$$Piskent$$ (aslida $$Liskent$$) – $$Iloq davlati$$ hududidagi qadimiy Shahar. 930 yilda $$Piskent$$dan arab geografiyalari oʻtganliklari va shahar nomini tilga olganliklari ham bu fikrning yorqin dalilidir.
Shahrimizda [Zahiriddin Muhammad Bobur]ning ham poyqadami yetkanligi ajab bir voqeadir. [Bobur] $$Samarqand$$dan qaytayotib, $$Xoʻjand shahri$$ roʻparasida $$Sirdaryo$$dan oʻtib, $$poytaxti Tunkent shahri$$ boʻlgan $$Iloq davlati$$ hududida joylashgan $$Piskent$$ga keladi. Oʻsha paytda $$Piskent$$da [Mulla Xaydar]ning oʻgʻli [Abdumannop] hokimlik qilar edi.
[Bobur] bu yerda boʻlgan chogʻida $$Ohangaron kentlari$$ tomon yoʻl oladi va bir necha kun bevosita hududlar bilan qiziqadi. U bilan birga kelgan [Noʻyon Koʻkaldosh], [Ahmad Qosim] va boshqalar ham $$Piskent$$da [Abdumannop]ning mehmoni boʻlishadi.
$$Ohangaron kentlari$$ni koʻzdan kechirib chiqqan sarkarda u yerdan $$Somsarak (hozirgi Boʻka shahri)$$ga tashrif buyuradi. Ertasiga tongdan unga $$Noʻyon Koʻkaldosh jar$$dan (bir necha yil muqaddam suv toshqini) roʻy bergan Boʻrijardan yiqilib, halok boʻlganligi haqida xabar yetib keladi. [Bobur] darhol u yerga qaytib bori $$Noʻyon Koʻkaldosh$$ni $$Piskent$$da dafn etish marosimida shaxsan oʻzi ishtirok etadi. Shundan keyin u yana $$Somsarak$$ka qaytadi.
“- ul gʻazalkim tugattim,- deb yozgan edi [Bobur] “Boburnoma” da, - ushbu kun ushbu yurtga tugattim. Ul tugangan gʻazal budur:
Jonimdan oʻzga yori vafodor topmadim,
Koʻnglumdan oʻzga mahrami asror topmadim”.
$$Piskent$$da 1917-1920 yillarda [Sulton Segizboyev] rais boʻlgan inqilob harbiy kengashi joylashgandi, 1924 yilda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti boʻlib saylangan [Yoʻldosh $$Oxunboboyev$$] esa 1925 yil 1 May bayramini Jumhuriyat poytaxti Samarqandda emas, Piskent shahrida oʻtqazgan edi.
1991 yil aprel oyiga qadar $$Piskent shahri$$ni ikkiga boʻlib turuvchi $$Toshkent kanali$$ koʻprigidan $$Boʻrijar$$gacha va $$Pushti Mahmud (Mahmud] tepaligi$$gacha choʻzilgan koʻcha $$Komsomol koʻchasi$$ deb atalardi. Bu yerda rayon elektr stansiyasi, paxta tozalash zavodi, avtomobil stansiyasi, “Sharq” oziq-ovqat magazini, shofyorlar tayyorlovchi maktab, kitob magazini, rayon Kengashi va ijroiya qoʻmita binolari, hammom, [Hamza] nomli 1-oʻrta maktab, yordamchi maktab-internat hamda boshqa ma’muriy-madaniy maskanlar joylashgan boʻlib, ularning ham shaharning taraqqiyotida munosib hissasi bor.
Mahalla ahli [Z. M. Bobur]ning qisqa bir muddatda boʻlsa ham ushbu maskanda va uning atrofidagi kentlarda boʻlganligini hisobga olgan holda hamda “Boburnoma” asari yaratilganligining 460 yilligi sharafiga koʻchani uning nomi bilan atash taklifi bilan chiqdi.
Mehnat faxriysi [Maxmudjon Qosimov] boshchilik qilayotgan shahar atama komissiyasi oʻz yigʻilishida bu taklifni yakdillik bilan ma’qulladi. Oʻz navbatida xalq deputatlari Piskent shahar Kengashi sessiya atama komissiyasi fikrini qoʻllab-quvvatlab, koʻchamizni [Zahriddin Muhammad Bobur] nomi bilan atash toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qildi.
Koʻcha faollari, mehnat ahli va barcha fuqarolari bu tadbirdan gʻoyatda mamnun boʻldilar.
Total words
372
Unique words
285
Annotated anthroponyms
16
Toponyms
26
TTR
0.766
Hapax
233
Distribution
Top frequency chart
Dataset