlarning eʼtiborini qaratdi. Hozirgi sharoitda bu munosabatlarni takomillashtirish, yangi bosqichga koʻtarish zarurligini aytdi. Bu ulkan mintaqada yashovchi xalqlar qudratli iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lganliklari tufayli madaniy bozor munosabatlariga osongina o‘ta olishlari, xalqning turmush darajasini ancha ko‘tarishga erisha olishlari mumkin va lozim.
$$Qozog‘iston rahbari$$ uchrashuvni hukumat boshliqlari va yetakchi ekspertlar ishtirokida $$Toshkent$$da o‘tkazish haqidagi taklif nihoyatda dolzarbligini taʼkidladi.
– Yil boshidan eng muhim masalalarni hal etish uchun yeg‘ilganimizda chuqur ramziy ma’no bor, – dedi $$Qirgʻiziston$$ prezidenti [Asqar Akayev]. –Parchalanish va jiddiy inqiroz davri ortda qoldi, deb o‘ylayman. Istiqboldagi yil bunyodkorlik yili bo‘ladi. Bunda kuch-g‘ayratlarni jipslashtirmay turib, birgalikdagi harakat dasturisiz muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi.
Aeroportda $$O‘rta Osiyo mamlakatlari$$ va $$Qozogʻiston davlat$$ hamda hukumat boshliqlarini $$O'zbekiston$$ Prezidenti [Islom Karimov], respublika Bosh vaziri [Abdulhoshim Mutalov], $$O'zbekiston Oliy Kengashining Raisi$$ [Shavkat Yo‘ldoshev], boshqa rasmiy kishilar kutib oldilar.
Shu kuni $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ rahbarlari tomonidan uchrashuv qatnashchilari sharafiga ziyofat berildi.

Total words

304

Unique words

242

Annotated anthroponyms

7

Toponyms

18

TTR

0.796

Hapax

201

Distribution

Top frequency chart

Dataset