🔍

Article

Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekistonda

By OʻzTAG • in 1992

$$Xitoy xalq respublikasi$$ning delegatsiyasi $$Oʻzbekiston$$ga rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiyaga XXP tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri [Li Lantsin] boshchilik qilmoqda.
2 yanvar kuni $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ Prezidenti huzuridagi $$Vazirlar Mahkamasi$$dagi delegatsiya a’zolari vazirliklar va idoralarning rahbarlari bilan uchrashdilar.
Suhbat chogʻida $$Vazirlar Mahkamasi$$ Raisining oʻrinbosari [B. S. Hamidov] mehmonlarni $$Oʻzbekiston iqtisodiyoti$$ning rivojlanishi bilan, uning xalqaro savdo-sotiqni kengaytirishdagi imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Oʻzaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni, rivojlantirish, jumladan, xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida qoʻshma korxonalar barpo etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ bilan $$Xitoy Xalq Respublikasi$$ oʻrtasida savdo bitimi imzolandi.
Shu kuni $$Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi$$da delegatsiya a’zolari bilan suhbat boʻlib oʻtdi.
Mehmonlar Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

Total words

108

Unique words

85

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

9

TTR

0.787

Hapax

72

Distribution

Top frequency chart

Dataset